СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ:
1. "Раннее детство. Основные понятия" Автор: Давыдов В.В., Запорожец А.В.
– Томск: «ПЕЛЕНГ», 1995._144с., стр. 33-65
2. «О понятии развивающего обучения» Автор: В. В. Давыдов, «ПЕЛЕНГ»,
1995. стр. 25-30
3. «Раннее детство: Познавательные развития. 1-3 года» Автор: Л. Н.
Павлова, Э. Г. Пилюгина, Е. Б. Волосова. Издательство: Мозаика-Синтез, 2006. стр.
67-78
4. «Раннее детство: Развитие речи и мышления» Автор: Л. Н. Павлова.
Методическое пособие: Издательство: Мозаика-Синтез, 2008 г. стр. 44-67
5. «Детская психология» Б. Д. Эльконин, Учебник высшей школы, 2008 г.
https://rusneb.ru/catalog/000199_000009_003051722/
6. «Как говорить с детьми, чтобы они учились», А. Фабер и Э. Мазлиш
Переводчик: Новикова Т. О.
Издательство: Эксмо-Пресс, 2020 г.
https://mel.fm/blog/yekaterina-khasanova1/98642-12-knig-dlya-uchiteley-i-
roditeley-kotoryye-pomogut-ponyat-detey
7. Дуг Лемов «Мастерство учителя» (Проверенные методики выдающихся
преподавателей )
8. «Тайная опора: привязанность в жизни ребёнка» и «Если с ребёнком
трудно», Л. Петрановская. Издательство: Близкие люди, 2014 г.
9. «Найти идею» Генрих Альтшуллер. Издательство: Альпина Паблишер,
1986 (новая версия 2022).
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
101
INFORMATIKA FANINI VUJUDGA KELISH TARIXI
Xalilova Xurshida Ilhomovna
Namangan viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Kosonsoy tuman
1-son kasb-hunar maktabi Informatika fani yetakchi o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada informatika fani hamda uning tarixan vujudga
kelishi va rivojlanishi haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: Informatika, Fransiya, hisoblash mashinalari, axborot,
mikroprotsessorlar, EHM, kompyuter.
Ma’lumki, bugungi kunda informatika so‘zi keng qo‘llaniladi, biroq, hamma ham
ushbu atamaning mazmun-mohiyatini to‘liq anglamaydi. Shunday ekan, informatika
so‘zining ma’nosi va uning kelib chiqishini kengroq bilib olsak, foydadan holi
bo‘lmaydi. Informatika 60-yillarda Fransiyada elektron hisoblash mashinalari
yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama
sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatic so‘zidan kelib chiqqan
bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish bayon etish ma’nolarini anglatadi. Fransuzcha
infоrmаtique (informatika) so‘zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta
ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga
Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi.
Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi
navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog‘liq. Bunda asosiy xizmat
mikroprotsessor texnikasiga to‘g‘ri keladi, uning paydo bo‘lishi 70-yillar o‘rtalarida
ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash
mashinalarining element negizini integral chizma va mikroprotsessorlar tashkil etdi.
Informatika atamasi nafaqat kompyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va
foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog‘lanadi.
Informatika axborotni qayta ishlash, ularni qo‘llash va ijtimoiy amaliyotning turli
sohalariga ta’sirini EHM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash,
yaratish, baholash, ishlashning turli jihatlarini o‘rganuvchi kompleks ilmiy va
muhandislik fani sohasidir.
Informatika yangi axborotni ancha keng kibernetika kabi turli obyektlarni
boshqarish vazifalarini amaliy hal etmay, o‘zgartirish va barpo etish jarayonlarini
o‘rganadi. Shu bois informatika haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi, degan
tasavvur hosil bo‘lishi mumkin. Biroq, boshqa jihatdan informatika kompyuter
texnikasi bilan bog‘liq bo‘lmagan muammolar yechimi bilan ifodalanmaydi, bu,
shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi. Informatika kompyuter
texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo‘la
olmaydi. Kibernetika kompyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa
ham, lekin obyektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o‘zicha
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
102
rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika tashkiliy jihatdan bir-biriga juda o‘xshash
bo‘lsa ham, lekin:
• informatika — axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari
xususiyatlariga asoslanishi;
• kibernetika esa — obyektlar modellarining konseptsiyalarini ishlab chiqish va
ko‘rishda, xususan, axborotlardan keng foydalanishi jihatidan farqlanadi.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan
kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta
ishlashi bilan bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini
o‘zida namoyon etadi.
O’z navbatida informatikani ham umuman, qismlari bo‘yicha turli jihatlardan:
xalq xo‘jaligi tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish
mumkin.
Informatika xalq xo‘jaligi tarmog‘i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy
mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini
ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi
korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo‘ladi. Informatikaning ishlab
chiqarish tarmog‘i sifatidagi o‘ziga xosligi va ahamiyati shundaki, xalq xo‘jaligining
boshqa tarmoqlari mehnat samaradorligi ko‘p jihatdan unga bog‘liqdir. Bundan
tashqari, bu tarmoqlar me’yorida rivojlanishi uchun informatikaning o‘zida mehnat
samaradorligi ancha yuqori sur’atlarda o‘sib borishi lozim, chunki hozirgi davrda
jamiyatda axborot ko‘proq so‘nggi iste’mol predmeti sifatida namoyon bo‘lmoqda:
odamlarga dunyoda ro‘y berayotgan voqealar, ularning kasbiy faoliyatiga doir predmet
va hodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi haqida axborot zarur. Mehnat
samaradorligining bundan keyingi o‘sishi va farovonlik darajasini ko‘tarish, katta
hajmdagi multimedia axborotini (matn, grafika, videotasvir, tovush, animatsiya) qabul
qilish va ishlashga yangi intellektual vositalar va «inson mashina» interfeyslaridan
foydalanish asosidagina erishish mumkin. Informatikada mehnat unumdorligi oshishi
suratlari yetarli bo‘lmasa, butun xalq xo‘jaligida mehnat samaradorligi o‘sishining
anchagina kamayishi ro‘y berishi mumkin. Hozir dunyodagi barcha ish joylarining 50%
ga yaqini axborotni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan.
Informatika fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida
istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo
etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki,
fanning asosiy vazifadaridan biri – axborot tizimlari nima, ular qanday o‘rinni
egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo‘lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday
qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Evropada informatika sohasida quyidagi
asosiy ilmiy yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab
chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy
informatika, ijtimoiy sug‘urta va atrof-muhit informatikasi, professional axborot
tizimlari.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
103
Informatikada fundamental tadqiqotlar maqsadi istalgan axborot tizimlari haqida
umumlashtirilgan axborotni olish, ularning qurilishi va ishlashining umumiy
qonuniyatlarini aniqlashdir. Informatika o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lmay, balki boshqa
sohalardagi muammolarni hal etish uchun yangi axborot texnika va texnologiyalarini
yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy – texnik sohadir. U boshqa sohalar, hatto
jarayonlar va hodisalar noformallashuvi tufayli miqdoriy uslublarni qo‘llash mumkin
emas deb hisoblanadigan sohalarga ham tadqiqot uslub va vositalarini taqdim etadi.
Informatikada kompyuter texnikasi sharofati tufayli amaliy ro‘yobga chiqishi mumkin
bo‘lgan matematik modellash uslublarining hal qilinishini alohida ajratib ko‘rsatish
lozim. Axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki,
respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot – hisoblash
tarmog‘i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish,
fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo‘lmoqda. Bu muammolar ancha
murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan
iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o‘zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada
axborotlashtirish bilan bog‘liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal
etishiga ham bog‘liqdir. 1956 yilda akademik M.T. Urozboev tashabbusi bilan
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida V.I. Romanovskiy nomli Matematika instituti
qoshida «Hisoblash texnikasi» bo‘limi ochilib, unga V. K. Qobulov rahbar etib
tayinlanadi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor «Ural-1» tipidagi EHM o‘rnatiladi.
1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O’zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining hisoblash markaziga ega bo‘lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda esa
uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Axborotlashtirish haqida (1993 yil, may) va EHM va ma’lumotlar bazasi uchun
dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi (1994-yil, may) qonunlar qabul qilingan.
O’zR FTDQning Davlat patent idorasida 1995 yil sentyabridan EHM va ma’lumotlar
bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash bo‘yicha Agentlik ishlab turibdi. Bu
idora dasturiy mahsulotlar, shuningdek to‘liq yoki qisman mulkiy huquqlarni berish
shartnomalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazadi. 1994 yil dekabrda O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish
kontseptsiyasini qabul qildi.
Xulosa qilib shuni aytamanki, Vatanimizda informatika fani hozirgi kunda eng tez
rivojlanayotgan fanlardan biri bo‘lib, jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib
bormoqda.
Достарыңызбен бөлісу: |