Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
132
fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va
erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, konstitutsiyaga muvofiq kelmasa hamda sudda
himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, ular
qonunning Konstitutsiyasiga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan
konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir
4
.
Aynan ushbu sohasadagi amaliy misollarga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.X o‘zining 2022-yil 19-apreldagi Konstitutsiyaviy
sudga yuborgan shikoyatida, shuningdek Konstitutsiyaviy sud majlisida Fuqarolik
kodeksi 197 va 206-moddalari, hamda Uy-joy kodeksi 11 va 27-moddalari uning
konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan, Konstitutsiyaga muvofiq emas
hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan va sudda himoya
qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan
deb hisoblab, ularning
Konstitutsiyaning 53 va 54-moddalariga muvofiqligini aniqlashni so‘ragan.
Aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimining 2019-yil 12-fevraldagi 225-son
qarori bilan “B-B-STROY” MChJga Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa
ko‘chasida joylashgan 0,925 gektar yer uchastkasini dastlabki zaxiraga olish va ko‘p
qavatli uy-joy (binolar)ni qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun
ruxsat berilgan. Mazkur qarorning ilovasida boshqa uylar qatorida fuqaro M.Xga
tegishli, Oltintepa ko‘chasidagi 249-uy ham buzilishi belgilangan. Toshkent shahar
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug’bek tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga
ko‘ra, fuqaroning javobgar “B-B-STROY" MCHJga nisbatan qurilish ishlarini to’xtatish
haqidagi da’vo talablari qanoatlantirilmasdan qoldirilgan
5
. Shundan so‘ng fuqaro
apellatsiya tartibida sudga shikoyat qilganida, Toshkent shahar fuqarolik ishlari
bo’yicha sudlov hayatining ajrimiga ko‘ra, fuqaroga tegishli bo‘lgan, kvartiraga bo‘lgan
mulk huquqini bekor qilish belgilangan. Fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga
kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilganda, ajrim o‘zgarishsiz qoldirilgan. Shundan
so‘ng fuqaro o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilganida,
ish fuqaro foydasiga hal
qilingan va uning buzilgan huquqlari tiklab berilgan.
Bundan ko’rinib turibdiki, yurtimizda inson huquqlari va manfaatlari har qanday
davlat organlarining chiqargan qarorlaridan ustun turadi va himoya qilinadi.
Shunigdek, yurtimizda konstitutsiyaviy sud insonlarning buzilgan huquqlarini
tiklashda va himoya qilishda va bosh qomusimiz bo‘lmish O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ustuvorligi yanada mustahkamlashda jamiyat va davlat hayotida
muhim ro‘l o‘ynaydi. Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish inson huquqlari va
erkinliklari himoya qilish mexanizmining tarkibiy va hal qiluvchi qismidir. Chunki, sud,
aynan konstitutsiyaviy sud buzilgan inson huquqlari va erkinliklarini tiklash tizimida
eng muhim vosita hisoblanadi
6
.
4
https://uzmarkaz.uz/en/news/konstitutsiyaviy-islohotlarda-sud-tizimining-takomillashuvi
5
https://lex.uz/ru/docs/-6072951
6
https://qoraqalpoq.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=50969
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
133
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini
himoya qilishda sud tizimi, aynan, Konstitutsiyaviy sudning o‘rni kattadir. Chunki
aynan Konstitutsiyaviy sud, davlatdagi eng oliy kuchga ega bo‘lgan normativ huquqiy
hujjat, konstitutsiyada mustahkamlab o‘tilgan insonning eng oliy huquqlari va
manfaatlari buzilgan hollarda, ularni tiklashi va himoya qilishi mumkin. Shuningdek,
sudning chiqargan qarorlari barcha davlat organlari
va mansabdor shaxslar uchun
majburiydir. Bunda ham ko‘rishimiz mumkinki, sudlar aynan fuqarolar yoki yuridik
shaxslarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlaydi va ularni himoya qiladi.
Достарыңызбен бөлісу: