Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
137
ODAM SAVDOSINING SALBIY OQIBATLARI
Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi
O‘Zmu Jizzax filiali “Oila Psixologiyasi” yo‘nalishi 2-kurs talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada odam savdosi xaqida umumiy tushunchalar, uning
ko‘rinishlari, insoniyatga salbiy ta’siri va uning oldini olish borasidagi fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Odam savosi, o’g’irlik, firibgarlik, aldash, majburiy mehnatga jalb
qilish, erksizlik, qullik, ozodlik, qonun hujjatlari, aybdor shaxslar, kuch bilan tahdid qilish,
majburlash.
Inson bioijtimoiy mavjudot. U qaysi davrda, qaysi jamiyatda yashamasin har doim
erkinlikka intiladi, mustaqil qaror qabul qilishni, jamiyatdagi o‘rnini oʻzi belgilashni
xohlaydi va bularni oʻzining asosiy huquqlaridan deb biladi.
Afsuski, bu huquqlarni poymol qiluvchi eng xavfli tushuncha bu odam savdosidir!
Bugungi kunda yer yuzida qullar qolmagan. Hamma hur va ozod. Payg‘ambarimiz
(sollallohu alayhi va sallam) hadisi shariflarida ozod odam bolasini sotish qattiq
qoralangan: Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan,
yuqorida ham
keltirganimiz hadisda: Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh taolo “Men qiyomat
kuni uch toifaning xusumatchisi bo‘laman: Men bilan ahd berib, keyin aldagan
odamning, hurni sotib, bahosini yegan odamning va odam ishlatib, haqini bermagan
odamning, deydi” dedilar”.
Chet ellarga ishlash uchun ketganlarning ko‘plarini odam savdosi qurboni
bolibqolganini eshitib qolyapmiz. Qulning orzusi bitta – ozodlikka chiqish bo‘lgani
singari, o‘sha sotilgan insonlar ham kecha bo‘lsin, kunduz bo‘lsin, tutqunlikdan qutulib,
o‘z yurtiga qaytish chorasini qidirishadi.
Odam savdosi o‘zi nima?
Odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud
majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash,
hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud
boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to‘lovlar yoki
manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish yo‘li bilan odamlardan foydalanish maqsadida
ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish.
Odam savdosi oʻzi nima ekanligi haqida barchamiz bir qadar tasavvurga ega
bo‘ldik, ammo uning baʼzi nomaʼlum va g‘ayriinsoniy koʻrinishlari xam borligini
eshitganlar oramizda koʻp emas. Savdo degan soʻz bilan kelgan ushbu atama odamda
pul yoki biror moddiy manfaat ustiga qurilganlik tasavvurini uygʻotadi, lekin odam
savdosi har doim ham moddiy manfaatlarni koʻzlagan holda amalga oshirilavermaydi.
Odam savdosi majburiy mehnat, majburiy nikoh, jinsiy zoʻravonlik, odam tana
aʼzolarining ekstraksiya qilinishi, surrogatsiya, bolalar savdosi kabi koʻrinishlarga ega.
Bundan tashqari odam savdosining boshqa shaxs nomidan majburiy harbiy xizmatga
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
138
yollash, notinch hududlarda portlatuvchi moddalar oʻrnatib, aholi gavjum joylarda tirik
qurolga aylantirish, ota-onasining qarzini undirish yoki pul talab qilish maqsadida
farzandlarini oʻgʻirlash, labaratoriyalar va tibbiyotda tajriba oʻtkazish
uchun
foydalanish kabi koʻrinishlarda ham mavjud. Baʼzan esa oʻta qashshoqlik yoki moddiy
manfaatni koʻzlab ota-onalarning oʻzlari ham bolalarini odam savdosining murgʻak
qurboniga aylantirib qoʻyadilar.
Odam savdosi bir shaxs tomonidan bajarilmaydi. Birgina inson tana aʼzolarining
noqonuniy savdosi jinoyati yollovchi, tashuvchi, tibbiyot xodimi, vositachi va xaridor
(transplantatsiyaga muhtoj bemor) ishtirokida amalga oshadi. Bunda jinoyat amalga
oshishigacha boʻlgan jarayonlarda ishtirok etgan barcha shaxslar jinoiy javobgarlikka
tortiladi. Eng qizigʻi shundaki, odatda yollovchi shaxs yoki jismonan tutqinlikka olishga
layoqatli, yoki kuchli psixologik taʼsir oʻtkazuvchi mutaxassis boʻlishi ham mumkin.
Eng achinarli yana bir koʻrinishi, inson organlarining transplantatsiya qilinish yoʻli
bilan emas, tashuvchi transport sifatida foydalanilishidir.
Odam savdosi mamlakat ichida yoki chet davlatlarda sodir boʻlishi mumkin.
Odam savdosiga qarshi maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va taʼsirini
oʻlchashda duch kelinadigan eng katta muammolardan biri uning koʻlami va
qurbonlarning holati bilan bogʻliq ishonchli va sifatli maʼlumotlarning yetishmasligidir.
Bor maʼlumotlarning asosiy manbalari ham aniqlangan
qurbonlar tomonidan taqdim
etilgan real voqeliklarga asoslanadi. Ushbu maʼlumotlar huquqni muhofaza qilish
organlari, sud tizimi, jabrlanganlarni himoya qilish va yordam koʻrsatish bilan
shugʻullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari tomonidan
toʻplanadi.
Ishonchli manbalar shuni koʻrsatadiki, jabrlanganlarning koʻp qismi har doim
ayollar boʻlgan, chunki odam savdosi avvaldan jinsiy ekspluatatsiya uchun sotilgan
ayollarni qamrab oluvchi jinoyat turi sifatida koʻrilgan. Vaqt oʻtishi bilan erkaklarning
ham bu illat qurboniga aylanishi foizlarda oʻsib bormoqda. Qullikning bu zamonaviy
koʻrinishi keng tarqalishi boʻyicha Ekvatorial Gvineya, Eron, Shimoliy Koreya, Markaziy
Afrika Respublikasi, Suriya, Jazoir, Rossiya, Zimbabve, Liviya va Venesuala davlatlari
eng yuqori koʻrsatkichlar bilan roʻyxat boshida turibdi. Yer yuzida har yili 3 milliondan
45 milliongacha odam kontrabandasi holatlari uchramoqda. Bu qurbonlar “odam
savdogarlar”iga yiliga 200 milliard dollarga yaqin “foyda” keltirmoqda. Ammo
insoniyatgachi?
Soʻzimiz oxirida shuni eslatib oʻtmoqchimizki, odam savdosi yosh, irq, jins, millat,
elat tanlamaydi.Oson, qing‘ir va noqonuniy yo‘llar bilan pul topmoqchi bo‘lgan ,ayniqsa
chet ellarda ulkan boyliklar ilinjida yurgan ayrim insonlar ularning o‘ljasiga aylanib
qolishi mumkin. Odam savdosi qurboniga aylanmaslik, qalban va aqlan ozod bo‘lish
uchun ogoh bo‘laylik.