Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус


FOYDALANILGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR



Pdf көрінісі
бет56/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

FOYDALANILGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR: 
 
1. O‘zbekiston Respublikasi “Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonuni. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori. 
Foydalanilgan internet manbaalar ro‘yhati: 
1) Nhrc.uz 
2) Constitution.uz 
3) Lex.uz 
4) Uzmarkaz.uz 
5) Qoraqalpoq.adliya.uz 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
134 
INTERNETNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI, XXI ASR HAYOTIDA
INTERNETNING TUTGAN ROLI VA O‘RNI 
Aldashev Ilhomjon
Farg‘ona davlat universiteti axborot
texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi 
Maxmudova Maftuna
Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti 
o‘zbek tili yo‘nalishi 1-kurs talabasi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi davr hayotida internetning tutgan roli va 
elektron qurilmalarning o‘rni,internetning paydo bo’lishi va rivojlanishi haqida so‘z 
yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: Internet,ijtimoiy tarmoq,axborot,Pentagon,texnologiyalar,TCP. 
Аннотатсия: В данной статье рассматриваются место и роль Интернета 
в современной жизни, его возникновение и развитие. 
Ключевые слово: Интернет, социальная сеть, информация, Пентагон, 
технологии. 
Abstract: This article talks about the role and place of the Internet I modern 
life,its emergence and development. 
Keywords: Internet,social network,information,Pentagon,technology. 
XXI asr ,albatta, axborot texnologiyalar asridir. Aynan bugungi kun taraqqiyotini 
jahon internet tarmog‘i bo‘lgan internetsiz tasavvur qilish juda mushkul. Hozirgi kunda 
jadallik bilan rivojlanib borayotgan internet bizga turli imkoniyatlar eshigini 
ochdi.Internet ,hattoki,insonlarga uydan bir qadam ham chiqmay turib, million 
kilometr uzoqlikdagi insonlar bilan internet orqali yuzma-yuz suhbat qurish ,makon va 
zamondan qat’i nazar istalgan vaqtda dunyodagi barcha kutubxonalarga tashrif 
buyurish va u yerdagi kitoblarning istalganidan onlayn tarzda foydalanish, turli 
mushkulotlarsiz,vaqtimizni tejagan holda o‘z hujjatlarimizni tayyorlay olish va yana 
bir qator yumushlarni qayerda va qanday sharoitda bo‘lishdan qat’i nazar qila olish 
kabi imkoniyatlarni bizga taqdim etdi. Internet ta’lim sohasiga ham o‘z ta’sirini 
o‘tkazmay qolmadi. Masofaviy ta’lim degan tushunchalarning bizning hayotimizga 
kirib kelishi va rivojlanishi ham internet tarmog‘i bilan chambarchas bog’liqdir. Biz 
qayerda va qanday sharoitda bo‘lishimizdan qat’i nazar dunyoning eng nufuzli 
universitetlarida bormasdan turib o‘qish, ijtimoiy tarmoq va messenjerlar orqali turli 
konferensiyalar o‘tkazish,onlayn malaka oshirishimiz mumkin. Ya’ni internet va 
ijtimoiy tarmoqlarning ajzallik taraflarini bilgan inson hozirgi davr hayotida 
mukammal yashay oladi. Internet va ijtimoiy tarmoqlar jadallik bilan 
rivojanayotganidan, hattoki, televidenyani ham ortda qoldirdi. Hozirgi kunda axborot 
va ma’lumotlarni bilish uchun bizga gazeta va jurnallar o‘qish yoki teleizor ko‘rish 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
135 
shart emas. Shunchaki ijtimoiy tarmog‘iga kirib, davr va vaqtdan qati nazar o‘zingiz 
qidirgan ma’lumotlarni topib o‘qishingiz mumkin. Haqiqatdan ham,jahonda sodir 
bo‘layotgan dolzarb mavzular,hodisalar,voqealarni eng birinchi OAV orqali kuzatamiz. 
Bu borada auditoriyaga tezkorlik ,xolislik,aniqlik kabi tamoyillar birlamchi ahamiyatga 
ega. Hozirgi kunda axborot olish va axborot tarqatish maydoni sifatida internet 
hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Global tarmoq, globallashuv axborot 
va ommaviy axborot vositalari tushunchasini hm tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu haqida 
so‘z yuritganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagi 
fikrlarni aytadi: “Internet hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini alohida qayd 
etish lozim. Hozirgi vaqtda global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari 
soni 400dan oshib ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat ko‘rsatayotgani, 
ushbu yo‘nalishda yangi ijodiy avlod – internet jurnalistlari shakllanib borayotgani 
e’tiborga sazovordir”. Darhaqiqat, internet jurnalistlar faoliyatida yangi shakl va 
uslublar joriy etdi. Bu borada muammoning yana bir jihatini e’tibordan qoldirmaslik 
kerak. Eng avvalo,internet aniq va noaniq bo‘lgan axborot manbaidir. Ikkinchidan, bu 
global tarmoqda auditoriya ham axborot iste’molchisi, ham axborot tarqatuvchisi 
sifatida faoliyat ko‘rsatadi. U o‘zida juda ko‘p manbalar va manzillarni jamlagan. 
Shuning uchun ham internetning rasmiy saytlaridan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Ayrim faktlrga ko‘ra internet birinchi 50 million foydalanuvchisini 5 yilda 
to‘plagan, televideniya esa buning uchun 13 yil sarflagan va bundan tashqari 
internetga ulangan qurilmalar soni sayyoradagi odamlar sonidan ham ko‘proqdir. 
Hozirgi kunda internetdan to‘g‘ri foydalanish degan tushunchalarga qat’iy amal 
qilish kerak. Albatta,har bir narsaning foydali taraflari bo‘lganidek, zararli taraflari 
ham yo‘q emas. Globl tarmoq natijasida qaramlik, tobelik kabi “kasalliklar” paydo 
bo‘ldi. Yoshlarning ko‘p vaqtlarini internetda o‘tkazishlari hozirgi kunning eng katta 
muammosidir. Soatlab internet tarmog‘idan foydalansh bosh og‘rig‘i va ko‘z 
kasalliklarini yuzaga chiqaradi. Shuning uchun ham dunyoda eng keng tarqalgan 
kasalliklardan biri bu–ko‘z kasalligidir. Yoshlarning internetga qaramligini ortishi real 
hayotdan uzoqlashishiga olib keladi. Bu uning odamlar bilan muomala qilolmasligida, 
faqatgina o‘z qobig‘iga o‘ralib olishida, egosentrizm bo‘lib qolishida yaqqol namoyon 
bo‘ladi.Internetning qisman foydali va zararli taraflarini ko‘rib chiqdik. 
O‘zi internet, axborot nima? 
Internet (lotincha:inter –aro va net –tarmoq) –standart internet protokoli orqali 
ma’lumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq 
to‘plamidir. Bu ma’lumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IPdir. TCP/IP o‘zaro 
bog‘liq protokollar yig‘indisi bo‘lib, internetdan ma’lumot tarqalishida muhim o‘rin 
egallaydi. O‘tgan asrning 60-yillarida internet tizimi paydo bo‘ldi. O‘sha davrda AQSH 
o‘z mablag‘i evaziga mamlakatning eng yirik universitet va ilmiy markazlarini 
birlshtirish harakatiga tushib qoladi. Ularning istagi olimlrning o‘ta muhim loyihalar 
ustidan hamjihatlikda bosh qotirishlaridan iborat edi. Bu ish bilan Pentagonning 
DARPA bo‘limi shug‘ullanadi va 1969-yil internetning ilk ko‘rinishi ARPANET vujudga 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
136 
keldi. Natijada har bir amerikalik o‘quvchi: “Internet bu–Pentagonning jahonga taqdim 
etgan ixtirosi” ekanligini ta’kidlashadi. Internet tarmog‘i 1980-yilidan vujudga 
kelishdan boshlab, 1983-yilda internet texnologiyasiga o‘tish o‘z nihoyasiga yetadi. 
Internetning rivojlanishi uchun juda ko‘p olimlar ish olib borgan va hozirgi kunda ham 
internet tarmog‘iga o‘zgarish va yangilanishlar kiritish uchun ish olib borishmoqda. 
Axborot termini “information” lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, ma’lumot berish, 
tushuntirish ma’nolarini anglatadi. Informatsiya tushunchasiga keng va har 
tomonlama izohni kibernetika beradi. Uning asoschisi Nobert Viner: “Informatsiya–bu 
tashqi olamdan olingan ma’lumot mohiyatiga bizning moslashuvimiz va bizning his-
tuyg‘ularimiz moslashuvi jarayoni bilan izohlanadi”. Qisqa qilib aytganda, internetning 
bizning hayotimizda tutgan o‘rni juda katta va u hayotimizning ajralmas qismiga 
aylanib ulgurgan. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет