Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
140
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARINING TA'MINLANISHI
Fozilova Hurriyat Namoz qizi
Muxammadova Marjona Zavqiy qizi
O’zbekiston Milliy Universiteti 1-kurs talabalari va
Annotatsiya: Ushbu maqola insonning qadr - qimmatini anglashga yordam
berishga uni o’z haq- huquqini bilishga qaratilgan “ Inson – jamiyat – davlat” degan
yondashuvni Konstitutsiyaning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh
qadriyatga aylantirishimiz zarur boʻlib hisoblanadi. Yaʼni, insonning qadr-qimmati,
shaʼni va gʻururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi oʻrinda turishi kerakligi
alohida eʼtirof etilmoqda. Har bir inson o’z haq-huquq va erkinliklarini bilishi, o’zining
qadr- qimmati toptalmasligi yo’l qo’ymasligi kerak.
Kalit so’zlar: demokratsiya, fuqarolik, jamiyat , norma, konstitutsiyaviy tuzum,
deklaratsiya, ombudsman.
KIRISH
Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning ta’minlanishi demokratik
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi.
Mamlakatimizda o’tgan yillar mobaynida inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga
qaratilgan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 1992-yil 8-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
qabul qilinishi ushbu kafolatlarning yozma dalili bo’ldi. Jumladan Konstitutsiyaning
19-moddasida O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va
erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va
ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar deb belgilangan.
Mazkur normaning mantiqiy davomi va kafolati sifatida 20- moddada “Insonning
konstitutsiya va qonunlarida mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir,
hamda ulardan sudning qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech
kim haqli emas” deb mustahkamlab qo’yilgan. Aynan shu normaning o’zi huquqlarning
ta’minlashida bosh omil bo’lib xizmat qiladi.
Yangi tahrirdagi konstitutsiyada keltirilishicha,mazkur huquqlar faqat qonunga
muvofiq, konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog’lig’ini ijtimoiy axloqni, boshqa
shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash
maqsadida zarur bo’lgan doirada cheklanishi mumkin.Boshqa hollarda inson
huquqlari daxlsizdir hamda uning
himoyasi mamlakat hududida ham, undan
tashqarisida ham davlat tomonidan ta’minlanadi.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, inson huquqlarini ta’minlash borasida 1948-yil 10-
dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning
O’zbekiston parlamenti tomonidan tasdiqlanganligi istiqlolning ilk yillarida qabul
qilingan muhim xaqaro hujjat hisoblanadi.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
141
Ushbu deklaratsiyaning 2- moddasiga “Har bir inson irqi, tana rangi, jinsi, tili,
dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlarida , milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi , milliy yoki
ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki , tabaqasi yoki boshqa holatidan qat'i nazar ushbu
Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va erkinlikka ega bo’lish zarur, deb
kiritilgan. Bundan tashqari 29- moddasida“Har bir inson jamiyat oldida burchlidir,
faqat shu xolatdagina uning shaxsi erkin va to’liq kamol topishi mumkin.
Har bir inson o’z huquq va erkinliklaridan foydalanishda o’zgalarning huquq va
erkinliklarini demokratik jamiyati yetarli darajada bo’lishni hamda hurmat qilinishini
ta’minlash, axloq, jamoat tartibi , umum faravonligining odilona talablarini qondirish
maqsadidagina qonunda belgilangan cheklanishlarga rioya etishimiz kerak. Ushbu
huquq va erkinliklarni amalga oshirish BMTning maqsadi va prinsiplariga hech zid
bo’lmasligi kerak", deb kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha inson
huquqlari mexanizmini kengaytirishga yo’naltirilgan yangi milliy institutlar tashkil
qilindi. Shu jumladan 1995- yil qonun chiqaruvchi hokimyat tizimida ya’ni Oliy Majlisi
huzurida Ombudsman ishtirokida tuzilgan. Bundan tashqari inson huquqida va
erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasining barpo etish, xalqaro tashkilotlar,
hamda huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat
muassasalari xodimlari va barcha aholining inson huquqlari bo’yicha madaniyatini
oshirish maqsadida 1996-yil 31- oktabrda ijroiya hokimyati tizimida tashkil qilingan.
Mazkur tashkilotning asosiy vazifalari:
•inson huquqlari bo’yicha milliy harakatlar rejasini ishlab chiqarish ;
•inson huquqlariga rioya etilishi va himoya qilinishi bo’yicha milliy ma’ruzalar
tayyorlash ;
•aholi o’rtasida inson huquqlari sohasida huquqiy targ’ibot ishlari olib borish ;
•hamda inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan
hamkorlik qilish etib belgilangan.
Yangi O’zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash bo’yicha
ham islohotlarning
keng ko’lami amalga oshirildi. Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining
milliy strategiyasi to’g’risidagi Prezident SHavkat Mirziyoyev Miromonovichning
2020- yil 22- iyundagi 6012-son farmoniga ko’ra O’zbekiston inson huquqlarini
rag’batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining
ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanib, 2017-2021 – yillarda O’zbekiston
Respublikasining rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar
strategiyasi shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarini ta’minlash sohasida aniq
maqsadga yo’naltirilgan chora tadbirlar amalga oshirilmoqda . Inson huquqlari
bo’yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni ta’minlash amaliyotiga
tizimli hamda impelatsiya qo’llanmoqda.
Prezidentining 2019 – yil 17 – yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash
tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to’g’risida” gi Farmoniga muvofiq
Xalq qabulxonalarning tashkil etilishi ham inson huquqlarini ta’minlash uchun katta
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
142
turtki bo’ldi. Ushbu qabulxonaning tashkil etilishi , insonlarning muammolari bilan
yaqindan tanishishga hamda ularni huquq va erkinliklarini ta’minlashga qo’shimcha
imkon yaratdi.
Xulosa
Inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklari - insonga bekam-u koʻst yashash
imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat
va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va
erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining
asosidir. Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash hozirgi
rivojlanayotgan har bir davlatning ustuvor vazifasi bo’lmog’i zarur. Avvalambor,
insonlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini rivojlantirish orqali o’z haq –
huquqlarini ajrata oladigan jamiyatni shakllantirish va mazkur huquqlarni
ta’minlashini kafolatlash maqsadida inson huquqlari bo’yicha organlarni ishlarini
yanada takomillashtirish zarur.
Достарыңызбен бөлісу: