Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati:
1. Qodirov M.Temur va temuriylar davrida tomosha san‟atlari. - Toshkent:
G„ofur G„ulom nomidagi adabiyot va san‟at nashriyoti, 1996. – 37-b.
2. Qodirov M. О„zbek an‟anaviy teatri. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi
О„zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. –355-b.
3. Qodirov M. О„zbek an‟anaviy teatri. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi
О„zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. – 4-b
4. Qodirov M. О„zbek xalq tomosha san‟ati. – Toshkent: О„qituvchi, 1981.
4 Qodirov M. О„zbek an‟anaviy teatri. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi О„zbekiston milliy kutubxonasi
nashriyoti, 2010. – B. 15.
163
AN‟ANAVIY TEATRNING O„ZIGA XOSLIGI
Bexzod Mamatqulov –
O„zDSMI Farg„ona mintaqaviy filiali,
Ta‟lim sifatini nazorat qilish monitoring rahbari.
Annotatsiya. O„zbek an‟anaviy teatrining bosib o„tgan yo„llari, shakllari,
uslub va vostilari, jamiyat hayotida tutgan o„rni, vazifalari, umumiy tarzda bo„lsa-
da bugungacha yetib kelgan va saqlangan. Ushbu maqolada an‟anaviy teatrning
o„ziga xosligi atroflicha yoritilgan.
Kalit so„zlar: teatr, qo„g„ichoq, ko„cha tomoshalari, dramaturgiya, niqob.
Dunyo xalqlarining barchasida qadim zamonlardan beri turli bayramlar,
to„y, marosimlar mavjud bo„lib, ular ko„pchilik ishtirokida o„tkazilgan va teatr
san‟atining paydo bo„lishiga sababchi bo„lgan. Teatr san‟atining vujudga kelishi
insoniyat taraqqiyotining tub negizlarini o„ziga singdirdi, ma‟lum qarash va
an‟analarni turli shakllarda namoyon qildi. Dastavval og„zaki ijodni qamrab olgan
san‟atning bu turi, yozma dramaturgiya paydo bo„lishi bilan mukammallashgan.
Ayni shu jarayonlar to„g„risida qator nazariyalar paydo bo„lgan. Jumladan,
professor Muhsin Qodirov an‟anaviy teatrning bosib o„tgan yo„li bo„yicha
quyidagicha qarashni oldinga surgan. Unga ko„ra teatrshunoslar va etnograflarning
XX asr davomida olib borgan tadqiqotlari tufayli o„zbek xalqi o„tmishida aksariyat
hollarda og„zaki dramaturgiyaga asoslangan o„ziga xos milliy teatr san‟atiga ega
bo„lganligi, kurtaklari ibtidoiy davrlarda paydo bo„lib, asrlar davomida jamiyat
taraqqiyoti bilan bog„liq holda san‟at sifatida shakllanib, rivojlanib, bizning
davrimizgacha yetib kelganligi aniqlangan. Fanda bu san‟at XX asr boshlarida
paydo bo„lgan yevropa shaklidagi yangi o„zbek teatridan farqli o„laroq, an‟anaviy
teatr nomini olganini ta‟kidlaydi. Shunga qaramasdan biz bugungacha an‟anaviy
teatrning tarixi to‟liq yaratilgan deb ayta olmaymiz.
“…Butun tarixiy davrlar (I-IV, VIII-XII, XVI-XVII asrlar) mavhumligicha
qolib kelayotir. Gap shundaki, o„tmishda an‟anaviy teatr ilm manbaiga
aylanmagan. Bu to„g„ridagi ma‟lumotlar, tasvirlar, tarixiy-etnografik, adabiy,
164
arxeologik topilmalar orasida izlangan.”
1
Tadqiqotchi ushbu manbalar va
tasvirlarni birlashtirib, mantiqan muayyan bir manzarani hosil qilishi mumkin.
An‟anaviy teatr tarixini o„rganishning mashaqqatli jihati ham ana shunda. Bir qator
qarashlarga e‟tibor qaratadigan bo„lsak, tomosha san‟atlari taraqqiyotida va tizim
sifatida qaror topishida, ayniqsa, Sohibqiron Temur va Alisher Navoiyning o„rni
beqiyos bo„lgan. Bundan tashqari, Shohruh, Mirzo Ulug„bek, Husayn Boyqaro,
Zahiriddin Muhammad Boburning ham xizmati katta bo„lgan. Temuriylar
davridagi mamlakatdagi barqarorlik, osoyishtalik, shahar madaniyatining gurkirab
rivojlanishi, qariyb barcha shaharlarda san‟at ahli, tomoshasozlarning bir joyda
yashashlari, sozandalarning to„da va dastalarga uyushishlari, ular faoliyatlarining
boshqarishda dastur bo„lgan risolalarning ishlab chiqilishi, shogirdlar tayyorlash,
usta-shogird an‟analarining mukammal tus olishi tomosha san‟atlarining bir tizim
sifatida shakklanishi uchun omil bo„lgan. Tomosha san‟atlari (an‟anaviy teatr,
raqs, xalq sirki), bayramlar, hatto maydon tomoshalari va o„yinlarining jamiyat
hayoti va inson umri bilan bog„liq holda bir-biriga zanjirday ulanib, ba‟zan
uyg„unlashib, butun bir tomoshalar va bayramlar madaniyatini hosil qilishini
tushunishimiz kerak. Tomosha va bayramlarning katta tizim shaklidagi ushbu
madaniyati aslida uch xil tizimdan tarkib topgan.
Birinchisi, tomosha san‟atlari (an‟anaviy teatr, raqs, va xalq sirki) tizimi
bo„lib, san‟at turlari, turkumlari, shakllari asosida yuzaga kelgan.
Ikkinchisi-maydonlarda o„tadigan musobaqalar, o„yinlar, teatrlashgan
tomoshalar va marosimlar tizimi. Bunda san‟at ahli o„z mahoratini chavandozlar,
polvonlar, merganlar, o„yinlar, teatrlashgan tomoshalar va marosimlar tizimi.
Uchinchisi-bayramlar tizimidir. Yil davomida o„tadigan mavsumiy, rasmiy,
mintaqa, umumxalq, oilaviy va boshqa bayramlar, ularning tarkibida
nishonlanadigan
hayitlar,
sayillar,
tomoshalar,
teatrlashgan
marosimlar,
namoyishlardir. Mazkur tizimda an‟anaviy teatr katta o„rin egallagan. U har biri
uch turdan iborat: kulgi teatri, qo„g„irchoq teatri, hikoya teatridir. Kulgi teatrining
1
Qodirov M, Qodirova S. O„zbek teatri tarixi. – Toshkent: Niso Poligraf, 2019. 10-b.
165
asosiy xususuyatlari taqlid, masxara va zarofat
1
hisoblanadi. Ularning har biriga
professor Muhsin Qodirov alohida to„xtalib o„tgan. Har birining negizini kulgi,
taqlid-parodiya, hazil va hajv tashkil etib, bir-biriga yaqin bo„lsa-da, biroq har
qaysisi o„ziga xos, mustaqil san‟at hisoblanadi. Umuman olganda qush va
hayvonlarning xatti-harakatlari, ovozi, munosabatlarini, aniq shaxslar va hayotiy
hodisalarni bo„rttirib, kulgili qilib tasvirlovchi mayda tomoshalar turkumi taqlid
deb qaralgan. Keyinroq ushbu tomoshalar ham, ijrochilar ham muqallid deb
atalgan. Ular ko„pincha yakka-yakka holda ishlagan. Asosan tan va qo„l
harakatlari, yuz ifodalari, ko„z qarashlari bilan ishlab, so„zdan kam foydalanilgan.
Ba‟zan o„z mahoratlarini ko„z-ko„z qilish uchun muqallidlar o„zaro bellashib
turgan. Ayni o„sha daqiqalarda ular niqoblardan foydalanishgan. Chunki ularning
bisotida bellashishga arzigulik uzoq yillardan beri sayqallanib kelingan taqlidlar
ko„p bo„lgan. Ba‟zida esa bazmdagilarning buyurtmalari asosida ham turli
insonlarga ham taqlid qilishgan. Temuriylar davrida an‟anaviy teatrning o„ziga xos
turi “masxara” rivojlanib, sayqal topgan. Muhsin Qodirovga ko„ra “masxaraboz”,
“qiziqchi” atamasi XVIII asrdan boshlab qo„llanila boshlangan.
2
Ularning o„ziga
xos xususiyatlari shundan iboratki, masxaraboz va qiziqlar to„p-to„p bo„lib
yurishgan. Har to„pga bir qiziq yetakchilik qilgan. Bu huddi guruhlarga bir
yo„lboshlovchi boshqaruvchilik qilishini eslatib yuboradi. Bundan tashqari ular
og„zaki komediyalarni maxsus kiyimlar, buyum va niqoblardan foydalangan holda,
so„z, harakat, yuz ifodalarini bo„rttirish, badihago„ylik bilan odamlarni to„yxona va
boshqa joylarda kuldirishgan. Alisher Navoiy davrida ayni san‟at turi va yo„nalishi
bilan G„iyos masxara (Sayyid G„iyosiddin) shuhrat qozongan. Bir qator
manbalarga suyanadigan bo„lsak, avvalo ish nimadan yuzaga qalqqanini sababini
toppish zarur. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”sida shu haqida
qimmatli ma‟lumotlar saqlangan. Unga ko„ra, Sulton Mahmud qoshida (tegrasida)
bir nechta masxara ish ko„rgan bo„lib, ular ham saroy va xalq orasida tomoshalar
1
Arab tilidan olingan: ziyrak, ta‟bi nozik, dilkash.
2
Qodirov M., Qodirova S. O„zbek teatri tarixi. – Toshkent: Niso Poligraf, 2019. - 12-b.
166
ko„rsatishgan. Ushbu ma‟lumotlar juda qimmatli bo„lar edi agar Bobur
masxaralarning ismlarini ham yozib qoldirganida.
Kulgi teatrining uchinchi turi – zarofatdir. Bu tushuncha arabcha “zarif” -
so„zidan hosil bo„lgan. U ziyrak, ta‟bi nozik, dilkash kishi deganidir. Bundan
anglashiladiki, ziyrak kishilar o„rtasida, oddiy uchrashuvlarda, adabiy majlislarda,
mashvarat va ziyofatlarda bo„lib o„tadigan hazil-mutoyiba, badihago„ylik,
xushchaqchaqlik zarofat deb yuritilgan. Zariflar odatda so„zga chechan,
shirinsuxan, shoir, hech bo„lmaganda, she‟riyatdan xabari bor ziyoli kishilar
bo„lishgan.
E‟tibor berib qaralsa an‟anaviy teatr va san‟atining yuqoridagi barcha turlari
asosini badiiy so„z tashkil etadi. Erkin Vohidov so„z haqida fikr yuritib shunday
deydi: “xoliqi olam odamzodga idrok va So„z aytish ne‟matini berib, uni barcha
xilqatlaridan ustun yaratdi, jonli va jonsiz olamga hokim qildi. Olamni idrok qilgan
inson So„zni idrok qiladi. So„zni idrok qilib olamni yanada teranroq idrok qiladi.
So„zning ildiziga yetgan kishi dunyoning tagiga yetgandek bahra topadi. Insoniyat
tarixi so„zlar qismatida yashirinib yotar ekan”
1
, deydi. Zarofat teatri ayni shu
vazifani o„tagan desak xato bo„lmaydi. Alisher Navoiy ham ushbu hususda fikr
yuritib,
“So„z kelib avvalu jahon so„ngra,
Ne jahonki kavn ila makon so„ngra.
Chunki mavjud bo„lsa nuktai “kun”,
Bo„ldi mavjud toza, yo„qsa kukun”-deydi.
Bugungi kun kulgu san‟atining eng nozik turlaridan bo„lgan askiya aynan
zarofatdan paydo bo„lganini, yoki uning nomi askiyaga aylanib ketganini turli
qarashlardan anglaymiz.
“Qo„g„irchoq o„yin” deb ataluvchi an‟anaviy qo„g„irchoq teatri ham
tomoshalarining mazmuni, qo„g„irchoqlarni o„ynatish usuli bilan bir-biridan keskin
farq qiluvchi uch turdan iborat bo„lgan. Biri “chodir jamol” bo„lib, qo„g„irchoqlari
qo„lga kiyib o„ynatilgan,“chodir hayol” nomli ikkinchi turda qo„g„irchoqlar
1
Vohidov E. So„z latofati. – Toshkent: O„zbekiston, 2018. - 7-b.
167
sahnada iplar yordamida harakatga keltirilgan, “fonus hayol” nomli uchinchi turda
esa qo„g„irchoqlarning soyasi fonuslar yordamida oq matoga tushirilgan. Alisher
Navoiy ushbu ijrochilarni “qovurchoqchi”, “lu‟batboz” deb atagan. “Chodir
jamol”da hayotiy voqealar, “chodir hayol”da hayoliy-afsonaviy mavzular aks
ettirilgan. Ushbu ma‟lumotlar to„g„ri ekanini Husayn Voiz Koshifiyning
“Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati” risolasida keltirilgan dalillar
tasdiqlaydi.
1
Ushbu ma‟lumotni professor Muhsin Qodirov ham o„z izlanishlari
natijasida ifoda etgan. Ammo shuncha izlanishlarga qaramay “fonus hayol”
tomoshalarining mazmuni noma‟lumligicha qolgan. Unda ham maishiy, ham
romantik voqealar aks ettirilgan, deb taxmin qilishgina mumkin, xolos. Biroq shuni
aytish mumkinki, XVIII – XIX asrlarda va XX asr boshida o„zbek qo„g„irchoq
teatri ikki turdan iborat ekanini aytib, 1906-yilda P.A.Komarov shunday yozgan:
“Avvalo shuni bilish kerakki, bu yerdagi tuzem artistlari qo„g„irchoq teatrini ikkiga
ajratishadi: biri - “Qo„l qo„g„irchoq”, ikkinchisi - “Chodir xayol”. “Qo„l
qo„g„irchoq” tomoshalari kunduzi ko„cha-ko„yda bo„lib, har qanday sanqi ko„rishi
mumkin, chunki har kim ham haq to„layvermaydi, qo„g„irchoqboz kim nima bersa,
shunga ko„nib ketaveradi. “Chodir xayol” tamomila boshqacha ko„rsatiladi. Bu
teatr biron binoda joylashib, tegishli gazlamadan chodir-sahna yasaydi.
Tomoshalar faqat kechqurun bo„ladi…”
2
Ushbu qarashga nisbatan professor
Muhsin Qodirov iplar bilan boshqariladigan qo„g„irchoq teatrining “chodir xayol”
deb atalishi rost ekanini, ammo P.A.Komarov tomonidan ishlatilib, ilmiy
adabiyotga kirib qolgan “Qo„l qo„g„irchoq” atamasi qo„lga kiyib o„ynatiladigan
qo„g„irchoq teatrining texnikasiga oid bo„lib, turning nomi emas. Boshqarilishiga
qarab atalganida “Chodir xayol” ham “Ip qo„g„irchoq” deb nom olgan bo„lardi.
To„g„ri, qo„g„irchoqbozlar orasida turlarni bir-biridan ajratishda “qo„l qo„g„irchoq”
va “ip qo„g„irchoq”, “kichik qo„g„irchoq” va “katta qo„g„irchoq” iboralari
ishlatilgan. Lekin ularning birontasini ham atama deb bo„lmaydi, deya ta‟kidlagan.
Muhsin Qodirovning atoqli qo„g„irchoqboz G„ofirjon Mirzarahimov tilidan yozib
1
Qodirov М. Qodirova S. O„zbek teatri tarixi. – Toshkent: Niso Poligraf, 2019. - 15-b.
2
Qodirov М., Qodirova S. Qo„g„irchoq teatri tarixi. - Toshkent: Talqin, 2006. - 31-b.
168
olingan yozishmalariga ko„ra kechasi bo„ladigan teatrni “Chodir xayol”, kunduzi
ko„rsatiladiganini “Chodir jamol” deb atalgan. Quyidagi bayt bunga yaqqol
isbotdir:
Достарыңызбен бөлісу: |