42
2015 yil 1-yanvar holatiga bankning likvidlik koeffitsienti 40,8 foizni (min
30%), tashkil etdi. Bunda Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy
me’yorga amal qilingan. Lekin ushbu me’yorning O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining Xalqaro talab va tavsiyalardan kelib chiqib 2015-yi 1-yanvar
holatidan boshlab minimal 100 foizga o’zgartirilishi
bank likvidliligini
boshqarishda yangi chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etadi.
Bankda qarz oluvchilarning shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bank
oldidagi o‘z moliyaviy majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajara olmasligi
natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit tavakkalchiligini oldini olish
maqsadida qarz oluvchilar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha belgilangan
me’yorlarning bajarilishi ta’minlanmoqda.
9-rasm. Bir qarzdor yoki o’zaro aloqador qarzdorlar guruhi uchun
bo’lgan tavakkalchilikning maksimal hajmi(foizda)
31
Rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, hisobot sanasiga bitta qarzdor yoki
o‘zaro aloqador qarzdorlar guruhi uchun bo‘lgan tavakkalchiliknnig maksimal
hajmi, ta’minlangan ssudalar uchun 15,7 foizni (max 25%) tashkil etdi va o’tgan
yilga nisbatan 0,7 foizga o’sgan. Bundan ko’rinadiki
ATB Agrobank tomonidan
hisobot sanasiga bitta qarzdor yoki o‘zaro aloqador qarzdorlar guruhi uchun
bo‘lgan tavakkalchiliknnig maksimal hajmini, ta’minlangan ssudalar uchun riskni
31
ATB Agrobank yillik moliyaviy hisoboti asosida muallif tomonidan hisoblandi
15
15,7
14,6
14,8
15
15,2
15,4
15,6
15,8
2013
2014
43
boshqarish borasida amalga oshirilayotgan choralar va usullar natijasida ushbu
ko’rsatkichni nisbatan bo’lsada past foizda o’sishiga erishilgan. Shuningdek, joriy
davrda bitta qarzdor yoki o‘zaro aloqador qarzdorlar guruhi uchun bo‘lgan
tavakkalchiliknnig maksimal hajmi, ta’minlangan
ssudalar uchun belgilangan
me’yorlarning bajarilishi ta’minlangan.
Respublikamiz tijorat banlarida valyuta operatsiyalari tijorat banklari
operatsiyalarining asosiy turlaridan biri bo‘lganligi sababli, valyuta riskini
boshqarishni takomillashgan tizimini shakllantirish banklar uchun muhim amaliy
ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi.
Xalqaro
bank amaliyotida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining
bank amaliyotida valyuta riski darajasini baholashda tijorat bankining ochiq
valyuta pozitsiyalarining darajasiga baho berish usulidan keng foydalaniladi.
Bunda tijorat bankining uning aylanmasida bo‘lgan har bir xorijiy valyutadagi
ochiq valyuta pozitsiyasining miqdori bilan barcha xorijiy valyutalardagi yakuniy
ochiq valyuta pozitsiyasi miqdorining haqiqatdagi darajasi aniqlanadi. Undan
keyin aniqlangan miqdorlar Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ochiq
valyuta pozitsiyalariga nisbatan belgilangan me’yoriy darajalar bilan solishtiriladi.
Agar tijorat bankining ochiq valyuta pozitsiyalari miqdori ular bo‘yicha o‘rnatilgan
me’yoriy talablar darajasidan oshmagan bo‘lsa, u holda, bankda valyuta riskining
darajasi mo‘tadil deb, hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining
ochiq valyuta pozitsiyalariga nisbatan 2005 yilning 31 avgustidan boshlab quyidagi
me’yoriy chegaralar belgilangan:
Tijorat bankining bitta valyutadagi ochiq valyuta
pozitsiyasi miqdori bank
regulyativ kapitalining 10 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Tijorat bankining barcha valyutalardagi yakuniy ochiq valyuta
pozitsiyasining miqdori bank regulyativ kapitalining 20 foizidan oshib
ketmasligi lozim
32
.
32
Markaziy bank ma’lumotlari asosida kiritildi
44
Chet el valyutasi ochiq pozitsiyalari bo‘yicha chet el valyutalar kurslarning
o‘zgarishi natijasida bankda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilikning
oldini olish ochiq valyuta pozitsiyalarini boshqarish yo‘li orqali amalga
oshirilmoqda. Quyidagi rasm orqali ATB Agrobankning chet el valyutasi ochiq
pozitsiyalari bo‘yicha chet el valyutalar kurslarning o‘zgarishi natijasida bankda
yuzaga
kelishi
mumkin
bo‘lgan
tavakkalchilikning
qay
darajada
boshqarilayotganligi, shunindek, ochiq valuta pozitsiyasining bankning 1-darajali
kapitalidagi ulushi va dinamikasini ko’rib chiqamiz.
Достарыңызбен бөлісу: