24
II BOB.
TIJORAT BANKLARIDA BANK RISKLARINI BOSHQARISH-
NING JORIY HOLATI
37
2.1.
Tijorat banklari risklarini boshqarish usullari va mezonlari
37
2.2.
Tijorat banklari risklarini boshqarish bo’yicha xalqaro talablar
(Bazel)
48
III BOB.
BANK RISKLARINI BOSHQARISH BILAN BOG’LIQ
MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI
63
XULOSA
76
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
78
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqilligimizning ilk davridan boshlab bank
tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish
Respublika hukumati olib borayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Buni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qator Farmonlar va
Qarorlarda ko‘rish mumkin.
Buning natijasida bugungi kunda O‘zbekiston bank tizimi qat’iy xalqaro
talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biridir va ayni paytda
belgilangan qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha mustahkam pozitsiyalarga ega.
Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini
ta’minlashda eng muhim omil bo‘ldi. Buning natijasida tijorat banklarining jami
2014-yilda kapitali 25 foizga oshdi. Bank tizimining mustahkamlanishi 2014-yilda
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 10 foizdan 9 foizga, tijorat
banklarining kreditlar bo‘yicha foiz stavkasini ham shunga mos ravishda
kamaytirish uchun zarur imkoniyatlar tug‘dirdi.
1
Banklar tomonidan faqat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va
texnologik yangilash dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi
2013-yilga nisbatan 1,2 barobar, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilgan
kreditlar esa 1,3-martadan ziyod oshdi.
So‘nggi yillar davomida «Mudis», «Standart and Purs» va «Fitch reytings»
kabi yetakchi reyting agentliklari O‘zbekiston bank tizimi faoliyatini «barqaror»
deb baholamoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, agar 2011-yilda
mamlakatimizning 13 ta tijorat banki yuqori reyting baholariga sazovor bo‘lgan
bo‘lsa, bugungi kunda respublikamizning barcha 26 ta banki ana shunday bahoga
loyiq ko‘rildi.
1
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi
4
Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotidagi barcha operatsiyalar banklar
orqali amalga oshiriladi va albatta bu operatsiyalarda risklar yuzaga keladi. Tijorat
banklari faoliyatida maksimal daromadga erishishni aniq maqsad qilib
bajarilayotgan riskli operatsiyalar natijasida albatta daromadga erishilishiga olib
keladi va bu bank boshqaruvining qabul qiladigan qarorlariga ayniqsa bog‘liqdir.
Tijorat banklarining riskli operatsiyalari bir tomondan iqtisodiyotning barcha
sektorlarida bank-moliya xizmatlarini ko’rsatadi, jamiyatning iqtisodiy talablarini
qondirib, butun jamiyat kapitalini oshishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan,
mablag‘larini samarali ob’yektlarga joylashtirilishi banklarning iqtisodiy sub’yekt
sifatidagi daromadini oshiradi. Demak, bank riski bank faoliyatini amalga oshirish
jarayonida bank mablag‘larining bir qismini yo‘qotish, yoki daromad olmaslik
sharoitida ijobiy natijaga umid qilib, bank operatsiyalarini (depozit, kredit
investitsiya, valyuta) o‘tkazishidir.
Xalqaro amaliyot ko’rsatishicha, bank riskini boshqarishda yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar nafaqat mamlakat bank tizimining inqirozli holatining avj olishiga,
balki moliya bozorining boshqa segmentlariga transformatsiyalanishi hisobiga
tizimli risklarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Masalan, 2008-yilda
boshlanib hali-hanuz davom etayotgan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bunga
yaqqol misol bo’la oladi. AQSh banklari va ipoteka kompaniyalari tomonidan
ajratilgan kreditlar tarkibida nostandart kreditlar salmog’ining ortishi, ishonchsiz
qarz oluvchilar o’rtasida kreditni qaytarmaslik holatlarning ortishi, ipoteka
qimmatli qog’ozlari jozibadorligining pasayishi bank tizimida likvidlilik
muammolarining
chuqurlashuviga,
tijorat
banklari
to’lov qobiliyatining
pasayishiga sabab bo’ldi. Ayni paytda, bank tizimi barqarorligini mustahkamlash,
bank faoliyati, xususan, u bilan bog‘liq risklarni boshqarishni takomillashtirish
yo‘llarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi.
Respublikamiz moliya-bank tizimi barqarorligini ta’minlash, bank aktivlari
sifatini oshirish, bank faoliyatidagi risklarni boshqarishni takomillashtirish
bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi 2344-sonli “Tijorat banklarining
5
moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bank tizimining moliyaviy
barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini
mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning
investitsiyaviy faolligini rag‘batlantirish, shuningdek umum qabul qilingan xalqaro
me’yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori
darajaga chiqishini ta’minlash asosiy maqsad etib belgilandi. Shuningdek xalqaro
me’yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida
respublika banklariga nisbatan qo‘yilayotgan me’yoriy talablarni yanada
takomillashtirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, omonat va
depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy qilish yo‘li bilan aholi va xo‘jalik
sub’yektlarining bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga keng ko‘lamda jalb
etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yetakchi xorijiy banklar va moliya
institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida tijorat
banklarida korporativ boshqaruv usullari, shu jumladan risklarni boshqarish va
ichki nazoratni yaxshilash usullarini takomillashtirish, ilg‘or axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda ko‘rsatilayotgan bank
xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek bank plastik
kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini
kengaytirishni ko’zda tutiladi. Bundan tashqari, ushbu qarorda “… … bank
nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan
qo‘yiladigan me’yoriy talabalarni yanada takomillashtirishni, jumladan,
kapitalning yetarliligi va likvidlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi talablarni nazarda
tutgan yangi standartlar va tavsiyalar (Bazel-III standartlari) ishlab chiqilganligi va
bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining standart va tavsiyalarini (Bazel-III
standartlari) 2015-2019- yillarda bosqichma-bosqich joriy etilishini, banklar
uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda markaziy bankning
qayta moliyalashtirish stavkalarini, keyingi yillarda inflyatsiya darajasi izchil
pasayishini, shuningdek boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligini
hisobga olgan holda tijorat banklari jalb qilayotgan depozitlar foiz stavkalarini
6
belgilash mexanizmini ishlab chiqish”
2
kabi vazifalar belgilab berilgan.
Risklarni
boshqarishning
to‘g‘ri
yo‘lga
qo‘yilmaganligi
va
mutaxassislarning yetishmasligi va boshqa bir qator omillar sababli banklar o’z
operatsiyalarini amalga oshirishda bir qator muammolarga duch kelmoqda.
Banklarda risklarni tahlil etish va samarali boshqarish bo‘yicha mutaxassislar kam
va mavjud mutaxassilarning ham malakalarini zamonga moslab oshirish lozim.
Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish doiralarini aniqlash va
bartaraf etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Umuman olganda, tijorat
banklarining faoliyatida risklarni boshqarish va risk darajasini yuqorilab ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik milliy bank tizimi barqarorligini ta’minlashning zaruriy
shartlaridan biri hisoblanadi va bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi ham aynan
shu muammolarni yechimini hal qilish bilan baholanadi.
Достарыңызбен бөлісу: |