Норбоев Абдулла Ориф ўғли


-rasm. Xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan Bank risklarining



Pdf көрінісі
бет6/30
Дата07.02.2024
өлшемі0.9 Mb.
#491108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

2-rasm. Xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan Bank risklarining 
tasniflanishi
15
 
14
О.И. Лаврушин, Н.И. Валенцева Банковские риски: учебное пособие 2009 
15
 www.bis.org sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi 
Bank risklar
 
Bozor riski
Likvidlilik riski 
Imidj riski
Kredit riski
fond bozorlari riski
valyuta riski
foiz riski
Operativ risk
Mamlakat riski
Huquqiy risk
Bank risklar
 
Huquqiy risk
Bozor riski 
Kredit riski
Operativ risk
Sug’urta riski
Transfert riski
Foiz iski
Reputatsion risk
Likvidlilik riski


16 
O‘z navbatida ularning ichida kredit riskining o‘rni va ahamiyati kuchliroq 
hisoblanadi. Chunki kredit operatsiyalari bank operatsiyalarining 60-80 % ini 
tashkil etadi. Bu esa bank faoliyatining ko‘pgina ko‘rsatkichlari aynan kredit 
operatsiyalariga va ulardan keladigan daromadlarga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Kredit operatsiyalarini samarali amalga oshirilishini ta’minlash va ulardan 
keladigan foizli daromadlarni barqarorligini ta’minlash uchun berilayotgan va 
avval berilgan kreditlarning risk ko‘rsatkichi qay darajadaligini to‘g‘ri aniqlay 
olish hamda kreditning riskka uchrashi yoki uni chetlab o‘tishi va riskni boshqarish 
chora-tadbirlarini amalda to‘g‘ri qo‘llay olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Bularning barchasi kredit riskini baholash orqali amalga oshiriladi. 
Banklar faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, ularda mavjud risklarni 
minimallashtirish masalalaridan biri kredit risklari, ularning sifati va darajasini 
aniqlash va tahlil qilishdan iborat. 
Kredit riski deb, qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining 
bajarilmasligi ya’ni kredit summasining (qisman yoki to‘liq) va u bo‘yicha 
foizlarning shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmasligi tushuniladi. 
Shuning uchun kredit risklarini aniqlash va boshqarish har qanday tijorat bankning 
rivojlanish va taraqqiy etish maqsadiga erishish uchun ishlatiladigan kurash 
usullarining ajralmas qismi hisoblanadi.
Kredit riski–bu bank kreditlarining o‘z vaqtida qaytmasligi hamda ularga 
hisoblangan foizlarni to‘lashda yuzaga keladigan muammolarining yuzaga 
kelishidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 740-sonli “Tijorat banklarining 
bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” 
gi nizomiga ko’ra: 
Kredit riski – qarzdorning shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bank 
oldidagi o‘z moliyaviy majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajara olmasligi 
natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq 
tavakkalchilik. 


17 
Markaziy bank kredit risklari bilan bog‘liq quyidagi iqtisodiy me’yorlarni 
o‘rnatadi:


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет