20
Likvidlilikni qoplash ko‘rsatkichi - Liquidity Coverage Ratio
20
(LCR)
LCR=
(yuqori sifatli aktivlar)/(30 kun mobaynida sof pul chiqimlari) ≥100%
Operatsion risk-quyidagi holatlar natijasida paydo bo‘ladigan zararlar riski:
amaldagi qonunchilik talablari va bank faoliyati tavsifiga ko‘ra bank
operatsiyalarining o‘tkazilish tartibining buzilishi;
bank xodimlari tomonidan bank operatsiyalari o‘tkazilish tartibining
buzilishi;
bank
foydalanadigan
texnik
va
axborot
tizimlarining
to‘liq
shakllanmaganligi.
Bazel qo‘mitasi operatsion riskni ichki jarayonlar va tizimlarning
nomuvofiqligi, xodimlarning mas’uliyatsizligi yoki boshqa tashqi omillar hisobiga
yuzaga keladigan xavf-xatar deb baholaydi. Mazkur
tushuncha bank va uning
xodimlari
tomonidan
qonunchilikka,
axloqiy
me’yorlarga,
shartnoma
majburiyatlariga rioya etmaslik hamda sud jarayonining qo‘zg‘atilishi tufayli
yuzaga keladigan huquqiy riskni ham ko‘zda tutadi. Operatsion risk turlariga
quyidagilardan iborat:
Ichki bo‘hton va firibgarlik, ya’ni dilerlar tomonidan bank holati bo’yicha
noto‘g‘ri ma’lumotlarning berilishi, xodimlar tomonidan amalga oshirilgan
o‘g‘irliklar, xodimlarga berilgan pora evaziga kredit hujjatlarini
soxtalashtirish va boshqalar;
Tashqi bo‘hton va firibgarlik, ya’ni hujjatlarni o‘g‘irlash va soxtalashtirish,
kompyuter aloqalariga ruxsatsiz kirish, kredit olish uchun noto‘g‘ri
ma’lumotlar taqdim etish;
Mijozlar, xizmatlar va biznes yuritish standartlariga oid ma’lumotlardan
ruxsatsiz
foydalanish,
jinoiy
faoliyatdan
olingan
daromadlarni
legallashtirish va hisobvaraqlardan foydalangan holda firibgarlik;
20
Markaziy bankning «Tijorat bankining likvidliligini boshqarishga bo‘lgan talablar to‘g‘risida»gi 421-sonli nizomi
21
Moddiy aktivlarga zarar yetkazish, ya’ni qo‘poruvchilik, terrorizm, yer
qimirlashi va boshqa tabiiy ofatlar;
Ishdagi, axborot va aloqa tizimidagi xatolik va uzilishlar, ya’ni texnikaning
ishlamay qolishi, telekommunikatsiya muammolari va dasturdagi uzilishlar;
Hujjatlarni rasmiylashtirish, operatsiyalar o‘tkazish va jarayonlarni
boshqarish, ya’ni ma’lumotlarni kiritishdagi xatoliklar, huquqiy
hujjatlarning yetishmasligi, kredit ta’minotiga tegishli xatoliklar va
boshqalar.
Operatsion risklar bilan ishlash usullari va darajasi
turli banklarda risk
darajasi va turi, bank operatsiyalarining hajmi va turiga bog‘liq ravishda turlicha
bo‘ladi. Operatsion riskni to‘g‘ri boshqarish uchun tijorat bankida tegishli kunlik
nazorat va ma’lumotlarni jamlash jarayoni tashkil etilgan bo‘lishi darkor. Markaziy
bank tijorat banklaridan ular darajasiga, risklar miqdori va turiga, banklar
tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning murakkabligiga mos operatsion risklarni
baholash va boshqarish mexanizmini yaratilishini talab qilishga haqlidir. Bundan
tashqari, Markaziy bank tijorat banklari tomonidan operatsion risklar bo‘yicha
qoida va talablarga rioya etilishi yuzasidan doimiy va alohida nazoratni olib borishi
lozim.
Huquqiy risk
-quyidagi holatlar natijasida paydo bo‘ladigan zararlar riski:
1. bank tomonidan tuzilgan shartnomalar va huquqiy me’yorlar talablariga
rioya qilmaslik;
2. faoliyat davomida huquqiy xatolarga yo‘l qo‘yish;
3. huquqiy tizimning noaniqligi.
Transformatsiya riski bu–banklar tomonidan berilgan kreditlar bilan
ularning manbalarining muddati o’rtasida nomuvofiqlikni yuzaga kelishidir.
Biznesda obro‘-e’tiborni yo‘qotish(reputatsiya) riski– bankning moliyaviy
barqarorligi to‘g‘risida omma ichida salbiy tasavvur yuzaga kelishi sababli,
22
mijozlar sonining kamayishi, ko‘rsatilayotgan xizmat sifatining tushishi natijasida,
bankda zararlar yuzaga kelishi riski
21
;
Ikkinchi yondashuvga ko‘ra tarkibiy bank risklari quyidagicha tasniflanadi:
Достарыңызбен бөлісу: