Норбоев Абдулла Ориф ўғли


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari



Pdf көрінісі
бет3/30
Дата07.02.2024
өлшемі0.9 Mb.
#491108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy 
ishining maqsadi tijorat banklari risklarini boshqarish tizimining nazariy va amaliy
jihatlarini yoritib berish, shuningdek uning klassifikatsiyasi, hisoblash usullarini 
o‘rganish hamda ularni tijorat banklarida joriy qilish va shakllantirish yuzasidan 
takliflar ishlab chiqishdan iborat. Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda, 
quyidagilar bitiruv malakaviy ishining vazifalarini tashkil etadi: 
 Bank risklari va uni boshqarish masalalarini ko‘rib chiqish; 
 Bank risklarini boshqarish va bank risklarini banklar tomonidan baholash 
mezonlarini o‘rganish; 
 Bank risklarini boshqarish bo’yicha amaliyotni tahlil qilish va ular bo‘yicha
yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni asoslash; 
 Bank faoliyatida risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish masalalariga 
nisbatan xulosa va takliflar berib, istiqbollarini aniqlash. 
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti va predmeti–bitiruv malakaviy 
ishining ob’yekti bo‘lib, O‘zbekiston bank tizimi va tijorat banklari hisoblansa, 
uning predmeti respublikamizda bank risklarini boshqarish tizimidagi dolzarb 
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi 2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy 
barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori 



masalalarini tadqiq qilish, aniq yechimlarini tahlil qilish va uni takomillashtirish 
bo’yicha xulosalar berish hisoblanadi .
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati-bitiruv 
malakaviy ishining nazariy asoslari bo‘lib, bank risklarni boshqarish sohasidagi 
yetakchi milliy va xorijiy mutaxassislarning ishlari hisoblanadi. Bitiruv malakaviy 
ishida olingan xulosalarning amaliyotda qo‘llanilishi tijorat banklarida risklarni
samarali boshqarish jarayonini takomillashtirish va rivojlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет