Норбоев Абдулла Ориф ўғли


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi



Pdf көрінісі
бет4/30
Дата07.02.2024
өлшемі0.9 Mb.
#491108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi . Bitiruv malakaviy ishining tuzulishi 
kirish qismi, uch asosiy bob , xulosa qismi hamda foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxatidan iborat. 



I BOB. BANK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISHNING NAZARIY-
HUQUQIY ASOSLARI 
1.1. Bank risklarining bank faoliyatidagi ahamiyati 
Mamlakatimiz iqtisodiyoti va shu jumladan moliya-bank tizimida amalga 
oshirilgan tub islohotlar, erishilgan yuqori natijalar, albatta, sohadagi barcha 
masalalar to‘liq hal etilganini bildirmaydi. Mamlakatimiz bank tizimini yanada 
yuqori cho’qqilarga olib chiqish, xalqaro darajada munosib o‘rin egallashini 
ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan tizim oldiga yangi va yangi 
vazifalar qo‘yilmoqda.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish jarayoni tijorat banklarining barqaror faoliyat yurituvchi tizimini 
yaratishni ko‘zda tutadi. Chunki tijorat banklari bozor infratuzilmasining muhim 
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga 
egadir.
Har qanday iqtisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek, tijorat banklari 
faoliyatidan ko‘zlangan natija ham birinchi navbatda foyda olishdir. U esa albatta 
risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu tufayli tijorat banklari oldida turgan birinchi 
maqsad–bu risk va foydalilik o‘rtasidagi optimal darajaga erishishdir.
O‘zbekistonda bozor munosabatlari tamoyillarining amal qilishi tijorat 
banklaridan o‘z faoliyatlari bilan bog‘liq risklarni boshqa xo‘jalik sub’yektlariga 
nisbatan ko‘proq o‘rganishlarini talab etadi. Chunki tijorat banklari o‘z faoliyatlari 
bilan bir tomondan, o‘z aksiyadorlari oldida javobgar bo‘lsalar, ikkinchi tomondan, 
o‘z mablag‘larini ishonib topshirgan va bank xizmatlaridan foydalanayotgan 
mijozlar oldida majburiyatga egadirlar. 
Rivojlangan mamlakatlar banklariga nisbatan MDH davlatlari shu jumladan, 
respublikamiz banklari faoliyati yanada ko‘proq riskka ega bo‘lmoqda. Buning 
asosiy sababi rejali iqtisodiyot davridagi bank faoliyatini bugungi davr talabiga 
javob beradigan holda qayta tashkil etilmaganligi va yangi turdagi bank 
operatsiyalarini amalga oshirishda yetarli tajribaning yo‘qligi banklar faoliyatidagi 
risk darajasining yanada oshishiga olib kelmoqda. Shu tufayli bank riski, uning 



mohiyati, turlari, kelib chiqishi sabablarini chuqur o‘rganish amaliyot uchun ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bank riski iqtisodiy risklarning bir qismini tashkil 
qilib bank bilan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga 
tayanadi. 
Mablag‘larning kreditlash tamoyiliga rioya qilingan holda mijozlarga 
berilishi, banklar ishining ma’lum tamoyillar asosida tashkil qilinishi ular 
faoliyatining turlari risk bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Bu hol bank riskining 
ob’yektivligini ifodalasa, bank faoliyatiga boshqa omillarning ta’siri, ularning 
natijasini hisoblash imkoniyatining mavjudligi va bir turdagi riskning turli 
sharoitda bo‘lishi, uni turlicha qabul qilish va hisoblay olish uning yuzaga
kelishining sub’yektiv sabablari hisoblanadi.
Tijorat banklari risklarini boshqarish haqida gapirishdan oldin bank 
risklarining tub mohiyati , risk to’g’risida jahon va mahalliy iqtisodchi olimlarning 
fikrlarini ko’rib chiqish muhim, albatta. 
Riskning tub mohiyatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, «risk» so‘zi ispancha 
so‘zdan olingan bo‘lib, «suv ostidagi qoya» degan ma’noni bildiradi. Shuning 
uchun ham risk xavf tug‘dirish ehtimoli mavjudligini ifoda qiladi. Taniqli lug‘atchi 
S.N.Ojegovning rus tili lug‘atida «risk» bu «muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, 
umid» degan ma’noni anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug‘atida riskga «xavf, 
zarar yoki talofat ko‘rish ehtimoli», deb qaralgan. V.T.Sevruk «risk-bu zarar 
ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchamidir» 
degan ta’rif beradi
3
. Professor V.M.Usoskin
4
«Risk doimo noaniqlik bilan birga 
kelib, oxirgi o‘z navbatida oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan 
voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi» deb izohlaydi. Boshqa mualliflar tomonidan risk bu 
noaniqlik deb ta’riflanadi. E.S.Stoyanova
5
«Risk-bu rejalashtirilgan variantga 
nisbatan daromad ola olmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir» deb ta’rif keltirgan. 
P.G.Graboviy, S.N.Petrova, S.I.Poltalsevlarning «Риски в современном 
3
«Банк рисклари ва кредитлаш» Ш.З.Абдуллаева, «Молия» нашриёти 2002 йил 
4
УсоскинВ.М. «Современный коммерческий банк»
5
Стоянова Е.С. «Финансовый менежмент», М: Перспектива,


10 
бизнесе»
6
kitobida «Risk-bu korxona resurslarining bir qismini yo‘qotish yoki 
daromad ola olmaslik, qo‘shimcha xarajatlar qilish xavfidir», deb ta’rif berganlar. 
Yuqorida keltirilgan ta’riflarning barchasida risk qandaydir xavf-xatar va 
zararlar ko‘rishdan iborat ekanligi to‘g‘risida fikr yuritilgan. Riskni ta’riflaganda, 
uni zarar bilan bog‘liq xavf-xatar, noaniqlik deyish risk tushunchasining 
mohiyatini to‘la ifodala olmaydi. 
Yuqoridagilarga o‘xshagan ta’riflarni mahalliy iqtisodchilarimizning 
ishlarida ham uchratish mumkin. Undan tashqari, oxirgi yillarda chop qilinayotgan 
ko‘pgina mualliflarning ishlarida «risk» so‘zini o‘zbekchaga tarjima qilishga 
harakat qilingan. Natijada hozirgi kunda turli mualliflar tomonidan «risk» termini 
turlicha nom bilan talqin qilinmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar riskni «tavakkalchilik» 
deb ifodasalar, boshqalari riskga «xato», «ikkilanish», «noaniqlik», 
«mavhumiylik» va hokazolar deb ta’rif berish to‘g‘riroq degan xulosa qiladilar.
7
Har bir faoliyatni amalga oshirishda ikkilanish yoki xavf-xatar bo‘lishi 
mumkin. Lekin ularni risk mazmunida ifoda qilib bo’lmaydi.
Xavf-xatar deganda biz oldindan biron salbiy natija beruvchi, yoki biron-bir 
salbiylikka yoki zarar, talofatga olib keluvchi jarayon mavjudligini bilamiz va biz 
qo‘rquv, hadiksirash bilan shu voqelikka yondashamiz. 
Bank risklari to‘g‘risida iqtisodchi olimlarning fikrlari xilma-xil bo‘lib, ular 
bu tushunchaning mohiyatini turlicha talqin qilganlar. Buning sababi shundaki, 
risk keng ma’noli, faoliyatning, jarayonlarning turli bosqichlarida uchrab turuvchi 
ko‘p qirrali tushunchadir. Bank riskining mohiyati ko‘pgina mahalliy iqtisodchilar 
tomonidan 
masalan, «Kredit. 100 savolga–100javob» kitobi muallifi 
Yo.Abdullaev, 
T.Boboqulov bank tavakkalchiligi, «kredit xavf-xatari»
8

«Iqtisodiyot nazariyasi» kitobi muallifi A.O‘lmasov, M.Sharifxo‘jayevlar 
tomonidan esa «bank xatari»
9
deb yuritiladi. Bank foyda ko‘rishi uchun esa bu 
xatarni kamaytirishi lozim. 
6
П.Г.Грабовый, С.Н.Петрова, С.И.Полталцев «Риски в современном бизнесе».. 
7
«Банк рисклари ва кредитлаш» Ш.З.Абдуллаева, «Молия» нашриёти 2002 йил, 60-бет. 
8
«Кредит. 100 саволга – 100жавоб», Ё.Абдуллаев, Т.Бобокулов. 
9
«Иктисодиёт назарияси» А.Улмасов, М.Шарифхужаев.. 


11 
Iqtisodchi olim O.I.Lavrushin «Bank riski ehtimoliy hodisaning qiymat 
o‘lchovi bo‘lib, u yo‘qotishlarga olib keladi»
10
degan fikrni ilgari suradi. 
Rossiyalik yana bir iqtisodchi G.Panova «Risk kutilmagan hodisalar yuzaga 
kelganida yo‘qotish xavfi yoki imkoniyatidir» deb ta’rif beradi. U o‘z ta’rifi orqali 
ikki asosiy yo‘nalishni asoslab bermoqchi bo‘ladi. Bular, birinchidan, Professor 
O.Lavrushinning risk to‘g‘risidagi fikri bilan hamohang bo‘lib, u ham risk bu 
yo‘qotishlarni ifodalaydi deb uqtirsa, ikkinchidan risk bu kutilmagan hodisa 
ekanligini ta’kidlagan. 
Lekin, «Bank risklari va kreditlash»
11
kitobi muallifi Sh.Z.Abdullayeva 
G.Panovaning yuqorida riskga berib o‘tgan ta’rifiga qo‘shilmagan va quyidagicha 
ta’kidlagan: «Bank amaliyotida risk har doim ham kutilmagan hodisa emas. Bank 
faoliyatining barcha turi risk bilan bog‘liq. Bank shu faoliyat turi yoki operatsiya 
riskli ekanligini bilib turib, shu operatsiyani amalga oshirishga qaror qiladi yoki 
amalga oshiradi va u barcha hollarda shu operatsiya natijasida yuqori daromad 
olishni rejalashtiradi. Shu sababli biz G.Panovaning bank riskiga bergan ta’rifiga 
to‘la qo‘shila olmaymiz». 
«Bank ishi» kitobi muallifi I.R.Toymuxamedov esa bank riskiga 
quyidagicha ta’rif bergan: «Risk-bu ma’lum maqsadni ko‘zlagan holda olib 
borilayotgan faoliyat natijasida bo‘lgan ishonchsizlik, ba’zan qoniqarsiz tugashi 
natijasidagi yo‘qotishlardan iboratdir. Risklar bank faoliyatida o‘lchash mumkin 
bo‘lgan ko‘rsatkichdir va ular doim bankning bajarayotgan operatsiyalaridan olgan 
zarariga, yo‘qotgan daromadiga teng bo‘ladi»
12

Ba’zi xorijiy iqtisodchi olimlarning shu sohadagi ishlari bilan tanishib, ular 
tomonidan ham bank risklarining mohiyatiga turli xil ta’rif va tasnif berilganligini 
ko‘rish mumkin.
Chet ellik olimlar risklarni ta’riflashdan ko‘ra ularning alohida olingan 
turlarini ko‘rishni afzal hisoblaydilar. Masalan, K.D.Valravenning fikricha g’arb 
mamlakatlari banklari ko‘proq likvidlik riski, kredit, portfel, sanoat, mamlakat, 
10
О.И. Лаврушин, Н.И. Валенцева Банковские риски: учебное пособие 2009
11
«Банк рисклари ва кредитлаш» Ш.З.Абдуллаева, «Молия» нашриёти 2002 йил, 88-бет. 
12
«Банк иши» И.Р.Тоймухамедов, 2005йил, 105-бет. 


12 
valyuta, foiz riskiga duchor bo‘ladilar. «Банковский менежмент» kitobi muallifi 
P.S.Rouz risklarga kengroq tushuncha berib, u bank riski oltita asosiy turdagi risk-
kredit riski, foyda ololmaslik riski, likvidlik riski, bozor riski, foiz riski, to‘lay 
olmaslik riskidan tashkil topgan bo‘lib, bu risklar bank faoliyatida juda muhim, hal 
qiluvchi risklar hisoblanadi, deydi. Bank uchun ikkinchi darajada bo‘lgan risklarga 
P.Rouz siyosiy riskni, suiste’mol riskini, valyuta riskini kiritadi. 
Bank riski – bank faoliyatiga ta’sir qiluvchi iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, 
siyosiy, texnologik ichki va tashqi omillarga bog‘liq bo‘lgan holatlar natijasida 
bank faoliyatiga xos bo‘lgan moliyaviy zararlar ko‘rish va bank likvidligi (bank 
o‘z majburiyatlarini vaqtida bajarish qobiliyati)ni to‘liq yoki qisman yo‘qotish 
xavfining mavjudligidir
13

Bank riski – deganda tijorat banklari va Markaziy bank faoliyatida moliya 
bozoridagi iqtisodiy konyukturaning o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan zarar 
ko’rish xavfi tushuniladi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda, bank riski bank faoliyatini amalga 
oshirish jarayonida bank mablag‘larining bir qismini yo‘qotish, yoki daromad 
ololmaslik sharoitida ijobiy natijaga umid qilib, bank operatsiyalarini (depozit, 
kredit, investitsiya, valyuta) o‘tkazishdir, degan ta’rif kelib chiqadi. Bunda 
birinchidan, banklarning turli operatsiyalari, xoh u resurslar jalb qilish bilan 
bog‘liq operatsiya bo‘lsin, xoh u mablag‘larni investitsiya qilish yoki kredit berish, 
yuqori daromad olish maqsadida xavfli valyuta operatsiyalarini o‘tkazish bo‘lsin – 
bankning barcha operatsiyalari uning ma’lum bir yo‘qotishlar bilan bog‘liq 
sharoitda ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ikkinchidan, bank doimo har bir 
operatsiyasi unga ijobiy natija keltirishga umid qilgan holda bir turdagi 
operatsiyani amalga oshiradi. 
Bank faoliyatida riskning yuzaga kelishi ba’zi bir salmog‘i, ta’siri, shakli 
jihatdan turlicha bo‘lgan noaniqliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Chunki bank faoliyati 
13
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga 
nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi №740 sonli nizomi 


13 
tashqi muhitga bog‘liq bo‘lib, unga ob’yektiv iqtisodiy va siyosiy jarayonlar va 
ulardagi bo‘ladigan o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatadi.
Bank faoliyatida risklarning yuzaga kelishining quyidagi sabablari mavjud: 
 bozorni yaxshi o‘rganmaslik; 
 resurslarni jalb qilish va ularni joylashtirish sohasida ma’lumotlarning 
yetarli emasligi; 
 kreditlanadigan loyiha, ob’yekt va mijozlar to‘g‘risida, ularning moliyaviy 
ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumot va axborotlarning to‘liq emasligi;
 tarmoqlar faoliyati xususiyatining inobatga olinmasligi; 
 sub’yektlar yoki mijozlarning ongi, saviyasi, mablag‘lardan foydalanish 
bo‘yicha bilimi va maqsadlarining turli xilligi va boshqalar hisoblanadi. 
Shu sababli bank risklarining iqtisodiy kategoriya sifatida ta’rifi uning 
ob’yektiv va sub’yektiv sabab va oqibatlarini o‘zida ifoda qilmog‘i lozim.
Bank faoliyatining risk bilan bog‘liq bo‘lishi xarajatlar, zararlar va 
yo‘qotishlar kabi kategoriyalarning doimiy uchrab turishini va ular bank 
amaliyotining kunlik monitoringida bo‘lishini taqozo qiladi. Banklarda xarajatlar, 
zarar yoki yo‘qotishlar o‘z-o‘zidan risk hisoblanmaydi. Bu tushunchalarning har 
biri o‘zining mohiyatiga ega. 
Bankning depozitlar, jamg‘armalar va boshqa jalb qilingan mablag‘lar 
bo‘yicha foiz to‘lash, boshqa moliya-kredit institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar 
uchun foizlar to‘lash, bank xodimlari uchun ish haqi to‘lash va boshqa operatsion 
xarajatlari bilan bog‘liq risklari quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin: 
bozor iqtisodiyotida yuz berayotgan o‘zgarishlar aholi jamg‘armalari bo‘yicha 
to‘lanadigan foiz stavkalarini oshirishda, kredit resurslarining yetarli emasligi, 
kredit resurslarini sotib olish qiymatining oshishi, bank xodimlarining ish haqi 
bilan bog‘liq xarajatlarini oshirish kabilarda o‘z ifodasini topadi. Bank 
xarajatlarining me’yordan oshishi, daromad ola olmasligi bankga zarar olib keladi.
Bankning zarar ko‘rishi bank faoliyatida uchraydigan risklarning oldini 
ololmaslik, undan qocha olmaslik natijasida yuzaga keladi. Bank faoliyatida risklar 
kelajakda amalga oshiriladigan operatsiyalarni oldindan obdan tahlil qilmaslik, 


14 
holatni yaxshi o‘rganmaslik, mablag‘larni samarali joylashtirmaslik, bozor 
imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bermaslik, bank faoliyati uchun salbiy natijalarga olib 
kelishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarni oldindan seza olmaslik tufayli yuzaga 
kelishi mumkin. Zararlarning yuqori bo‘lishi banklarda yo‘qotishlar bo‘lishiga olib 
keladi. Yo‘qotishlar esa bank foydasini kamaytiruvchi omil hisoblanib, u bank 
faoliyatining risklilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Riskning hajmi bank amalga 
oshiradigan operatsiyalarining risklilik darajasiga, bankning risk sohasidagi
strategiyasi sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Bank rahbariyatining foydani ko‘paytirishga 
intilishi ehtimoliy zararlarni imkon qadar kamaytirish bilan birga kechadi. Ushbu 
ikki maqsad bir-biriga muayyan darajada zid bo‘lib, bu bank ma’muriyati va uning 
omonatchilari 
manfaatlarining 
qarama-qarshiligi 
bilan bog‘liqdir. Bank 
ma’muriyati foydani ko‘paytirishga intiladi va qo‘shimcha foyda olish uchun risk 
qilishga tayyor turadi. Omonatchi uchun esa mablag‘larining saqlanishi va bankga 
ishonch masalasi muhimroqdir. Daromadlilik va risk o‘rtasidagi maqbul nisbatni 
saqlab turish bankni boshqarishning eng asosiy va murakkab muammolaridan 
biridir. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет