16
O‘z navbatida ularning ichida kredit riskining o‘rni va ahamiyati kuchliroq
hisoblanadi. Chunki kredit operatsiyalari bank operatsiyalarining 60-80 % ini
tashkil etadi. Bu esa bank faoliyatining ko‘pgina ko‘rsatkichlari aynan kredit
operatsiyalariga va ulardan keladigan daromadlarga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Kredit operatsiyalarini samarali amalga oshirilishini ta’minlash va ulardan
keladigan foizli daromadlarni barqarorligini ta’minlash
uchun berilayotgan va
avval berilgan kreditlarning risk ko‘rsatkichi qay darajadaligini to‘g‘ri aniqlay
olish hamda kreditning riskka uchrashi yoki uni chetlab o‘tishi va riskni boshqarish
chora-tadbirlarini amalda to‘g‘ri qo‘llay olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bularning barchasi kredit riskini baholash orqali amalga oshiriladi.
Banklar faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, ularda mavjud risklarni
minimallashtirish masalalaridan biri kredit risklari, ularning sifati va darajasini
aniqlash va tahlil qilishdan iborat.
Kredit
riski deb, qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining
bajarilmasligi ya’ni kredit summasining (qisman yoki to‘liq) va u bo‘yicha
foizlarning shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmasligi tushuniladi.
Shuning uchun kredit risklarini aniqlash va boshqarish har qanday tijorat bankning
rivojlanish va taraqqiy etish maqsadiga erishish
uchun ishlatiladigan kurash
usullarining ajralmas qismi hisoblanadi.
Kredit riski–bu bank kreditlarining o‘z vaqtida qaytmasligi hamda ularga
hisoblangan foizlarni to‘lashda yuzaga keladigan muammolarining yuzaga
kelishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 740-sonli “Tijorat banklarining
bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”
gi nizomiga ko’ra:
Kredit riski –
qarzdorning shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bank
oldidagi o‘z moliyaviy majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajara olmasligi
natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq
tavakkalchilik.
17
Markaziy bank kredit risklari bilan bog‘liq quyidagi iqtisodiy me’yorlarni
o‘rnatadi:
Достарыңызбен бөлісу: