|
Zavqlanish, shodlik va baxtiyorlikni ifodalovchi frazeologizmlar
|
бет | 13/30 | Дата | 07.08.2024 | өлшемі | 179.46 Kb. | | #503126 |
| Tillabayeva avtoreferat lotinchaБұл бет үшін навигация:
- 2.Ajablanish, taajjub, hayrat, hayron qolishni ifodalovchi frazeologizmlar
- 3. O‘kinch, xafalik, qayg‘u, ozor, hasratni ifodalovchi frazeologizmlar
- 4.Hayajon, tashvish, xavotirlik kabi ma’no ifodalaydigan frazeologizmlar
- 5. G‘azab, nafrat, qahr, jahl, achchiqlanish ma’nolarini ifodalovchi frazeologizmlar.
1.Zavqlanish, shodlik va baxtiyorlikni ifodalovchi frazeologizmlar: yuragim otliqdi, yuragim jo‘shdi, dilim hapriqip ketdi, dilimga jon kirgizdi, dilginam yorishdi kabi. Bu ko‘rinishdagi iboralar Sh.Rahmatullayevning “Frazeologizmlar izohli lug‘ati”da ham, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati (O‘TIL)”da ham aks etmagan.
2.Ajablanish, taajjub, hayrat, hayron qolishni ifodalovchi frazeologizmlar: “äη bolmāq”, “täppä –täppä jiqilmāq” kabi: Hali sani ko‘rganla täppä –täppä jiqilmāsäjdü? (“Namuna” mahallasi) Kelinni ko‘rip hama äη bolip qālli (“Yoshlik” mahallasi).
3. O‘kinch, xafalik, qayg‘u, ozor, hasratni ifodalovchi frazeologizmlar: “dillärim äbgār bolmāq”, “müstär bolib qālmāq”, “otirgän ǯojläri yānmāq”, “koηli tāb täšlämāq” va hokazo. Misollar: Balam, bu g‘amni endi qandoq ko‘taraman, otirgän ǯojlärim yānib ketāpti (“Bibixonim” mahallasi). Kallasi kaduday, ko‘zlari olus nogiron balasini yetaklab ketotkan xotunni ko‘rub, koηlim tāb täšlädü (“Botir Zokirov” mahallasi).
4.Hayajon, tashvish, xavotirlik kabi ma’no ifodalaydigan frazeologizmlar: Hududda xuddi shunday nominativ mazmunga ega “äläxān-mäläxān bolmāq”, “äläγdä bolmāq”, “qümārtqisi qürimāq” ko‘rinishdagi o‘ziga xos frazeologizmlar ham uchraydiki, bu Samarqand shahri qarluq lahjasi lisoniy imkoniyatlarining naqadar boyligidan dalolat beradi: Tushimga biyimni ko‘rdum, enni äläγdä bolüb otürüpmän (“Tazar” mahallasi). Balamni kutip qümārtqim qüriplär ketti āxi (“Yoshlik” mahallasi). Dilim äläxān-mäläxān bolāpti. Bacham kechikopti (“Qo‘shchinor” mahallasi).
5. G‘azab, nafrat, qahr, jahl, achchiqlanish ma’nolarini ifodalovchi frazeologizmlar. Samarqand shahri qarluq lahjasiga xos iboralarni tadqiq qilganimizda, xuddi shu mazmundagi iboralarning “vä’zi tütmāq”, “ärqäsi tütmāq”, “čäkkä xältä” kabi o‘zgacha shakllariga duch keldik: Dadangni vä’zi tütkān bugun, bacham (“Panjob” mahallasi). Bugun bug‘altirni ärqäsi tütgān (“So‘zangaron” mahallasi). Bu čäkkä xältä kelinimmi hech chehrasi ochilmaydu (“Toshkandi” mahallasi).
Достарыңызбен бөлісу: |
|
|