Тиллабаева Зилола Рахматиллаевна


Uy-ro‘zg‘or anjomlari leksik-semantik guruhi (LSG)



бет10/30
Дата07.08.2024
өлшемі179.46 Kb.
#503126
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Tillabayeva avtoreferat lotincha

1. Uy-ro‘zg‘or anjomlari leksik-semantik guruhi (LSG): ābčinäk (yupqa papiros qogʻozi), āftāvä (obdasta), äjnäk (koʻzoynak), ärγānčäk (argʻimchoq), belinčäk (belanchak), ālqundi (ishlatilgan sovun qoldigʻi), bāzbarräk (varrak), šamāltijäk (yelpigʻich), korpäj-u bālišt (koʻrpa-yostiq), läjli (quda tomonidan olib kelinadigan sovgʻa-salomlar; patnis) kabi.
2. Oziq-ovqatga oid LSG: konärgä (tomizg‘i), ogrā, āšiārd (ugra), āburoγän (pаlov mаsаlliqlаri), bäräk (chuchvаrа. Turlаri: pudinäbäräk, kädubäräk, goʻshbäräk, hävobäräk), mästāvä (mаstаvа), bičäk (yupqа xаmir ichigа qovoq yoki oʻt solib pishirilаdi).
3. Binokorlikka oid LSG: hävli-ǯāj (uy-joy, xonadon), bām (uyning tashqi tomondagi tepa qismi, ya’ni tom), šift/šif (uyning ich tomondan tepa qismi, ya’ni ship), čerdäk (tom bilan ship oralgʻidagi boʻshliq joy), bālāxānä (tepadagi uy, xona), dudburā (moʻri, ya’ni oshxona, pechka, oʻchoq kabilarning tutun chiqib ketadigan joyi) kabi.
4. Mehnat anjomlari LSG: ābtärāzu (qurilayotgan g’isht devorning tekisligini oʻlchash uchun ishlatiladigan mehnat anjomi), peštāb (vintni buraydigan asbob), gäčxāk (devorlarni shuvash uchun elakdan oʻtkaziladigan qum aralashtirilgan ganch), girā (iskana) va hokazo.
5. Kiyim-kechakka oid LSG: äräxčin (yupqa yozgi doʻppi), qälpāq (doʻppi), kältäčä (mursak. Aza kunlari ayollar kiyadigan maxsus ustki kiyim), tumāq (quloqli issiq qalpoq, quloqchin), nif (lippa) va boshqalar.
6. Etnografizmlarga tegishli LSG: äzākišājān (azadan chiqish uchun oʻtkaziladigan ayollar yigʻini), mä’räkä (toʻy va azalarda oʻtkaziladigan har qanday yigʻin, oʻtirish), yep-ičär (ziyofat), jirtiš (vafot etgan kishining xotirasi uchun koʻmish marosimida qatnashganlarga beriladigan bir parcha oq surp) kabi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет