Тиллабаева Зилола Рахматиллаевна


Shaxs va narsalarning xususiyat, holatini ifodalovchi LSG



бет12/30
Дата07.08.2024
өлшемі179.46 Kb.
#503126
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Tillabayeva avtoreferat lotincha

9. Shaxs va narsalarning xususiyat, holatini ifodalovchi LSG: āši-tāši (moʻl-koʻl), ālus (gʻilay koʻz), bädburuš (beoʻxshoʻv moʻylovli kishi), bozbälä (baquvvat, kuch-quvvatli erkak kishiga nisbatan ishlatiladi), gulāb (pushti rang), guppi (lofchi), zulbijā (gʻarq pishgan), mārbāz (ayyor) kabi.
10. Shaxs va narsalarning harakatini bildiruvchi LSG: häbāzi (choʻmilish, suvda suzish), āruγ bermāq (kekirish), äräx qilmāq (terlamoq), idrämāq (soʻlib, buzilib qolmoq), purs-i ǯoj (soʻrab-surishtirish. Ӓjlänäj, dāmmād täräfni äqqāl pursi- ǯoj qildiläruƞmu?) va boshqalar.
11. Uy va yovvoyi hayvonlar, hasharot nomlariga oid LSG: āxurij (boʻrdoqi qoʻylar, ya’ni qoʻlda boqiladigan semiz qoʻylar), mādä (urgʻochi), tävušqān (quyon), gosälä (buzoq), gäǯdum (chayon), pišäk (mushuk), xārpuš (tipratikan), muš (sichqon) va hokazo.
12. Ish-harakatning belgisini bildiruvchi LSG: ändäk (biroz), ändäktär (sal keyinroq), (yana. Mehmānǯānla, bā jana kelinglä.), ba:d, soγun, bä:däz (keyin), dukkäsä (ikkovlashib), lāhäs (betoqat), nāxās, nāxāstdän (kutilmaganda) kabi.
13. Meva va sabzavot nomlariga oid LSG: āškädu (ovqatlarga solinadigan qovoq), äläfi (oq joʻxori koʻkpoyasi, don solmaydi, mollar uchun yemish sifatida ekiladi), bājimǯān (baqlajon), qāräqärāqči (qora uzum turi), zāmičä (handalak), zārdālu (oʻrik. Turlari: γoluƞi zārdālu)va hokazo.
14. Kasallik nomlariga xos LSG: tumāq (tumov), qučänāq (chaqaloqlarda dastlabki oylarda kuzatiladigan kuchanishga oʻxshash holat), quyänčiq (epilepsiya kasalligi), näzlä (burun yoʻllarida kuzatiladigan kasalik), gomiǯǯä (koʻzga chiqadigan teskan kasalligi), γurri (zob) kabi.
Demak, oʻzbek dialektologiyasi fanida soʻzlarni leksik-semantik guruhlarga boʻlib oʻrganish oʻzbek tili va shevalar boʻyicha leksik birliklarning barchasini toʻplab, qiyosiy-tarixiy va etimologik jihatdan tadqiq etish ikki tilli hamda shevalar izohli lugʻatlaridagi chalkashliklarning bartaraf etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu bobning “Leksik birliklarning shakl va ma’no munosabatiga koʻra turlari” deb atalgan uchinchi faslida hudud shevalaridagi soʻzlar omonimiya, sinonimiya, antonimiya, paronimiya hodisalari boʻyicha tahlil qilingan.
Leksik omonimlar shevalarda bir so‘zning turli xil ma’nolarni anglatishi asosida yuzaga keladi. Masalan, qars so‘zi Samarqand shahri qarluq lahjasida ikki ma’noda qo‘llaniladi. Biri taqlidiy so‘z hisoblanib, narsalarning bir-biriga qattiq urilishidan, sinishidan va shu kabi holatlardan hosil bo‘ladigan tovushlarni anglatadi: Hävlidä nimädur qärs etti. Ikkinchi ma’nosi keksa xotinlar o‘raydigan yupqa oq matodan qilingan ro‘mol. Bu so‘z, shuningdek, Jizzax shevalarida ham xuddi shu mazmunda ishlatiladi: Fātjäxānigä qärsiƞni oräb či:q.
Samarqand shahri qarluq lahjasida ma’nodoshlikning yuzaga kelishi, asosan, boshqa tillardan yoki shevalardan so‘z qabul qilish orqali yuzaga kelganligini alohida ta’kidlash lozim. So‘z o‘zlashtirish tojikcha, arabcha hamda rus-Yevropa leksik birliklaridan lug‘aviy qatlamning boyligini kuzatish mumkin. Bunday oʻzlashmalar shevalarda mavjud boʻlgan ayrim soʻzlarga sinonim boʻla oladi. Xususan, rus tilidan oʻzlashgan doktor, vrach soʻzlari Samarqand shahri qarluq lahjasida duxtur, viräč; stolovoya istälävāj, āšxānä; taksist soʻzi šāfir, täksiči tarzida sinonimik qatorni tashkil qiladi.
Sifat antonimlar: gäräƞ-bälā, xorā-chimxor, āsān-qijind, pājgäk-tor, ixčämäkäk-besonäqäj, tāzä/ āzādä-i:sliqi, kälān-u gärān-xurdi; ad.orf. garang-balo/ ustomon, xoʻra-chimxoʻr, oson-qiyin, poygaak-toʻr, ixcham-besoʻnaqay, top-toza- isqirt/kir, katta-kichik.
Ravish antonimlar: piči-mol, ästä-tez, därün-berün, sähär märdān-kečqürün, beixtijār-ǯorttäbä; ad.orf. kam-koʻp, asta-tez, ichkari-tashqari, tong-kechqurun, beixtiyor- joʻrttaga.
Paronimlar: doqqi− notekis yoki tekis boʻlmagan sirtga ega; silliq yoki tekis emas ma’nosiga ega sifat turkumiga mansub soʻz. Hoqqi− muomalasi qoʻpol, zardali, beandisha boʻlgan kishi.
Olus− koʻzlari ikki chetga siljib qoladigan gʻilay koʻz. Olis− oraliq masofasi katta, nisbatan narida joylashgan uzoq masofani anglatadi.
Tilning omonimiya, sinonimiya, antonimiya, polisemiya kabi munosabatdosh leksik-semantik guruhga kiruvchi paronimiya hodisasi oʻzbek tilining, shevashunosligining milliy xususiyati va ontologik tabiatini oʻzida namoyon qiluvchi hodisa sifatida ahamiyatli.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Samarqand shahri qarluq lahjasida qoʻllaniluvchi frazeologizmlarning xususiyatlari” deb nomlanadi.
Shevaga xos frazeologizmlarning lugʻaviy tarkibi” deb nomlanuvchi uchinchi bobning birinchi boʻlimida jahon va oʻzbek tilshinosligida yaratilgan tadqiqotlarga toʻxtalib, Samarqand shahri aholisi nutqida uchrovchi frazeologizmlarni yoritib berganmiz.
Frazeologik iboralarning leksik sostavini oʻrganishda ular tarkibidagi komponentlarning doimiy qoʻllanishi (bir yoki bir necha shevalarda), ma’no jihatdan turgʻunligi kabi xususiyatlar hisobga olinishi lozim. Frazeologik iboralarni leksik xususiyatlariga koʻra: 1) komponentlari oʻzbek adabiy tilida aktiv qoʻllanuvchi soʻzlardan tashkil topgan; 2) komponentlari tor doirada (ma’lum dialekt va shevalardagina) qoʻllanuvchi gruppalarga boʻlish mumkin39.
Birinchi guruhga oid iboralar keng miqyosda qoʻllanilib, ular deyarli hamma shevalarda, adabiy tilda ishlatiladi. Tabiiyki, dialektlarda ular fonetik, grammatik xususiyatlariga koʻra farqlanadi. Jumladan, bunday soʻzlarning tovush tarkibi turli xil fonetik oʻzgarishlarga uchraydi:
n>m ämmämi buzāγi, da>ga bāšigä γänγāq čäqmāq, su(v)gä tušgän pišäkdäk, koƞlidä čirki joq va hokazo.
Ikkinchi guruhga mansub frazeologik iboralarning komponentlari tor doirada tarkibiga kiruvchi birliklar sanalib, adabiy tilda qoʻllanilmaydi. Ular ma’lum bir sheva doirasidagina qoʻllanilib, oʻz mustaqil ma’nolarni yoʻqotib, koʻchma mazmunga ega boʻlib, ibora tarkibida yonidagi soʻzlar bilan birga yaxlit bir mazmun kasb etadi: ävāzaj-u därvāzä qilmāq (hamma yoqqa ovoza qilmoq), äle-bäle qilib yurmoq (murosa qila olmoq), är-är qilmāq (urushmoq), mijämni giǯ qimä (boʻlar-boʻlmas gaplarni gapirib boshimni ogʻritma), simjān silliq (oʻta oriq kishilarga nisbatan qoʻllaniladi), ittigäjäm-pittigäjäm arāzlämāq (boʻlar-boʻlmas narsalarga arazlamoq) va hokazo.
Hududga xos dialektal iboralarning xususiyatlari” deb nomlanuvchi uchinchi bobning ikkinchi boʻlimida Samarqand shahri qarluq lahjasiga xos nutq jarayonlarida uchrovchi frazeologizmlarning oʻziga xos jihatlari va mazmunlari 9 ta mavzuiy-semantik guruhlarga bo‘lib misollar yordamida yoritilgan. To‘plangan materiallar tahlili tadqiqot obyekti bo‘lgan Samarqand shahri qarluq lahjasiga xos nutq jarayonlarida uchrovchi frazeologizmlarni quyidagi mavzuiy-semantik guruhlarga bo‘lib o‘rganish mumkinligini ko‘rsatdi:


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет