«xxi ғасырдағЫ Ғылым және білім»


Yoshlik –zangor fasl kechdi, sargaydi



Pdf көрінісі
бет12/169
Дата28.03.2023
өлшемі4.46 Mb.
#471286
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169
thesis141891

Yoshlik –zangor fasl kechdi, sargaydi, 
To‘kildi u – shavqat bilmas, bargrezon. 
Qora sovuqlarga otib yubordi, 
Shamollar poyida sinmoqda xazon, 
Yoshlik –zangor fasl kechdi, sargaydi. 
Asarda roman voqealarini harakatga keltiruvchi obraz komissar obrazi kiritiladi.
Komissar obrazi orqali adib o‘ttizinchi yillar qatag‘onlarining butun dahshatini , 
urush davri va urushdan keyingi qatag‘onlarning mohiyatini ochib beradi. Aytish 
kerakki, Kamissar yig‘ma obraz Mustabid tuzumning alg‘ov – dalg‘ov yillarida davr 
talato‘plaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalangan qabih kimsalar, mustabid 
tuzumnining hukmronlik yillarida shakllantirilgan partiyaning “chast berib turuvchi 
sodiq askarlari” ( Abdulla Qahhor), shuningdek , dohiyning har bir gapini partiyaning 
yo‘lini eng to‘g’ri yo‘l deb biluvchi chekistlarning tipik vakili . Kamissar SSSR ning 
timsoli bu narsa muallifning kamissarga bergan tarifida ham o‘z aksini topadi. Mana 
o‘sha tarif: “G‘aniyev Soat G‘aniyevich 75 yoshda. Ittifoq miqiyosaidagi pentsioner 
millati – yo‘q . So‘qqa bosh. Avval sudlanmagan”. [3,b.24] Endi sobiq ittifoqning 
holatiga ham razm solamiz. SSSR davlati ham qariyb yetmish besh yil umr ko‘rdi. Bu 
davlatning ham millati yo‘q. Millatchilar uning dushmani. Sobiq ittifoq ham xuddi 
komissar kabi yoshligida odamlarning yuragiga qo‘rquv, oyog‘iga titiroq, qo‘liga 
kishan soldi. O‘z tarixining yemirilish pallasiga kelganda xuddi Komissardek ora 
yo‘lda so‘qqabosh, ichdan chirigan holga kelib qoldi. Asardagi Komissar, Soat 
G‘aniyev necha minglab halol odamlar dilini jarohatlab, qanchasining yostig‘ini 
quritgan. Bu kimsaning fojeasi o‘zi olib borayotgan qora ishlarni haq deb 
bilganligidadir . Bu obraz haqida adabiyotshunos U.Normatov shunday yozadi: « 
Komissar – mustabid tuzumning hukmron mafkuraning qilich va qalqoni, tuzum 
yetishtirgan siyosiy hushyorlik yovuzlik, shafqatsizlik timsol”. Yozuvchi bu 
qahramoning yoshlik paytlaridagi noqobil ishlarini shunday ko‘rsatib beradiki, 
xalqimiz boshiga tushgan kulfatlar va shu kulfatlarni battar og‘irlashtirgan o‘z 
ichimizda chiqqan manqurtlar ekanligiga o‘quvchining ishonchi komil bo‘ladi. Soat 
G‘aniyev otasining izidan borib, otasining inqilobioy faoliyatini ko‘rib ulg‘aygan va 
“o‘n besh yoshidanoq komissar bo‘lgan”. U o‘sha kezlardayoq qo‘shnisining devori 
nima uchun o‘zlarinikidan balandligini so‘raydi. Otasi qo‘shnisi eshonning sinfiy 
dushmanligini, sirlarini odamlardan yashirmoq uchun devori baland ekanligini aytadi. 
Soatning tafakkuri birinchi qadamlardayoq ana shunday egri yo‘ldan ketadi. Asta-
sekin o‘z tamoyillarini ishlab chiqadi. U hammaga dushman ko‘zi bilan qaraydi,
hammadan gumonsirashni o‘zining oliy burchi deb biladi. “Yuz foiz hammadan hatto 
o‘zining xotinidan, bolasidan gumon qilmagan kishidan haqiqiy chekist chiqmaydi.” 
Bu uning hayotdagi amoli. 
Bu obraz orqali yozuvchi e’tiqodsiz, imonsiz kishi, faravonlikka, baxt –saodatga 


36 
erishishning yakka–yu yagona yo‘li sotqinlik, josuslik deb bilishini 
aniq hayotiy lavhalarda ko‘rsatadi. Sotqinlik dardiga girifdor bo‘lgan bunday 
kimsalar pul berilsa bas, hamma narsani, hatto padari buzrukvori-yu, oq sut 
bergan onasidan ham tonadi. E’zozlaydigan, sajda qiladigan g‘oyasining bo‘lmasligi 
insonni oddiy ijrochiga aylantirib qo‘yadi. Komissarning falsafasi 
quyidagicha: “Ofitser deganning bitta-yu bitta huquqi bor: u ham bo‘lsa 
buyruqni bajarish!”. 
Olloh shunday saxovatliki, bosh egib xatosini tushungan bandalarini kechiradi. 
Lekin dunyoda shunday insonlar borki, o‘z xatosini anglay olmaydi va ollohning 
kechirishlik muruvvatiga Musharraf bo‘lmaydi. Soat G‘aniyev ham shunday 
insonlardan biridir. U ham yaxshi inson bo‘lishi mumkin edi. Komissarni bu holatga 
tushishiga o‘sha davr tuzumi, jamiyati aybdor ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Hech kim 
dunyoga jinoyatchi yoki olim bo‘lib kelmaganiday, Komissar ham yoshligida 
beg‘ubor bir bola edi. Keyingi hayoti davomida esa, onasining yolvorishiga 
qaramasdan, otasining yo‘lini tutadi. Ammo umrining oxirida o‘zining qilgan 
“savobli ishlari” uchun mukofotini oldi. Muallif: “Oxir oqibatda bunday sotqin 
qonxo‘r kishilar xalqning, yurtning nafratiga uchraydigan, odamlarning yuziga tik 
qarolmaydilar, to‘y-hashamlarga kela olmaydilar, ular tirik murdaga aylanib 
qoladilar”,- degan g‘oyani ilgari suradi. Soat G‘aniyevning e’tiqodsizligi shu 
darajadaki, u hatto musulmon olamining muqaddas sanalmish “Qur’oni Karim”ni 
topib olib burda-burda qilib tashlaydi. Raxbarlik Kamissar uchun, dushmanlardan 
qasos olish quroli, u o‘z xohlagan ishini qiladi. Lekin u o‘zining asl basharasi 
ochilayotganidan bexabar. Islom Karimov aytganlaridek: “Dunyoda inson irodasini 
sinaydigan vositalar ko‘p. Ammo ularning birontasi ham amal, lavozim, mansab kabi 
odamlarning kimligini, asl basharasini yaqqol ochib berolmaydi. [2, b. 62] 
Qurbonoy xola- Qurbonoy xola obrazi ham asar badiiy to‘qimasida yetakchi 
o‘rin tutadi. U oddiygina farrosh bo‘lsa-da, o‘z oilasini halol mehnat bilan topgan 
mablag‘ hisobiga tebratar, ba’zan esa mashaqqatli hayot qurboniga aylanganligini 
o‘zi ham sezardi. Asar boshidan qismatning achchiq zarbasiga uchraydi. Ota-
onasidan erta yetim qoladi. Keying hayoti ham silliq kechmaydi. Bir so‘z bilan 
aytganda taqdirning zarbalari oldida o‘zini hayotini qurbon qiladi. . Ismi jismiga 
monand obrazda o‘zbek ayoliga xos xususiyatlar mujassam. 
Ko‘rinadiki, O‘tkir Hoshimov ham biror voqeani tasvirlashi uchun ,albatta, 
o‘sha voqeada o‘zi bevosita ishtirok etishi shart emasligini ta’kidlaydi. Bu o‘rinda 
tasavvur ishga tushadi, so‘ng qalamga olinayotgan voqeani o‘qib o‘rganish 
yozuvchiga quvvat beradi. Adibning kuchi uning hayolotida, mantiqiy fikrlashida va 
syujet yo‘nalishini hayot haqiqati asosida olib borishdadir. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет