«xxi ғасырдағЫ Ғылым және білім»


Foydalanilgan adabiyotlar



Pdf көрінісі
бет11/169
Дата28.03.2023
өлшемі4.46 Mb.
#471286
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169
thesis141891

 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1. 
Abdullayev Y. Hamrohim. - Toshkent: O`qituvchi , 1996 yil.  
2. 
bdullayеva Q. va boshqalar. Savod o`rgatish darslari. -T.:O`qituvchi , 
2012 y.  
3. 
Fuzailov 
S., 
Xudoyberganova 
M. 
Ona 
tili. 
3-sinf 
darsligi. 
Toshkent:O`qituvchi , 2017 y 


34 
VOXIDOVA M.A. 
(O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI) 
O‘ZBEK ADABIYOTIDA YANGICHA SALBIY QAHRAMON 
Roman epik hodisa bo‘lgani holda undagi biz uchun eng muhim jihatlardan biri 
subyektiv ibtido (ya’ni, asarda tasvirlangan narsaning o‘zigina emas )dir desak, 
yanglishmagan bo‘lamiz. Zero, roman ijodkor tomonidan ko‘rilgan, idrok 
etilgan va qayta yaratilgan borliqdirki, unda muallifning o‘zi yashagan yoki asarda 
aks ettirilgan davr (jamiyat va inson)ni qanday tushungani-yu baholagani – dunyo-yu 
davr konsepsiyasi o‘z ifodasini topadi. Klassik tushunchadagi roman ijtimoiy-
shaxsiy ehtiyoj mahsulidir. Bu ehtiyoj esa ijodkor shaxsning jamiyat bilan 
ziddiyatidan yuzaga keladi, ya’ni roman o‘z hayot yo‘lida chigal muammolarga duch 
kelgan ijodkorning "ziddiyatli holatni adabiy yo‘l bilan yechishga urinishi"dir. 
[4,b.168-169] 
“Tushda kechgan umrlar” sujetiga nazar tashlasak, asar boshlanishidanoq
tugundan boshlanadi, ya’ni roman voqealari Rustamning oxirgi kundaligidan 
boshlanib, asta sekin Qurbonoy xolaning har kungi yumushlariga o‘z o‘rnini 
bo‘shatib beradi. Romanning asosiy voqealari to‘rt oy ichida bo‘lib o‘tadi. Ya’ni 
Rustamning vafotidan uning o‘limi haqidagi ish yopilguncha. Qistirma epizodlarda 
romanning asosiy voqealariga qahramonlarning kundaligi , xotiralari , xatti –
harakatlari , o‘y –fikrlari , estaliklari tarzida mohirlik bilan singdirib yuboriladi. Bosh
qahramon Rustamning fojeaviy qismati orqali Afg‘on urushining ma’nosiz
mohiyatini, te’ran va ta’sirchanligini anglab yetamiz. Asar strukturasidagi har 
qaysi obrazning muayyan roli bo‘ladi. Zero, dunyo obrazi shu katta-kichik obrazlar 
tashkil qilayotgan butunlikdir. “Tushda kechgan umrlar”dagi obrazlar tizimining 
tashkillanishini, bizningcha, Quyosh sistemasiga mengzagan holda tushunishimiz 
qulayroq ko‘rinadi. Quyosh sistemasi markazida Quyoshning o‘zi turishi hamda o‘z 
atrofidagi sayyoralar-u ularning tegrasidagi yo‘ldoshlarining joylashishi-yu 
harakatini belgilashi bizga ma’lum. Shunga o‘xshash, romandagi obrazlar tizimi 
markazida ham dunyo haqida o‘zida muayyan konsepsiyani hosil qilish va uni 
ifodalashga intilayotgan shaxs – muallif turadi. 
Roman yaratilgandan keyingi aks-sadoni adabiyotshunos olim Matyoqub 
Qo‘shjonov shunday bayon etadi: “Romon katta shovshuvga sabab bo‘ldi”. ”Nahotki 
bu sirli muammoni ochiqdan- ochiq bayon qilish mumkin bo‘lsa”,- deb o‘yladilar 
ba’zilar. O‘. Hoshimovning qismati endi qay yo‘sinda borar ekan, deguvchilar ham 
bo‘ldi. Bugun shu narsa aniq bo‘lyapdiki, “Tushda kechgan umrlar” romanining 
yaratilishi faqat O‘ Hoshimovning emas, balki kitobxon, adabiyot qolaversa, umum 
ijodkorlar yutug‘i ekan. 
Roman bosh qahramoni Rustam oliygoh talabasi, sovuq urush tufayli yuzaga 
kelgan Afg‘on urushi qatnashchisi, ayni chog‘da jabrlanuvchisi. U afg‘on urushidan 
majruh bo‘lib uyiga qaytadi. Yozuvchi Rustamning kundaliklari orqali afg‘on urushi 
janggohlarini tasvirlar ekan, bu ma’nisiz urushning mohiyatini mohirlik bilan ochadi. 
Urushdan qaytgan Rustam, o‘z hayotini izga tushirishga urinadi. Taassufki, 
Rustamning hayoti endi o‘nglanmaydi. U tirik o‘likka aylangan 


35 
edi. Bunday holatda, ruhiy azoblardan o‘lib quritishdan boshqa chora 
qolmagandek go‘yo. Rustam - mard, olijanob, xalqning g‘am tashvishi bilan yonib 
yashaydigan inson. U otasining raisligidan foydalanib urushdan qolsa ham bo‘lardi, 
ammo u bu imkoniyatdan foydalanmay, o‘z xohishi bilan urushga borishga qaror 
qiladi. Urushning mashaqqatli bo‘ronlari, to‘fonlari ostidan tirik qaytgan bo‘lsada, 
Rustam hayot po‘rtanalari ichida bir xas kabi yo‘qoldi. Zero, Rauf Parfi aytganidek: 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет