«xxi ғасырдағЫ Ғылым және білім»



Pdf көрінісі
бет10/169
Дата28.03.2023
өлшемі4.46 Mb.
#471286
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169
thesis141891

REFERENCES: 
1. 
Brown. H. Douglas. Teaching by principles an interactive approach to 
language pedagogy. – Longman, Pearson Education. 1982. P. 223-491.
2. 
Budden, Joanna. “Role play”, British Council. 2004. P. 23-96.
3. 
Byram Michael. Encyclopaedia of Language Teaching and Learning. 
London: Routledge, 2000. P. 356-736.
4. 
Byram Michael. Teaching and Assessing Intercultural Communicative 
Competence. Clevedon,: Multilingual Matters Ltd. 1997. P. 68-136. 


29 
UMIROVA M.T. 
(SIRDARYA, UZBEKISTAN) 
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA SAVOD O`RGATISH 
JARAYONIDA UNLI VA UNDOSH TOVUSHLARNI TO`G`RI TALAFFUZ 
QILISH VA O`QISHGA O’RGATISH USULLARI 
 
Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarni unli va undosh tovushlarni to`g`ri 
talaffuz qilish va o`qishga o’rgatish usullari Ma'lumki, savod o’rgatish jarayonidagi 
o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, 
ularning to’g’ri talaffuzini o’rgatish orqali bolalarda to’g’ri, ongli, ifodali o’qish 
ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o’quvchilar lug’atini boyitish, 
bog’lanishli nutqini o’stirish, bilimini boyitish, tafakkurini shakllantirish, eshitish, 
qabul qilish sezgisini o’stirishda ham bu davr mas'uliyatliligi bilan alohida o’rin 
tutadi. Tayyorgarlik davri o’qishga o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. O’qishga 
o’rgatish uchun, avvalo, o’quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. 
Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g’indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya 
qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo’nalishda amalga oshirilishi mumkin:
1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog’lanishli hikoya 
tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so’ng kerakli so’z ajratib olinadi, so’ngra so’z ustida 
yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.
2. So’z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o’rganiladigan tovush ajratib 
olinadi. Masalan: oy. O’qituvchi oy rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning nomini - 
so’zni aytadi. O’qituvchi o tovushini cho’zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni 
cho’zib aytayotganini o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar o tovushini aytgach, 
uning xususiyalari haqida savol-javob o’tkaziladi. O tovushli so’zlar o’ylab 
toptiriladi. Shundan so’ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko’rsatiladi. 
Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e'tibor qaratiladi.
3. O’rganilgan harflar ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib qo’yiladi, 
bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf 
ifodalaydigan tovushni aytadi. O’quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu 
harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko’rsatadilar. 
Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish ustida ishlanadi. 
O’qishga o’rgatishda bo’g’in asos qilib olinadi. Buning uchun o’qituvchida bo’g’in 
jadvali bo’lishi lozim.
Bo’g’in jadvali asosida o’qish namunasi ko’rsatiladi, ya'ni harflab emas, ichida, 
birinchi harfni ko’z bilan ko’rib, uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko’rish va 
ikkalasini bog’lab, unlini mo’ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo’g’in o’qish 
o’qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. 
Bunda “Alifbe” sahifalaridagi so’zlarni oldin bo’g’inga bo’lish, so’ng o’qishni mashq 
qilish yaxshi samara beradi.
O’qituvchining namunali o’qishidan so’ng birgalikda ovoz chiqarib o’qish, 
yakka-yakka o’qish, shivirlab o’qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o’qiydigan 
o’quvchilar bo’lgan sinflarda xo`r bilan o’qitish o’qishni tezlashtirishga yordam 
beradi. Sinf o’quvchilarining o’qish ko’nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so’zlarni 


30 
xattaxtada bo’g’inlarga bo’lib yozish, o’rganilgan harflarni hisobga olgan holda 
qo’shimcha so’z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o’qitish usulidan ham 
foydalaniladi. Ma'lumki, “Alifbe” sahifalarida bo’g’in tuzilishi murakkablashib 
boradi. Shuning uchun o’qituvchi har bir bo’g’in tuzilishining murakkabligiga qarab 
ish usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to’rt tovushdan 
tuzilgan bo’g’inlarni o’qishga o’rgatish ham o’ziga xos qiyinchiliklarni keltirib 
chiqaradi. Bunda o-lov, Man-non tipidagi bo’g’inlarda o-lo:v, Ma:n-no:n tarzidagi 
qo’shimcha chiziqdan, bodring, do’st tipidagi bo’g’inlarda bo:d-ri:ng, to’:r:t tarzidagi 
qo’shimcha chiziqlardan foydalaniladi.
So’zlarni o’qishga o’rgatishda bilib o’qitishdan tashqari jadvallar ham yaxshi 
samara beradi: - Ki tob lar
Umuman olganda, har bir o’qish darsida, albatta, bo’g’in tuzilishi murakkab 
bo’lgan so’zlarni o’qish mashqi o’tkazilishi lozim. Bu usul o’quvchilarda o’qish 
malakasining takomillashuviga yordam beradi. O’qishga o’rgatishda so’zlarni va 
gaplarni to’ldirib o’qish ko’nikmalarini hosil qilish o’quvchini gap tuzishga, tez 
fikrlashga yo’naltiradi. O`quvchi tushirib qoldirilgan harf va so’zni rasmga qarab 
topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e'tibor beradi, o’rtoqlariga 
nisbatan tez topib, o’qituvchining raxmatiga sazovor bo’lishga intiladi.
“Alifbe” darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. O’quvchilar 
shularga mos ohang tanlashni, to’xtam (pauza) qilish o’rinlarini belgilab olishi zarur. 
Bunda ham o’qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini izohlashi) 
va ifodali o’qish namunasini ko’rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o’qilgan 
matngina tushunarli tuziladi. Har bir predmetda bo’lgani kabi o’qish darslarida ham 
ta'lim-tarbiya birligiga e'tibor beriladi. O’qish darslarida tarbiya o’qilgan matnning 
ongli o’zlashtirilishiga bog’liq.
Birinchidan, o’quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, 
o’zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi.
Ikkinchidan, yaxshi inson bo’lish uchun o’qishning zarurligini anglaydi. 
Shuning uchun ongli o’qishni ta'minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli 
rasmlar o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga 
diqqatni qaratish lozim. Bunda quyidagicha savol va topshiriqlardan foydalanish 
mumkin:
1. Rasmni kuzating, matnda nima haqida gap boradi?
2. Rasmda nima tasvirlangan? Ular orasida bog’lanish bormi?
3. Matn mazmunini rasmga qarab so’zlab bering.
4. Bolalar qayerga bordilar? Qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi?
5. Ali, Lola nima qildi? Ular qanday lolalar terdilar?
Demak, o’qish o’qilganlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim, 
shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g’oya o’quvchilar tomonidan 
o’zlashtiriladi, so’z va matnlar yod olingan taqdirda ham o’quvchiniki bo’lib qoladi. 
Savod o’rgatishning birinchi kunlaridanoq o’qish ongli bo’lishi, bolalarni ongli 
o’qishga o’rgatish juda muhim. So’roqlar yordamida o’qilganlarni bola qanday 
tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O’qishdan oldin o’tkazilgan tayyorlov suhbati 
ham, o’qilgan matn yuzasidan o’tkazilgan suhbat ham shu maqsadga ongli o’qishga 
xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o’qishni talab qiladigan 


31 
muammoli holatni yaratish ham zarur. Bunday holat “Alifbe”dan yoki harf terish 
matosidan o’qiladigan topishmoqdan foydalanib yoki muammoli savolni keltirib 
chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida hosil qilinishi mumkin. Masalan, “qishda 
qushlar qayerga uchib ketadilar?” (harf terish matosida: “Issiq o’lkalarga uchib 
ketadilar”). Mana shu kabi tayyorlov mashg`ulotlari o’qishning yuqori darajada ongli 
bo’lishini ta'minlaydi.
Ongli o’qishni ifodali o’qishdan ajratib bo’lmaydi. Ammo analitik o’qishning 
birinchi bosqichida ifodali o’qish mumkin emas, chunki bolalar so’zda urg’uli 
bo’g’inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so’roq ohanggini, hatto, 
orfoepik to’g’ri o’qishni ham bilmaydilar. Shuning uchun analitik o’qish bosqichida 
so’zni yaxlit, orfoepik qayta o’qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o’qish to’g’ri 
intonatsiyaga, ifodalilikka rioya qilib o’qishga o’rgatibgina qolmay, o’qishning ongli 
bo’lishiga ham yordam beradi.
Savod o’rgatishning birinchi darslaridayoq o’quvchilarga tabaqalashtirib 
(differentsial) yondashish (bunda o’quvchilarning o’qishga tayyorgarliklaridagi 
fikrlar hisobga olinadi) amalga oshiriladi. O’qishning ongliligini va ta'sirchanligini 
ta'minlash uchun matn mazmunini o’quvchilarning ko’rgan-kechirganlari, 
taassurotlari bilan bog’lash lozim. Shunda o’quvchida o’qishga, o’rganishga qiziqish 
ortadi. Ongli o’zlashtirishni amalga oshirishda lug’at ustida ishlash ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. So’zlarning ma'nosi ustida to’xtalish, birinchidan, fikrni 
oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan matnni tushunishga ham yordam beradi. She'r, tez 
aytish, topishmoq, qo’shiq, maqol, hikmatli so’zlardan o’qitish, yod oldirish ham 
o’quvchilarning o’qishga qiziqishini oshiradi, o’qish malakasini shakllantiradi, 
xotirasini mustahkamlaydi.
Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarining uchdan ikki qismi o’qishni mashq 
qilishga ajratilishi lozim. Yangi material o’rganiladigan o’qish darsida asosiy ish 
turlari quyi - dagilardir:
1. O’rganiladigan yangi tovushli so’zni (shu tovush so’z boshida, o’rtasida, 
oxirida kelgan so’zni) bo’g’in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Bunda 
yangi tovush ajratiladigan so’zni o’quvchilar rasm asosida o’zlari tuzgan gaplar 
ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu so’zning chizmasi-modeliga asoslanadilar. 
Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, ularning artikulyatsiyasi (nutq organlarining 
tovush chiqarishdagi ishi) ustida mashq qilinadi.
2. Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo’g’inlar o’qitiladi.
3. So’zlarni avval xattaxtadan, keyin “Alifbe”dan o’qish. Harf bo’g’inlaridan 
harf terish kartonida so’z, so’z birikmasi, gap tuzish va ularni o’qish, so’z ma'nosi 
ustida ishlash.
4. Matnni o’qish va tahlil qilish, uni qayta o’qish, rasmning matnga bog’liqligini 
belgilash.
5. Nutq o’stirish: Lug’atni boyitish, so’z birikmasi, gap, bog’lanishli hikoya 
tuzish.
6. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo’yish, yangi o’rganilgan tovushning 
unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari o’rganilganlar bilan 
qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo.


32 
7. O’rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovush ajratiladi, yangi harf 
bilan tanishtirish mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek, 
qo’shimcha so’zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o’qish va tahlil qilishga, 
ko’rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, sirli mato, 
rasmlar va boshq.) nutq o’stirishga, o’yinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari 
o’rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat 
beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
8. Birinchi uchragan so’zlar bilan ishlash: ochiq bo’g’inda dastlab undosh, keyin 
esa unli o’qiladi, yopiq bo’g’inda esa unli bilan tugagan ochiq bo’g’inni o’qib, 
keyingi undosh o’qiladi va so’zni yaxlit o’qishga o’rgatiladi. Yangi so’z urg’usi 
qo’yilgan holda beriladi, bu uni o’qishga, bo’g’inlab o’qishdek sintetik o’qishga 
(so’zni butunligicha o’qishga) yordam beradi. Bunda yangi so’zni xattaxtada katta 
bosma harflar bilan yozish, o’quvchilarga o’qitish tavsiya qilinadi. So’z shivirlash 
bilan o’qiladi, kesma harf bo’g’in bilan yoziladi.
9. Syujetli (rasmning asosiy mazmunini aks ettiradigan) rasmga qarab o’qituvchi 
yordamida, uning yo’llovchi savollari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va 
analiz qilish. Yangi bo’g’in, so’z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli 
mato kabilarning va yangi so’zni xattaxtada va daftarda “yasash”ning ahamiyati juda 
katta.
O’qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko’p bo’lsa, ulardan 
turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o’qish shunchalik ongli, qiziqarli bo’ladi, 
malaka puxta shakllantiriladi. Bola endigina o’qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni 
yo’qotmaslikka, shuningdek, so’zdagi keyingi harfni, keyingi so’zni yo’qotmaslikka 
o’rgatish juda muhimdir. Bu vazifani savod o’rgatishning boshlang’ich bosqichida 
xatcho’p (o’qiyotgan betni belgilab qo’yish uchun kitob ichiga solib qo’yiladigan 
qog’oz yoki lentacha) va tayoqcha bajaradi.
O’qilayotgan qatorni kuzatib borish ko’nikmasiga sinf o’quvchilaridan 
o’rtog’ining xatosini to’g’rilashni talab qilish yo’li bilan ham erishiladi. O’quvchilar 
bu talabni qiziqib bajaradilar, shu yo’l bilan ularning darsga, o’qishga e'tibori jalb 
etiladi. Sintez mashqlari o’quvchilarning o’qish ko’nikmalarini shakllantirishga katta 
yordam beradi.Sintez mashqlari quyidagicha tashkil etiladi:
1. Tovush tomonidan analiz qilingan so’zni yoki bo’g’inni talaffuz qilish va uni 
kesma harfdan tuzish (yozish); shu so’z yoki bo’g’inni o’qish.
2. O’rganilgan undosh yoki unli bilan (na, ni, no; la, lo, li; ay, uy, oy, ...) bo’g’in 
jadvalini tuzish; bo’g’in jadvalini kitobdan yoki matndan o’qish; kesma harflardan 
bo’g’in jadvalini tuzish.
3. Bola-lola-tola, boy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh 
harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish kabi bir unli harf bilan 
farqlanadigan so’zlarni o’qish (bunday so’zlarni o’quvchilarning o’zlari topib 
o’qishlari mumkin).
4. So’zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib o’qish: 
ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o’roq-so’roq; ol-xol, sol; savasavat; son-
oson; ayiq-qayiq; olti-oltin.
5. So’z o’rtasiga harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib o’qish: ko’mak-ko’lmak, 
zirak-ziyrak, tana-tashna, sila-siyla kabi.


33 
6. Bo’g’inlarni almashtirib yangi so’z hosil qilish va o’qish: Gulnor-Norgul, 
asil-sila kabi.
7. Tovushlarning o’rnini almashtirib yangi so’zni hosil qilish va o’qish: somon-
osmon, tilak-kalit, qo’y- yo’q.
8. Tovushni yoki bo’g’inni tushirib qoldirib, yangi so’z hosil qilish va o’qish: 
anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog’la-bola.
9. Bo’g’in qo’shib yangi so’z hosil qilish va o’qish: bog’-bog’bon, gulgulzor, 
paxta-paxtakor.
Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlashni harf ustida ishlash bilan 
birga qo’shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo’lib, darsda yarim 
o’yin holatini vujudga keltirishga imkon yaratadi. Diktsiya ustida ishlash ham 
o’quvchilarning o’qish ko’nikmalarini egallashlarida muhimdir. Diktsiya ustida 
ishlash o’quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor bo’lishiga erishishdir. U 
savod o’rgatish uchun ham, ifodali o’qish, orfoepik va orfografik malakani, 
xushovozlik ko’nikmasini o’stirish uchun ham juda muhimdir. Yaxshi diktsiya 
tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog’liq, shuning uchun diktsiyani 
o’stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligini oshirishga 
qaratiladi.
Diktsiya ustida ishlashda quyidagicha mashq turlaridan foydalanish mumkin:
1. Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan, sara-shira-sara-shira kabi so’zlarni 
ovozni to qichqiriqqacha balandlatib, so’ngra esa ovozni to shivirlashgacha pasaytirib 
talaffuz qilish.
2. Talaffuz tempini mashq qilish. Shu sara-shira kabi so’zlarni sekin talaffuz 
qilib, tempni asta tezlashtira borish.
3. Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o’quvchilar qiyinchilik bilan yoki 
noto’g’ri talaffuz qiladigan so’zlarni qayta talaffuz qilish mashqi.
4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning uchun 
tez aytishlardan foydalaniladi. Misol: qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish 
qishmasmish. 
Bolalarni so’zlayotganda to’g’ri nafas olishga, tovushlarni to’g’ri talaffuz 
qilishga o’rgatish zarur. Ba'zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga uyaladilar. 
Bunday vaqtda tovushni, so’zni xo`r bilan talaffuz qildirish, xo`r bilan o’qitish, tez 
aytishlarni xo`r bilan ayttirish foydalidir. Demak, o’quvchilarni o’qishga o’rgatish, 
ularning o’qish sur'atini oshirish, ifodali va ongli o’qish elementlarini shakllantirish, 
tarbiyalash o’qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет