Ádebiyatlar:
1.
Ábdiev A. Jin-jıpırlar uyası. Nókis: “Qaraqalpaqstan”. 2004-jıl.
2.
Paxratdinov A., Allembergenov K., Bekbergenova M. XX ásir
qaraqalpaq ádebiyatı tariyxı. Nókis: “Qaraqalpaqstan”, 2011-jıl.
16
DJUMABOYEVA Y.E.
(GULISTAN, UZBEKISTAN)
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANI TARIXIGA
NAZAR
Matematika fani tarixi ham barcha fanlar tarixi kabi chinakam fuqorolik xulq
atvori va olimlarning yuksak vatanparvarlik harakatlariga doir misollarga nihoyatda
boy. Bolalarni o‘zligini anglash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda matematika
tarixiga doir ilmiy-nazariy ma‘lumotlar katta ahamiyatga ega.
Matematika so’zi grekcha - bilish, fan so’zidan olingan bo’lib, bizga qadimgi
Yunonistondan yetib kelgan. Bu fan o’z rivojlanish davri mobaynida quyidagi
davrlarni bosib o’tgan:
1) Matematikaning paydo bo‘lish davri - amaliy hisoblashlar va o’lchashlar, son
va figura tushunchalari shakllanishi bilan belgilanadi. Bu davrda arifmetika va
geometriya kabi matematikaning bo’limlari o’z boshlang’ich asoslariga ega bo’ldi.
2) O‘zgarmas miqdorlar davri – eramizgacha VI-V asrlardan boshlanib, bu
davrda matematika fani tadqiqot tushunchalariga (son va shakl), usullariga ega
bo’lgan mustaqil fan sifatida shakllandi. Bu davrda matematikaning yangi sohasi –
algebra fani paydo bo’ldi va rivojlandi. Bunda buyuk vatandoshlarimiz Muhammad
Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom, Abu Ali Ibn Sino, Ulug’bek ,
Al-Farg’oniylarning xizmati katta bo’lgan.
3) O‘zgaruvchi miqdorlar davri XVII asrdan boshlanib XIX asr birinchi
yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, matematikaning tadbiq qilish sohalari
ko’paydi, funksiya va u bilan bog’liq, uzluksizlik va harakat g’oyalari asosiy o’rinni
egalladi. Matematik analiz tarkib topdi va takomillashtirildi.
4) O‘zgaruvchi munosabatlar davrida abstrakt nazariyalar, matematik
tuzilmalarning roli oshdi va modellashtirish usuli keng qo’llanila boshlandi. Bu davr
XIX asr ikkinchi yarmidan boshlanib to hozirgacha bo’lgan davrni qamrab olib,
fanda algebraik strukturalar, yangi nazariya va yo’nalishlarning paydo bo’lishi va
rivojlantirilishi bilan xarakterlanadi.
Hozirgi paytda matematika yanada taraqqiy etib, turli nazariy kashfiyotlar bilan
birgalikda uning amaliy tadbiqlari ko’payib bormoqda. Matematika fan sifatida ham,
o’quv predmeti sifatida ham yosh avlodga o’rgatilishi talab etiladi. Bunga sabablar
quyidagilar: Matematika fan sifatida: moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy
munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni to’la va chuqur o’rganish, targ’ib etishni
talab etadi; o’rganilayotgan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning
qanday usul bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda
tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf
etilganligi muhim emas; matematika fani ma‘lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u
bir –biriga bog’liq qat‘iy ketma–ket keluvchi qonunlarni ochib beradi. fanda asosiy
tushunchalar, qabul qilingan aksiomalar uning boshlangich asosi bo’lib hisoblanadi.
Matematika o‘quv predmeti sifatida: o’quvchilarga matematikadan bilim, ko’nikma
va malakalar beriladi; matematik bilimlar berishda o’quvchilar yosh xususiyatlari
hisobga olinadi; yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yondashish muhim
17
ahamiyatga ega va shu asosda uni bayon etish usuli tanlanadi; abstrakt tushunchalar
izohlar va misollar bilan beriladi; o’qitishda takrorlash ham amalga oshiriladi; o’quv
predmeti fan tizimini qisqartirishi va buzishi mumkin emas. Insoniyat o’z rivoji
davrida yosh avlodga bilimlar berar ekan asosiy e‘tiborini o’z faoliyati va taraqqiyot
talablarini hisobga olib, fanlar asoslarini o’rgatishga harakat qiladi. Shu sababli
o’quvchilarga barcha bilimlar qatori matematikadan chuqur bilimlar berish vazifasi
va uni ilmiy amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi. Bunda matematika
tarixi va metodologiyasi asosiy o’rinlardan birida turadi.
"Metodika" so’zi yunoncha "metod" yoki "usul" so’zidan olingan. Matematika
o’qitish metodikasi (uslubiyati) fani deb jamiyat tomonidan qo’yilgan ta‘lim
maqsadlarga mos ravishda matematika o’qitish usullarini, qonuniyatlarini uning
ma‘lum rivojlanish darajasida o’rganadigan va tadqiq etadigan pedagogikaning
bo’limiga aytiladi. Matematika tarixi "matematika falsafasi" sifatida ta‘limning
umumiy qonuniyatlarining matematika sohasida namoyon bo’lish xususiyatlarini
o’rganadi.
Matematika tarixi avvalo o’zaro bir-biriga bog’lik to’rtta savolga javob berishi
lozim.
Birinchisi –matematika tarixi taraqqiyoti qanday bo’lgan? Bu savolga javobni
ta‘lim va tarbiya umumiy vazifalariga asoslanib topish mumkin, o’z navbatida bu
vazifalar jamiyat rivojining ma‘lum bir bosqichida uning oldida turgan
umumbashariy maqsad va vazifalar bilan aniqlanadi.
Ikkinchisi – matematika qanday ilmiy metodlarni qo’llaydi? Bir tomondan bu
savol yosh haqida bo’lib, qachondan boshlab bolalarni matematikaga o’rgatish
maqsadga muvofiq va qachon barcha uchun majburiy dastur o’rnatishni tugatish
zarurligini ifoda etadi. Ikkinchi tomondan, maktabdan keyingi matematik ta‘limning
uzviyligini ifodalaydi.
Uchinchisi–matematika fani va falsafa masalalari orasida qanday bog’lanish
mavjud? Bu savolga javob Matematika tarixi maqsadlari haqidagi savol bilan
mustahkam bog’liq. Matematika tarixi uni o’qitish va o’rgatish uchun qanday hajmda
va qanday ma‘lumotlar olish masalasi bahsli masalalardan hisoblanadi.
To’rtinchisi – Matematika tarixini qanday o’rgatish kerak? Bu savolga javobni
Matematika tarixi eng harakatchan, eng ilg’or va eng qulay o’qitish usullari bilan
birga ijodiy yondashishni talab etadigan usullar tizimini asoslash va targ’ib qilish
talab etiladi. Matematika tarixining asosiy vazifalari quyidagilar: matematikani
o’rganishning maqsadlari va o’quv predmeti mazmunini aniqlash; qo’yilgan
masalalarni amalga oshirish uchun eng qulay usullar va asosiy o’qitish shakllarini
yaratish.
Matematika tarixi ikkita bo’limdan iborat: matematika tarixi; matematika
metodologiyasi. Matematika tarixi fani o’z oldida turgan vazifalar ko’lamiga ko’ra
boshqa fanlar bilan uzviy aloqada. Avvalo matematikaning o’zi bilan mustahkam
bog’liq bo’lib, shu asosda o’qitishning mazmuni va usullari takomillashib boradi.
Matematika tarixi pedagogik fan bo’lganligi uchun tabiiy ravishda pedagogika fani
yutuqlariga tayanadi. Bundan tashkari u psixologiya qonuniyatlari asosida
matematika o’qitish konuniyatlarini ochib beradi,chunki ta‘lim jarayonida
o’quvchilarning ma‘lum guruhi(sinf) va hatto ayrim o’quvchilar xususiyatlariga
18
e‘tibor berish, ularning qiziqish va diqqat-e‘tiborlari, xotiralarini hisobga olish,
o’zlashtirish bosqichlari, aql, xulqi xususiyatlari va h.k.larni hisobga olish talab
etiladi. Matematika tarixi mantiqqa ham tayanadi.Bunga sabab bir tomondan
matematika o’qitish bir vaqtning o’zida mantiqiy matematik tilga o’rgatish
hisoblansa, ikkinchi tomondan, fan sifatida matematikaning o’zi mantiq qonunlari
asosida qurilgan. Matematika tarixini o’qitishda asosiy narsa o’qituvchining
pedagogik mahorati bo’lib, u hech qanday ta‘rif va tavsifga muhtoj emas, chunki bu
san‘atdir.
Metodist pedagoglar turli davrlarda matematika o‘qitishni uning tarix bilan
bog‘lash va uni o‘qitishni u yoki bu davlatning ijtimoiy tuzumi va maktablarning
umumiy vazifalariga qarab belgilaganlar. Ularning ilmiy yo‘nalishlarida: -
o‘quvchilarning matematika fanini o‘rganishga qiziqishini oshirish va o‘qitilayotgan
materialni ularning tushunib olishlari chuqurlashtirgan: - O‘quvchilarning aqliy
faoliyati va dunyokarashini boyitish va ularning umumiy madaniyatini yuksaltirishga
e‘tibor berilgan: - matematika tarixi haqidagi birgina ma‘lumot bilan yuqorida
aytilgandek, hamisha ham maqsadga erishib bo‘lmaydi. O‘quvchilarning matematika
tarixi bilan tanishuvi darslarda fan tarixidagi dalillardan puxta o‘ylangan xolda
foydalanish va ularning dasturdagi barcha materiallar bilan izchil bog‘lanib ketishini
anglatadi. Faqat shunday uzviylikkina ko‘zlangan maqsadga erishishga yordam bera
oladi. - O‘quvchilarning matematika tarixi bilan tanishuvi faqat uni yaxshi tushunib
olishlariga yordam berib qolmasdan, balki ularning dunyoqarashiga ham katta ta‘sir
ko‘rsatadi, ularni o‘zlikni anglash, o‘z boy merosini qadrlashga o‘rgatadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalashda matematika
fanining o‘rni, uning ahamiyati, bu Didaktik shart-sharoitlarni aniqlash quyidagicha
guruxlanadi:
Birinchi guruxga oid shart-sharoitlarga amal qilish faoliyat motivini
shakllantirishni ta‘minlaydi:
a) bilish ehtiyojini shakllantirish;
b) ustivor bilishga qiziqishini tarbiyalash.
Ikkinchi guruhga amal qilishda ta‘lim jarayonini o‘z-o‘zini boshqarish asosida
bilimlar tizimini muvaffaqiyatli shakllantirishni ta‘minlashdan iborat o‘z etakchi
maqsadga ega:
a) o‘zlashtiriluvchi axborotni qayga ishlash bilan bog‘liq intelektual o‘quvni
shakllantirish;
b) ta‘lim jarayonida rejalashtirish, o‘z-o‘zini tashkil etish va o‘z-o‘zini nazorat
qilishni amalga oshirish uquvini shakllantirish.
Uchinchi guruhga faol o‘quv jarayoniga ham bir o‘quvchini olib kirishni ko‘zda
tutadi:
a) ommaviy ishlarda individual yondashuvni amalga oshirish;
b) O‘quvchilarning o‘quv, bilish faoliyatini nazorat etish.
Shunday qilib, matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanib dars
o‘tish O‘quvchilar bilish faoliyatining barcha bosqichlarida bilimlari qiziqishlarni
kuchaytiradi. O‘tmish tariximizda buyuk mutafakkir olimlar juda katta ilmiy -
didaktik meros qoldirganlar.
19
Tarix xalqning haqiqiy tarbiyachisidir. Ulug‘ ajdodlarimizning ishlari va jasorati
tarixiy xotiralarni jonlantiradi, yangicha dunyoqarashni shakllantiradi, tarixiy-axloqiy
tarbiya va saboq olishning manbaiga aylanadi. Markaziy Osiyo tarixida, o‘zlarida
siyosiy ong, ahloqiy jasoratni, diniy dunyoqarash va qomusiy bilimlarni
mujassamlashtirgan buyuk siymolar juda ko‘p bo‘lgan. Didaktika pedagogikaning -
o‘qitish nazariyasini ishlab chiqqan tarmog`idir. Didaktika yunoncha "didaktikos"
so‘zidan olingan bo‘lib, o‘qitish, o‘rganish ma‘nolarini bildiradi. Yaqin va O‘rta
Sharqda Al-Xorazmiy, Al- Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyom,
Tusiy kabi mutaffakkirlar ilmiy didaktika asoschilaridir. Ularning izdoshlari
qarashlarining muhim xususiyati shundan |iborat ediki, mazkur olimlar doimo
predmetning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayoniga, mana shu
predmetning mohiyati va o‘ziga xosligini tushunish, sodir bo‘lishi hamda
shakllanishiga e‘tibor berganlar. Ular bilishning predmeti va manbalariga, bilish
jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat
o‘rtasidagi munosabatlarga qiziqqanlar. Al-Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol
topishi nazariyasini rivojlantirish borasida muhim xizmat qildi, induktiv va deduktiv
tafakkurdagi alohidalik hamda umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi.
Al-Forobiy o‘qitish usullarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliy va nazariy
metodlarga ajratgan, shu tariqa o‘qitishning amaliy yo‘nalishi va kishilarning hayoti
hamda kundalik faoliyati bilan bog‘liqlik g‘oyalarini ilgari surgan. Olim o‘qitishning
tajriba va ko‘rgazmali, induktiv va deduktiv, amaliy metodlariga alohida e‘tibor
beradi. Barcha metodlarni o‘quvchining hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga
tayangan holda birlashtiradi. O‘quv jarayonini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni
ishlab chiqishda deduktiv metodni ustun qo‘yib, O‘quvchilarga materialni
tushuntirishda nimalarga alohida e‘tibor berish haqida, eng muhim narsalarni
ishonchli bilim beradigan va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va h.k. ga
oid qimmatli tavsiyalarini bayon qiladi.
Al-Forobiy
matematika fani misollari asosida o‘qitishning ilmiylik,
ko‘rgazmalilik, tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqdi. Bilish
jarayonining va fandagi bilim shakllarini mohiyatini yoritadi. Uning fikricha, ana shu
jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni
takomillashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida qo‘pol xatolarning oldini oladi.
Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali o‘tishi kerak. Mantiq obektini anglashga
qaratilgan va aql etadigan mohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jarayonining
to‘grililigini belgilashga xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalarni aniq bilishga
yordam beradi. Al - Forobiy bilish faoliyatini tashkil etish masalalariga oid ham
anchagina mufassal tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun nazariya qaysi fanga
taalluqli bo‘lsa-da, quyidagi uchta shartga rioya qilish shart:
1) mazkur fan asosidagi barcha prinsiplarni to‘liq bilish;
2) mana shu prinsiplardan va mazkur fanga doir ma‘lumotlardan tegishli
xulosalar chiqara bilish;
3) noto‘g‘ri nazariyani rad eta bilish va haqiqatni yolg‘ondan farqlash, xatoni
to‘g‘rilash uchun boshqa mualliflarning fikrlarini taxlil qila bilish; Ibn Sinoning bilim
orqali erishiladigan natijalar haqidagi ta‘limoti o‘qitish nazariyasida alohida o‘rin
20
egallaydi. Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilishga tashqi ko‘rinishini taxlil
qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi.
Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqadi. Mushoxada bilan idrok
qilishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarni tushuntirishdan iborat. Ikkinchi
bosqichi ikki xil fikrni idrok etishdir. Aqliy rivojlanishning uchinchi bosqichiga
o‘zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyiladi.
Matematikani o‘qitish jarayonida tarixiy materiallardan foydalanishni tashkil etish,
o‘zining tizimiga asosan, ikki maqsadni parallel ravishda amalga oshiradi.
Birinchidan, matematik qonuniyat, dalil, formulalarni, matematik talqinini amalga
oshirsa, ikkinchi tomondan, bu qonuniyat, dalil, formulalarning nafaqat
matematikada, balki boshqa fanlarda ham undan foydalanish uslublarini
ko‘rsatishadi, natijada shu soxada o`quvchilar bilimi chuqurlashadi. Shuning uchun
ham matematikani o‘rta maktabda, ayniqsa boshlang‘ich sinflarda O‘quvchilarga
tarixiy materiallar bilan qo`shib o‘qitishda o‘zini pedagogik va psixologik jihatlari
bilan farq qilishi bilan birga o‘qitish jarayonida ishlatiladigan metodlarni o‘zaro
uzviyligi didaktik ketma-ketligi bilan ham farq qiladi.
Ma‘lumki, pedagogikada o‘qitish metodlari, o‘rgatish metodlari bilan birgalikda
dars berish metodlari ham mavjud. Ayniqsa, dars berish metodlari o‘zining tuzilish
jihatidan o‘qitish yoki o‘rgatish metodlarining samarali ketma-ketligining yig‘indisi
sifatida yuzaga kelishi sababli, u har bir o‘qituvchida alohida shakllanadi, yuzaga
keladi. Shu bois har bir o‘qituvchining dars berish metodi o‘ziga xos bo‘lganligi
sababli ham ikkita bir xil, masalan, muommali metodda dars berayotgan
o‘qituvchilarning usullardan ketma-ket foydalanishi va dars orasida o‘rgatish
usullaridan foydalanish uslub Boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallarni o‘qitish
jarayonida metodlar majmuasidan to‘g‘ri foydalanish O‘quvchilarni yaxshi
o‘zlashtirishiga muhim omil bo‘la oladi. Har bir fan tarixiy materiallarga oid
tushunchalar tizimini tashkil qiladi. Tushuncha esa narsalarning mohiyatini anglash
imkonini beradi va fanlarga oid umumiy muhim xususiyatlar, belgilar va
bog‘lanishlarni aks ettiradi.
Достарыңызбен бөлісу: |