Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


– Mashg’ulot. O’simlik namunasini olish va



бет60/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
Laboratoriya mashg\'

11 – Mashg’ulot. O’simlik namunasini olish va
tahlilga tayyorlash (4 soat)
Mashg’ulotning maqsadi. Turli xil qishloq xo’jalik ekinlaridan namuna olish usullarini o’rganish. O’simlik tarkibidagi quruq modda va namlikni 100-105oC da quritish shkafida quritish va hisoblash. O’simlik tarkibidagi xom kul miqdorini mufel pechida kuydirib aniqlashdan iborat.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: O’simlik namunasi, tarozi, byuks, tigel, eksikator, quritish shkafi. O’simlik namunasi, chinni tigel, qisqich, eksikator, mufel pechi.
Adabiyotlar – 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari.
Laboratoriyada tekshiriladigan barcha tahlillar uchun atigi 100-150 g miqdordagi analitik namunadan foydalaniladi. Shu hosil qilingan kam miqdordagi namuna ko’p miqdordagi maydon yoki yig’ishtirilgan hosil to’plamini o’zida harakterlay olishi kerak.
Shuning uchun namuna maxsus ishlab chiqilgan qoida, standart asosida olinadi. O’simlik turi va ekilish sxemasiga qarab namuna olinadi. Olinadigan namuna tahlil maqsadiga qarab ham olinadi. Boshlang’ich namuna miqdori qanchalik ko’p bo’lsa tajribaning aniqligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Donli ekinlardan boshlang’ich namuna 0,25 m maydonchaning to’rt tomonidan dioganal bo’ylab ikki qo’shni qatordagi o’simlik hammasi ildizi bilan sug’urib olinadi. Olinadigan o’simlik o’rtacha bo’lishi shart. Kartoshka, kungaboqar, makkajo’xori, silosbop ekinlardan o’rtacha namuna olishda paykalning dioganali bo’ylab 10 tadan tipik o’simlik, qand lavlagidan 20-40 tadan o’simlik tanlanadi.
Boshlang’ich namunalar to’planib doni, poxoli, ildizi alohida aralashtirilib o’rtacha namuna hosil qilinadi. Silos, senaj uyumlarining o’rta qismidan bir marta namuna olinadi. Avtomashina, vagon yoki omborxonalarda o’simlik saqlanayotgan bo’lsa, bunda maxsus shup yordamida turli qatlamlaridan namuna olish zarur.
Olingan boshlang’ich namunalar laboratoriya jurnaliga yozilib etiketka, variant raqami yozilishi shart. Boshlang’ich namuna yaxshilab aralashtirilib, ma’lum vaqtda kvadrat yuzaga to’kilib, dioganal buyicha 4 bo’lakka bo’linadi va 0,5-1,0 kg miqdorda o’rtacha namuna hosil qilinadi,o’rtacha namuna laboratoriyada quritilib begona jinslardan tozalanib, maxsus moslama bilan maydalanib, 1 mm li elakdan o’tkazilib, elanib, aralashtirib 100-150 g miqdorda paketga solinadi, etiketka yozilib analitik namuna hosil qilinadi. Analitik namuna tahlil uchun foydalaniladi.
Dukkakli don, don va moyli ekinlar urug’idan boshlang’ich o’rtacha namuna 150-250 g olinadi. 15-18 soat davomida 70-80°C da quritilib maydalaniladi. Maydalash qalin devorli kosada yoki kofe yanchgich yoki laboratoriya tegirmoni yordamida bajariladi, elak bilan elanadi.



Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет