Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Bu o’g’itning massasini topish uchun



бет86/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Laboratoriya mashg\'

Bu o’g’itning massasini topish uchun:
10 g -----------250 ml 4 g -------- 250 ml
X -----------25 ml X --------- 25 ml
25*10 4*25
X= ----------- =1 g (NH4)2SO4 X=------------=0,4 g NH4NO3
250 250
100 – foizga aylantirish soni; 0,007 – 1 ml 0,5 n ishqorga to’g’ri keladigan azot miqdori.
1 m-ekv ammoniy 1 m-ekv kislotani ajratadi, ana shu kislotani neytrallash uchun 1 m-ekv ishqor sarflanadi. 0,5 n kislotani yoki 0,5 n ishqorning har bir millilitrida 0,5 m-ekv ammoniy yoki 0,5 m-ekv azot bo’ladi. 1 m-ekv azot 14 mg yoki 0,5 m-ekv 7 mg ga tengdir.
Azotli o’g’itlar tarkibidagi azot formalin usulida aniqlanganda, faqat bitta shakldagi azot aniqlanadi.
Agar tekshirilayotgan o’g’it ammiakli selitra bo’lsa, uning tarkibidagi ammoniy va nitrat shaklidagi azot bo’lganligi sababli topilgan azotning foiz miqdori ikkiga ko’paytiriladi. Agar o’g’it tarkibida azotning bitta shakli bo’lsa, topilgan foiz miqdori o’z holicha qoladi. Demak o’simlik uchun zarur bo’lgan ammiak va nitrat azotlari aniqlanadi.
Nazorat uchun savollar

  1. Azotli o’g’itlardan qaysilarini bilasiz?

  2. Aniqlashning maqsadini aytib bering.

  3. Aniqlash uslubi nimaga asoslangan.

TASDIQLAYMAN”
Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi mudiri, professor_________F.H.Xoshimov
____”_________________ 201__


Go`ng tarkibidagi ammiakli azot miqdorini
(Mamchenko-Romashkeyevich) usulida aniqlash (4 soat)
P A S P O R T I
Mashg’ulotning maqsadi. Go’ng, go’ng sharbati, xo’jalik va sanoat chiqindilari, qushlar chiqindisi, ipak qurti chiqindisi kul va shunga o’xshashlar organik o’g’itlardir. Organik o’g’itlar tarkibida azot, fosfor, kaliy, mikro-elementlar va suv bo’ladi hamda ular har hil nisbatda uchraydi. Organik o’g’itlar tuproqning biologik faoliyatini tezlashtiradi, tuproq strukturasini yaxshilaydi, tuproqdagi oziq elementlarni o’simlik o’zlashtirishini yaxshilaydi. Shuning uchun organik o’g’itlardan to’g’ri foydalanish, ularni saqlash yo’llarini o’rganish va ular tarkibidagi oziq elementlarni aniqlash katta ahamiyatga ega.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет