NaOH qo’shilgan probirkada ammiak hidi bo’lmasa, bu probirkada o’g’it mochevina CO(NH2)2 bo’ladi.
Ko’mir cho’g’ida donalari bo’linib sachraydi va tutun chiqarmaydi. Bunday o’g’itlar kaliyli o’g’itlarda hisoblanadi.
Agar o’g’it har-hil rangda bo’lsa silvinit o’g’iti bo’ladi. (mKCl * nNaCl)
Agar o’g’itning ko’rinishi osh tuziga o’xshash hamda unga ayrim rangli kristallar aralashgan bo’lsa, kaliy tuzi o’g’iti bo’ladi. Uning formulasi mKCI * nNaCl.
AgNO3 qo’shilgan probirkada hyech qanday o’zgarish bo’lmasdan, faqat BaCl2 ta’sir ettirilgan probirkada sutga o’xshash oq cho’kma hosil bo’lsa, bunday o’g’it kaliy sulfat bo’ladi. (K2SO4)
Suvda erimaydigan o’g’itlarni aniqlash.
Agar o’g’it suvda erimasa, u bir oz tindirilgach, undan 3-5 ml olib, ikkinchi probirkaga qo’yiladi va faqat AgNO3 ta’sir ettiriladi.
Agar AgNO3 ta’sir ettirilganda tezda sariq hosil bo’lsa, superfosfat o’g’iti bo’ladi Ca(H2PO4)2.
Agar AgNO3 ta’sir ettirilganda probirkaning pastki qismida sekin-asta sariq rang hosil bo’lsa, presipitat o’g’iti bo’ladi. CaHPO4*2H2O.
Agar AgNO3 ta’sir ettirilganda ammiak hidi paydo bo’lsa, tomasshlak o’g’iti bo’ladi. (Ca4P2O9).
Agar AgNO3 ta’sir ettirilganda ammiak hidi paydo bo’lmasa, kalsiy sianamidi (CaCN2) bo’ladi.
Достарыңызбен бөлісу: |