Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Tuproqni tahlilga tayyorlash



бет7/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Tuproqni tahlilga tayyorlash


Daladan olinib, laboratoriyaga keltirilgan tuproq namunalari havoda quritilgan holatga keltirilishi kerak, chunki aksariyat tahlillar ana shu holatdagi quritilgan tuproqda o’tkaziladi.
Dasturda ko’zda tutilgan barcha tahlillarni o’tkazish uchun 1000 g tuproq sarflanadi, shundan 500 gramm tuproqning strukturasi tahlili uchun ketadi (tuproqning struktura-agregat tarkibini o’rganish va uning hajmiy massasini aniqlash ishlari odatda ezg’ilanmagan tuproqda o’tkaziladi). Havoda quritilgan va qog’ozga yupqa qilib yoyib qo’yilgan tuproqning bir necha joyidan hammasi bo’lib 200-250 g o’rtacha namuna olinib, hovonchada rezina dastali ezg’ich bilan ezg’ilanadi va hammasi ko’zlari diametri 1 mm bo’lgan elakdan o’tkaziladi. Agar tuproq toshli bo’lsa, namunaning elakdan o’tmagan qismini suv bilan yuvish, quritish va tarozida tortib ko’rib tuproq skleti miqdorini aniqlash lozim. Shuningdek bu maydalangan tuproqdan o’rtacha analitik namuna ham olinadi (3-rasm). Elakdan o’tkazilgan mayda tuproq chuqur raqami va qatlamning nomi, namuna qanday chuqurlikdan olingani, talabaning familiyasi yozilgan paketchalarga solib qo’yiladi.
Tuproqning qolgan, ezg’ilanmagan qismi esa paketchadagi kabi yozuvlar yozilgan alohida karton quticha yoki xaltachalarga solinadi. Ezg’ilangan tuproqli paketchalar ham o’sha quticha yoki xaltachaga solinadi va laboratoriya tahlillari o’tkazish uchun saqlab quyiladi.

3-rasm. O’rtacha analitik namuna olish.

Gigroskopik nam miqdorini aniqlash


Tuproqning qattiq qismi havodan bug‘simon namni singdirib, uni o‘zining zarralari sirtida mahkam ushlab turish xususiyatiga ega. Shu sababli havoda qurigan holatdagi tuproqda hamisha ma’lum miqdorda suv bo‘ladi.
Tuproqning havodagi namni singdirish xossasi gigroskopikligi deb, shimilgan nam esa gigroskopik nam (G) deb ataladi.
Tarkibidagi gigroskopik nam miqdori tuproqning mexanik tarkibiga undagi organik moddalar yoki turli tuzlarning miqdoriga bog‘liq. Og‘ir qumoq va soz tuproqlar qumli va qumloq tuproqlarga qaraganda havodan suvni ko‘proq singdirib oladi. Chirindiga boy tuproqlarning shuningdek, sho‘rlangan tuproqlarning ham gigroskopikligi yuqori bo‘ladi.
Gigroskopik suvni tuproq mahkam ushlab turgani uchun uni o‘simliklar o‘zlashtira olmaydi. Tuproqdan suvni chiqarib yuborish uchun uni termostatda 105 0C gacha qizdirish zarur.
Gigroskopiklik ko‘rsatkichidan tahlil natijalarini mutlaqo quruq tuproqqa hisoblash uchun foydalaniladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет