Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Qatlam (gorizont) larning qalinligi



бет47/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Qatlam (gorizont) larning qalinligi. Tuproqning qalinligi deganda barcha tuproq qatlamining santimetrda ifodalangan qalinligi tushuniladi. U turoqning alohida qatlamlari va qatlamchalari qalinligini birgalikda qo‘shib aniqlanadi, ya’ni A0+ A1 + A2+B1+B2 dan to C qatlamgacha, ya’ni ona jinsgacha bo‘lgan qatlamlarning jami qalinligidan iborat bo‘ladi. Ona jins–tuproq paydo qiluvchi jins hisoblanadi. Tuproqning qalinligini santimetrlarga bo‘lingan lenta yordamida aniqlash qulayroq.
Tuproq chuqurini ta’riflashda lentaning nolinchi bo‘linmasi tuproqning yuzasi bilan baravar qilib ushlanadi va boshqa uchi pastga erkin tortmasdan tushiriladi. Qatlamlarning qalinligi quyidagicha yoziladi. Masalan, tipik bo‘z tuproqlar uchun
sm va hokazo.
Tuproq qatlamlarining rangi (tusi). Tuproqning rangi va tusi uning muhim xossalaridan biri bo‘lib, tuproqning tarkibi, kelib chiqishi va xossalari haqida dastlabki qimmatli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Chirindili qatlamining rangiga ko‘ra tuproqning bir tipini ikkinchisidan ajratish mumkin bo‘ladi. Aksariyat tuproqlarning nomi ularning rangiga qarab berilgan (qizil tuproqlar, sariq tuproqlar, qora tuproqlar, qo‘ng‘ir tuproqlar va hokazo). Boshqa alomatlari bilan bir qatorda, tusining intensivligiga ko‘ra tuproqning tipchalarini ajratib ko‘rsatiladi. Masalan, och tusli bo‘z tuproqlar, tipik bo‘z tuproqlar, to‘q tusli bo‘z tuproqlar singari. Demak tuproq qatlamining rangini va uning intensivligini hamda tuslarini sinchiklab aniqlash zarur.
Tuproqning rangi tuproq paydo qiluvchi jinsning dastlabki rangiga, tuproq paydo bo‘lish jarayoniga bog‘liq. Tuproq qatlamlari turli-tuman rang va tuslarga bo‘yalgan bo‘lishi mumkin, ammo qora, oq, qizil, sariq ranglarning qo‘shilishidan paydo bo‘lgan xira rang va tuslardagi qatlamlar ko‘proq uchraydi. Ayrim hollarda tuproq qatlamlari yorqin yashil, ko‘kimtir yoki zangori tusga bo‘yalgan bo‘ladi. Tuproq ranglarini aniqlashni maqbullashtirish, unifikasiyalash uchun S.A.Zaxarov ranglar uchburchagini taklif etadi. Bu uchburchakning uchida oq, qora, qizil ranglar joylashtirilgan, yon tomonlarini esa ana shu uchta asosiy rangning aralashishidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hosila rang va tuslarning nomi yozilgan (13-rasm).



Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет