Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Tuproq namunalari olish uslubi



бет6/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Tuproq namunalari olish uslubi


Tuproq namunalari tuproq profilining morfologik tavsifini oydinlashtirish hamda laboratoriya – amaliy mashg’ulotlarda talabalar bilan turli tahlillar qilish uchun mo’ljallangan.
Namunalar pastki qatlamdan boshlab navbati bilan olinadi. Chuqur kavlab bo’lingan zahoti ona jinsdan yoki pastki qatlamdan belkurak bilan birinchi namuna olinadi. Tuproq profili ta’riflab bo’lingach, yuqoridagi qatlamlardan namunalar olinadi. Yeng oxirida ustki qatlamdan namuna olinadi.
Ustki qatlamdan olingan namunaning massasi 300-400 g atrofida bo’lishi kerak, qolgan qatlamlardan 200 g dan namuna olish kifoya.
Namunalar olish uslubi. Har bir qatlamning o’rta qismida taxminan 10 sm qalinlikdagi qatlam orasi belgilab qo’yiladi va undan old devorining butun eni bo’yicha pichoq bilan tuproq namunasi kesib olinadida qalin qog’oz varag’i ustiga qo’yiladi. Chirindili va haydalma qatlamlardan namuna qatlamning butun qalinligi bo’yicha olinadi. Agar chirindili qatlamning qalinligi 20 sm dan ziyod bo’lsa, u holda har 10 sm dan ikki-uch namuna olinadi.
Qog’oz etiketkaga tuproq chuquri olingan viloyat, tuman, qishloq, maydonni, dala va chuqur raqamini, qatlamning qalinligini, namuna qanday chuqurlikdan olinganini qalam bilan yoziladi hamda sana va talabaning familiyasi ko’rsatilib, shu o’ralgan qog’oz namunaga o’rab qo’yiladi. Qog’ozga ham namuna olingan qatlam, uning chuqurligi, sanasi yoziladi.
Tuproq monoliti turli tumanlar tuproqlarining xususiyatlarini mukammalroq va har tomonlama o’rganishga imkon beradi.
Monolitlar olish. Monolit – 100 sm gacha chuqurdan (ba’zan esa bundan ham chuqurroqdan) tabiiy tuzilishini buzmagan holda tikkasiga kesib olingan tuproq namunasi hisoblanadi. Monolit olish uchun tashqi o’lchamlari 100 x 20 x 8 sm bo’lgan yog’och quti kerak bo’ladi. Qutining tubi va qopqog’i burama mixlar bilan mahkamlanadi, devorlarini esa mustahkam bo’lishi uchun temir qisqichlar bilan mahkamlagan ma’qul.
Monolit olish uchun chuqur 140-150 sm gacha chuqurlash-tiriladi, uning old devori yaxshilab tekislanadi. Chuqur devoriga qutining ichki o’lchamlariga mos hajmda tuproq ustuni kesib tushuriladi. Bu ustunga qutining ramasi kiydiriladi va unga qopqoqlardan biri burama mix bilan mahkamlanadi. Quti ichidagi tuproqning atrofi asta sekin kavlab tagigacha kesib tushuriladi va umumiy massadan ajratib olinadi. Monolit chuqurdan chiqarilgach ortiqcha tuproqni olib tashalanadi va qutining ustki chetlari bilan baravar qilinadi. Monolitga olingan tuproqning nomi, joyi yozilgan yetiketka qog’ozi qo’yiladi va qutining ikkinchi qopqoqi burama mix bilan mahkamlanadi.



Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет