Kislota va qaynoq moddalar bilan ishlash qoidalari.
1. Sulfat kislotani suyultirish suvga kislotani quyish yo’li bilan o’tkaziladi. Bu ish faqat issiqqa chidamli va chinni idishlarda olib boriladi. Chunki bunda ancha miqdorda issiqlik ajralib chiqadi.
2. Kuchli nitrat, sulfat va xlorid kislotalarini bir idishdan ikkinchisiga quyish faqat ishlayotgan mo’rili shkafda bajarilishi kerak. Shkaf eshiklari imkoni boricha yopilgan bo’lishi kerak.
3. Kuchli kislotalar bilan ishlashda himoya ko’zoynaklarini taqish kerak. Tutun chiqib turadigan nitrat kislota hamda olium bilan ishlaganda ko’zoynaklardan tashqari uzun rezina fartuk (etak, peshband) taqib olish kerak.
4. Etil spirti, efir, benzol, asetonsirka, etil efiri, ayniqsa vodorod sulfidi, nitrol efir va boshqa yoqilg’i va oson yonuvchi suyuqliklar (OYoS) bilan ishlashda ochiq olov, ochiq alanga, kuchli qizdirilgan yuza yaqinida (misol uchun elektr plitkada) qizdirish o’kazish qat’iyan ta’qiqlanadi.
Kuyish va zaharlanish hollarida laboratoriyada ko’rsatiladigan
birinchi yordam
1. Termik kuyishda tezlik bilan kuygan joy bir necha marta taninning spirtli eritmasi bilan ho’llanishi kerak (kaliy permanganat yoki etil spirti bilan ham namlash mumkin) va kuyishga qarshi bo’lgan maz (moy), sulfidin emulsiyasi (qorishmasi) surtiladi.
2. Kislotalardan kuyganda oldin kuygan joy yaxshilab suv bilan, keyin natriy bikarbonat eritmasi bilan yuviladi.
3. O’yuvchi ishqorlar bilan kuyganda, kuygan joyni yaxshilab suv bilan, keyin suyultirilgan sirka kislotasi bilan yuviladi. Ishqorlar va ammiak eritmasini ko’zga tushishi ayniqsa havfli, qattiq ishqorlarni maydalashda albatta ko’zoynak taqish kerak.
4. Xlor yoki brom bug’lari yutilgan xollarda spirt bug’lari bilan nafas olish kerak. Keyin esa toza, ochiq xavoga chiqish kerak.
5. Laboratoriyada ishlaganda asosiy e’tiborni ko’zni himoya qilishga qaratish kerak. Ko’zga har hil kimyoviy reaktivlar tushgan hollarda tezlikda og’riqqa e’tibor bermagan xolda, ko’zni 3-5 minut davomida ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Keyin agar ko’zga tushgan modda kislotalar reagent bo’lsa bor kislotasi eritmasi bilan yuvish kerak. Birinchi yordamni bunday tadbirlaridan keyin vrachga murojaat qilish kerak.
Достарыңызбен бөлісу: |