68
s`ezdida 104 nafar delegatdan bor-yo`g`i uchta delegat mahalliy millat vakillari edi.
Sovetlarning III o`lka s`ezdida tuzilgan Turkiston o`lkasi Xalq Komissarlari
Sovetining tarkibida bitta ham mahalliy millat vakili yo`q edi.
Markazda va joylarda hokimiyat Sovetlarga qarashli bo`lgan.
Yangi tashkil topgan Xorazm Xalq Sotsialistik
Respublikasida ham shunday
bo`ldi. XXSRning 1920 yilgi Konstitutsiyasiga muvofiq, markazda va joylarda butun
hokimiyat mehnatkash xalq Sovetlari qo`lida edi. Sovetlarning I Butun Xorazm ta`sis
s`ezdida saylangan, keng vakolatlar berilgan Xalq Nozirlar Kengashi nafaqat ijro
etuvchi va idora qiluvchi, balki qonun chiqaruvchi hokimiyatni ham amalga oshirishi
belgilab ko`yilgan edi[3.Xalilov.E.X. 28 b.].
Buxoro Xalq Sotsialistik Respublikasining 1921 yilgi Konstitutsiyasiga
muvofiq, BXSRda oliy davlat hokimiyati "markazda ham, joylarda ham to`laligicha
va bo`linmas holda Butun Buxoro qurul-toyiga — xalq deputatlari Sovetlarining Butun
Buxoro s`ezdiga tegishli bo`lib (5-band), u BXSR davlat boshqaruvi oliy organi va
butun oliy hokimiyatining ifodachisi hisoblangan" (15-band). Sovetlarning Butun
Buxoro s`ezdlari tomonidan 85 a`zodan iborat tarkibda saylanadigan Sovetlar
s`ezdining Markaziy Ijroiya Komiteti (Butun Buxoro MIK) s`ezdlar oralig`ida BXSR
davlat hokimiyatining oliy organi hisoblanib, mamlakatdagi oliy hokimiyat uning
qo`liga o`tgan[4. Ishanov.A.I. 87-95 b.]
Nizomga muvofiq, Markaziy Ijroiya Komiteti
va Xalq Komissarlari Soveti
birgalikda Turkiston Respublikasi Hukumatini tashkil etganlar. Bunda MIK
"boshqaruvning qonun chiqaruvchi oliy organi", Xalq Komissarlari Soveti esa
"hukumatning ijro etuvchi organi" sifatida belgilangan edi. Biroq MIK tasarrufiga
nimalar va XKS vaxolatiga nimalar kirishi aniqlanmagan edi. Bularning hammasi
shundan dalolat beradiki, Turkiston Respublikasida rasman belgilangan qonun
chiqaruvchi oliy organ parlament bilan hech qanday umumiylikka ega bo`lmagan.
Shunga qaramay, Turkiston MIK tuzilgach, XKSning huquqiy holati o`zgardi. Ilgari
Turkiston XKS Sovetlar s`ezdidan keyin o`lkada hokimiyatning yagona oliy organi
edi.
Turkiston MIK, ya`ni Turkiston Sovet Respublikasining Sovetlar s`ezdlari
oralig`idagi qonun chiqaruvchi oliy organi tashkil topishi munosabati bilan XKS
tasarrufida hokimiyatning ijro etuvchi organi vazifalari saqlanib qoldi. Vaholonki,
Sovetlar s`ezdi va Turkiston MIK yagona oliy qonun chiqaruvchi, XKS esa — ijro
etuvchi organ emasdi[5.Xalilov.E.X. 27 b.].
Voqealarning tabiiy rivoji bu organlarning vazifalari tartibga tushishiga olib
keladi deb hisoblash soddalik bo`lur edi. Afsuski, bunday bo`lmadi. Buning ustiga
TASSRdagi hokimiyatlarning mo`rt tizimi RSFSR markaziy hokimiyat organlarining
kuchli qo`li bilan ikkinchi o`ringa uloqtirib tashlandi. Chunonchi, 1919 yil 29
sentyabrda RKP (b) MK Tashkiliy byurosi "Turkiston komissiyasining
partiya ishi
va sovet qurilishi soha-sidagi huquqlari to`g`risida"gi rezolyutsiyasining loyihasini
tasdiqladi, unga ko`ra Turkkomissiya ―partiya MK va Xalq Komissarlari Soveti
nomidan umumiy vakillik" organi deb e`tirof etildi"[6. Lukyanov.A.I. 347-348 b.].
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash mumkinki, o`lkada sovet hokimiyati
o`rnatilgandan so`ng, yangicha boshqaruv tizimini o`zida ifoda etgan boshqaruv
apparati yuzaga keldi.