Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Pdf көрінісі
бет34/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   164
1-секция

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 
1. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Konstitutsiyamizning 8 yilligi kuniga 
bag‘ishlangan tantanali majlisda so‘zlagan nutqidan// Sog‘lom avlod – bizning 
kelajagimiz . T. ; Abu Ali Ibn Sino , 2000.-13 b
2.Sobirova D.T O‘zbekistonda Sovet totalitar tuzumining ayollar 
masalasidagi siyosati va uning oqibatlar(XIX asrning 40-80 yillari ) tarix fanlari 
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss.- T.,2009.45-bet 
3.Abdusattorova O. Oila muhitida o‘smirlarda shakllanadigan jinsiy
identifikatsiyaning gender xususiyatlari / psix. F.n ilmiy darajasini olish uchun 
yozilgan diss.- T., 2007. -19.6 
4.Hamidjon Hamidiy . ―Avesto‖ da oila va ayol erki va talqini // Huquq va 
burch.N:3. Toshkent, 2012. 42-43 b. 
SOVЕT DAVRIDA SUD TIZIMINING ShAKLLANISh TARIXI 
 
A.Abdullaev- PhD, E.Radjapova - 3 kurs talaba
NDPI tarix-o`qitish metodikasi kafedrasi 
 
Amudaryo bo‘limida oktabr to‘ntarishidan keyin bo‘limda tashkil topgan 
ishchi soldat va dehqon deputatlari soveti o‘lkada Rossiya imperiyasi davrida ish 
olib borgan hukumat tashkilotlari va boshqarmalari faoliyatini tugata boshladi.Xalq 
Komissarlari Soveti boshqaruvning o‘ziga xos shakl va usullarini ishlab chiqa 
boshladilar.Sud-huquq tizimiga e‘tibor qaratildi va mazkur masalalar bilan Xalq 
Komissarlari soveti,ishchi,dehqon,soldat deputatlari sovetlari ijroiy qo‘mitalari 
to‘g‘ridan to‘g‘ri shug‘ullandi,hatto tergov ishlarini ham olib bordi.Sovet davrida 
sud-huquq tizimining rivojlanishini shartli ravishda ikki davrga bo‘lib o‘rganish 
mumkin: 
Birinchisi-1917-yildan 1922-yilgacha bo‘lgan davr.Bu davrda sovet sudlari 
shakllana boshladi va har xil favqulotda tribunallar,komissiyalar tashkil etildi. 


65 
Ikkinchisi-1922-yillardan boshlangan bo‘lib,bu davrda sud tuzilishi sud 
tartiblari o‘rnatila boshlagan.Ayrim favqulotda tashkil etilgan organlar qisman 
tugatila boshlangan.Ko‘p hollarda fuqarolarning sudda ishi ko‘rilayotganda oddiy 
talablari bajarilmay,fuqarolarning gunohkor yoki gunohkor emasligini tasdiqlashga 
imkoniyat qolmagan.Ayrim sudyalar o‘z ishlariga nomutanosib bo‘lib,jinoyatning 
oldini olish bo‘yicha yetarli ish olib bormagan [1.O‘zRMDA 51-51 bet orqasi]. 
Turkiston Xalq Komissariatining 1917-yil 23-noyabrdagi birinchi buyrug‘i 
bilan Turkiston Respublikasi Adliya Komissariati tashkil topgan va Turkiston 
Avtanom Sovet Sotsialistik Respublikasi Xalq Komissarlari kengashi tarkibiga 
kiritilgan[2.Сборник декретов постоновление., 2-ro`yxat kirish so`zi.]. Turkiston 
Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 12-dekabrdagi buyrug‘iga binoan sudlar, 
prokuror nazorati, tergov va advokat tashkiloti. Шuningdek sud tartiblari, okrug 
sudi,sud palatasi va barcha nomdagi harbiy sudlar tugatilishi nazarda tutilgan .
1917-yil 24-noyabrda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan 
sud haqida dekret qabul qilindi. Dekretda sud tuzilishi va sudga tegishlilik 
masalalari belgilab berildi . Unga asosan okrug xalq sudlari tashkil etilgan bo‘lib, 
fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqqanda okrug xalq sudlarining doimiy a‘zolaridan uch 
nafar,navbatdagi sud maslahatchilari va bitta zahiradagi sud maslahatchilari,jinoiy 
ishlarda esa 12 nafar navbatdagi sud maslahatchilari va ikki nafar zahiradagi 
maslahatchilar doimiy sud a‘zolaridan bittasi raislik qilgan holda qarab chiqilgan. 
Dekretda xalq maslahatchilari va sud tergovi masalalariga e‘tibor qaratilgan. Unga 
asosan xalq maslahatchilari sud tergovida qatnashib nafaqat jinoyat faktlarini 
ochgan,balki qonunda ko‘rsatilgan jazo me‘yorini ozaytirish huquqiga ham ega 
bo‘lgan. Hatto aybdorni har qanday jazodan shartli yoki to‘liq ozod qilishgacha 
shug‘ullangan. Raisning xulosaviy so‘zi bekor qilingan.U faqat qonunda ko‘zda 
tutilgan jazo turi bo‘yicha xulosa bergan. Xalq maslahatchilarining kengashida rais 
kengash ovoziga ega bo‘lib qatnashgan. Mazkur dekretga binoan, Petrogradda oliy 
sud nazorati tashkil etilgan bo‘lib,Oliy sud nazorati amaldagi qonun bilan xalqning
huquqiy ongi o‘rtasida tafovut topsa,uni tegishli qonun chiqaruvchi organlarga 
yangi qonun chiqarish uchun taqdim etgan.Oliy sud nazorati qarorini sobiq Sovet 
hokimiyatining qonun chiqaruvchi organigina bekor qilishi mumkin bo‘lgan 
[3.O‘zRMDA. 13-23.b.]. Dekretta ayblov va himoya masalalariga ham aniqlik 
kiritilgan. 
Sud 
ayblovchi 
va 
himoyachi 
ishtirokida 
tashkil 
etilgan. 
Ishchi,soldat,dehqon deputatlari sovetlari qoshida jamoat himoyachilaridan hay‘at 
a‘zolari tashkil etilgan bo‘lib, ularga pul to‘langan.Yana bu dekretda xolislar 
sudi(Treteyskiy sud) yoki arbitraj sudiga e‘tibor qaratilgan [4.O‘zRMDA.13-b.]. 
Shu bilan birga, sudda oila-nikoh masalalariga ham e‘tibor qaratilgan. Adliya 
Komissariatining 1918-yil 24-martda buyrug‘iga asosan,qamoqqa olishdan boshlab, 
tintuv surgun va boshqa amallar faqat tegishli odamlar tomonidan tashkilotlarning 
order yoki mandatlari orqali amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa ham sovet 
hokimyati vakillari o‘lkada o‘zi bilganicha qamoqqa olib,tintuv o‘tkazgan,hatto 
odamlarning qozon-tovoqlarigacha musodara qilganlar. Sud hokimiyatiga 
bo‘ysunmagan fuqarolar ―inqilob‖ davri,‖sovet‖ davri qonuni bilan jazolangan[5. 
Sbornik dekretov i prikazov.33.b.]. Butun Turkiston Sovetlarining V syezdida ham 
sud tuzilishi masalasini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligiga e‘tibor 
qaratilgan.1918-yil 30-noyabrda Sovetlarning butun Rossiya Ijroiy qo‘mitasi va 
Xalq Adliya Komissariati tomonidan ―Rossiya Sovet Sotsialistik Federativ 


66 
Respublikasi Xalq sudi haqida‖dekret va nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan[6. 
Sbornik dekretov i prikazov.20 b.]. Xalq sudlari joylashgan viloyat va hududda 
okrug sudlari tashkil etilgan. Har bir okrug sudida xalq sudlari hukm va qarorlari 
ustidan kassatsiya va yakka tartibdagi shikoyatlarni qarab chiqish uchun xalq 
sudyalari soveti tashkil etilgan. Xalq sudyalari soveti a‘zolari xalq sudyalaridan 
tashkil topgan bo‘lib,okrug xalq sudyalari syezdi tomonidan saylangan va tegishli 
ishchi dehqon deputatlarining viloyat ijroiy qo‘mitalari tomonidan tasdiqlanib, xalq 
sudyalari sovetining prezidiumini tashkil qilgan. Xalq sudyalari sovetlarida jinoiy 
va fuqarolik bo‘limlari tashkil etilgan va ularga Xalq sudyalari soveti prezidiumi 
a‘zolari boshchilik qilgan. 1918-1919-yillarda Turkiston Respublikasi Adliya Xalq 
Komissariyatidan rus sudlari va mahalliy aholi sudlari bo‘limlari faoliyat 
ko‘rsatgan.Arxiv hujjatlari tahlillari shuni ko‘rsatadiki, 1920-yilning aprel oylariga 
kelib,o‘lkada boshboshdoqlik hukm sura boshlagan [7.O‘zRMDA.9-25.b.]. 
Amudaryo bo‘limida noqonuniy qamoqqa olishlar tintuvlar bosqinchilikka 
o‘xshash shakldagi odamlarning narsalarni musodara qilishlar, musodaraga 
o‘xshagan bosqinchiliklar har kungi oddiy holatga o‘xshab qolgan. Inson shaxsi va 
qadrining qonuniyligi haqidagi tasavvurlar qog‘ozlarda qolib amalda o‘z kuchini 
yo‘qotgan. 
1920-yil 25-iyundan boshlab, uezdlarda xalq sudlarining ijrochi byurosi 
tashkil etilgan [8. Doklad po Komissariatu.2 b.]. Bu davrda Petro-Aleksandrovskda 
xalq sudlari soni ikki nafar, tergovchilar soni ikki nafar bo‘lib, ulardan biri rus 
millatiga mansub bo‘lgan. Shuningdek uch nafar himoyachi faoliyat yuritgan, 
kadrlar yetishmasligi tufayli bir nafar xalq sudyasi, bir nafar tergovchi, uch nafar 
himoyachi lovozimi bo‘sh bo‘lgan. Shu bilan birga Chimboyda, Sho‘raxonda uch 
himoyachiga muhtojlik sezilgan[9.O‘zRMDA.32-b.]. Xalq sudlari 1920-yillargacha 
tashkiliy holatda bo‘lgan.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, harakatdagi sudlarni Xalq 
sudi deb atash qiyin. Chunki faktlarga asoslansak, rus sudlarida sudya lovozimida 
imperiya davri amaldorlari o‘tirgan. 1923-yilga kelganda Amudaryo bo‘limiga 
e‘tibor ortgan va sud tizimi xodimlari ko‘paytirilgan. To‘rtkul viloyat sudida, 
viloyat sudi sudyasi, sud raisi o‘rinbosari shuningdek sud a‘zolari to‘rt nafar, ikki 
nafari zahiradagi sudyalar, bir nafar sudya kotibi, ikki nafar kotiblar, umumiy 
hammasi bo‘lib 24 nafar xodim faoliyat yuritgan. To‘rtkul viloyat sudida bir nafar 
katta tergovchi, bir kotib ish olib borgan. Shtatlar loyihasi ishlab chiqilgan va 
beshta qo‘shimcha texnik shtatlar berish rejalashtirilgan.Hisobchi lavozimi esa 
tugatilgan. Sobiq sovet tuzimi davrida noaniq qarorlar qabul qilingan[10. 
O‘zRMDA.15-32b.].
Rossiya imperyasi davri qonunlaridan foydalanganlar, 
ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritilib, ayrimlari bekor qilinib turgan.Shunday qilib 
XX asrning 20-yillarida Sovet sudi huquqiy asoslarining zaruriy qismi yaratilgan va 
o‘lkada sobiq sovet sudi shakllana boshlagan.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет