Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус


ATTACK TECHNIQUE IN MODERN VOLLEYBALL



Pdf көрінісі
бет32/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

    Бұл бет үшін навигация:
  • Keywords
ATTACK TECHNIQUE IN MODERN VOLLEYBALL 
Sulaymanov Jakhongir Solijonovich 
Assistant teacher, department of "theory and methodology of sports 
 games" faculty of "types of sports", Fergana branch of uzbekistan
state university of physical education and sports 
Annotation: This article provides detailed recommendations, comments, and 
recommendations for attack techniques. In the volleyball game, players have to move 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
73 
with the ball in a short time. For this reason, a player needs to be highly prepared to play 
with the ball in this or that game situation. For this purpose, it is necessary to occupy 
different states to perform different methods of action. 
Keywords: Volleyball, hitting, kicking, technique, transfer, game, methods, 
training, hard shot, no ball, diagonal, transfer, net, entry, in action. 
 
Kirish 
Hujum zarbasini berishda – baland sakragan holda imkoni darajasida qo‘yilgan 
to‘siq (blok) ning ustidan (yoki ikki yonlaridan) urish imkon bo‘lmaganda esa ustidan 
(yoki ikki yonlaridan) tashlab qo‘yish talab etiladi. Bunda UOM (umumiy og'irlik 
markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bogiiq bo'ladi. Shuni ham 
ta'kidlash o'rinliki, o'yinchining bo'yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli 
ta'sir ko'rsatadi. 
Asosiy qism. 
To'pni orqa tomonga (mo'ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda o'yinchi 
to'pning tagiga kirib boradi. Bunda qo'lning orqa kaft qismi bosh orqasigacha 
ko'tariladi. To'p uzatish qo'llarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga bajariladi, gavda 
orqaga-yuqoriga harakatlanadi, bunda harakat umurtqa pog'onasining ko'krak va bel 
qismlarining bukilishi hisobiga bo'ladi. Sakrab orqaga to'p uzatish xuddi tayanch 
holatda orqaga to'p uzatish kabi bajariladi. To'p uzatishning eng murakkab usuli bu 
sakrab bir qo'l bilan to'p uzatishdir. Bu usul to'p to'r ustiga kelib qolgandagi murakkab 
sharoitda bajariladi. Bu holda qo'l tirsaklarda bukilib, oldinga chiqariladi. Kaftlar 
oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib, tarang holga keltiriladi. To'p uzatish tirsak 
bo'g'inining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi. 
Hujum zarbalari 
Hujum zarbasi - jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul 
hisoblanadi. Bu harakatlar to'rning yuqori qismidan balandda amalga oshiriladi. 
Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining samarasi juda 
pastdir. 
Hujum zarbalari yo'nalishiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
1. To'g'ri yo'nalish bo'yicha, bunda zarba berilgan to'p yo'nalishi hujumchining 
yugurib kelish yo'nalishiga mos tushishi kerak. 
2. Yo'nalishni o'zgartirib, zarba berilgan to'p yo'nalishi hujumning yugurib kelish 
yo'nalishiga mos tushmaydi. 
To'pning uchish tezligiga qarab hujum zarbalari quyidagicha farqlanadi: 
1. Zarba beruvchi qo'lni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish bilan kuchli 
(tezkor), kaftli (tezlanishli) va aldamchi (sekin). 
2. Hujum zarbasini to'g'ri (to'rga to'g'ri turgan holda) va yon tomon bilan (to'rga 
nisbatan) bajarish mumkin. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
74 
1-rasm. Hujum zarbalari 
To'g'ri hujum zarbasi berish 4 fazada amalga oshiriladi: 
1.Yugurib kelish; 
2. Sakrash; 
3.To'pga zarba berish; 
4. Qo'nish. 
2-rasm. To'g'ri hujum zarbasi berish 
Bu fazalar bir qancha kichik fazalarga bo'linadi. Yugurib kelish fazasida hujumchi 
ikkita asosiy vazifani hal etadi: balandroq sakrashga erishish va to'pning uchish tezligi, 
yo'nalishini to'g'ri aniqlash. Oyoqlar tizza qismida, gavda esa tos-son bo'g'imida 
bukiladi. Keyin esa qo'llar oldinga-yuqoriga silkitiladi, oyoqlar tayanchdan uziladi, 
gavda oldinga bir oz egilib, vertikal holatga keltiriladi. Zarba beruvchi qo'lning kafti 
bosh orqasiga o'tib ketmasligiga va tirsak yelkadan bir oz yuqorida bo'lishiga e'tibor 
berish lozim. 
Zarba berish fazasida - o'ng (yoki chap) qo'l tirsak bo'g'imida to'g'rilanib, 
yuqoriga-oldinga cho'ziladi. Zarba qorin, ko'krak, qo'l mushaklarining ketma-ket va 
keskin qisqarishi bilan bajariladi. Bunda zarba beruvchi qo'l kafti to'pning orqa-
yuqorisiga uriladi. Zarba kuchi taktik vazifani hal qilish bilan belgilanadi. Boshlang'ich 
o'rgatish bosqichida hujum zarbasining kuchiga emas, balki uning o'z vaqtida 
berilganligiga va yo'nalishiga e'tibor qaratish zarur. 
Qo'nishda hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda tayanch-
harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o'yin harakatlarini 
bajarishga qulay sharoit yaratiladi. 
Texnik usullarni takomillashtirish uchun harakatli o‘yinlar 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
75 
“Raqib maydonini o‘qqa tutish”. Voleybol maydonining yon chiziqlariga bir-biriga 
to‘g‘ri 2m diametrdagi doiralar chiziladi. Doira ichida o‘yinchilar joylashib, to‘pni ikki 
qo‘llab yuqoridan va pastdan uzatib, qarama – qarshi tomondagi doiraga tushirishga 
harakat qiladilar. Agar to‘p doiraga yetib bormasa yoki yonidan o‘tib ketsa, o‘yinchi uni 
qabul qilmasligi mumkin. Bunda raqib jarima ochkosi oladi. O‘yin 5min. Davom etadi. 
Kam jarima ochkosi olgan o‘yinchi g‘olib bo‘ladi (3 – rasm). 
3-rasm.“Raqib maydonini o‘qqa tutish” o‘yini. 
“To‘pni otish va tushirish”. Ikki jamoa o‘yinchilari yuza chiziqlarda turadi. Har bir 
komandada 5 tadan to‘p bo‘ladi. Murabbiyning signali bo‘yicha ikkala komandaning 
o‘yinchilari maydonni ichkarisiga to‘pni otishga harakat qilib, 5 tadan podacha 
bajaradilar. Podacha otishga navbatda turgan o‘yinchilar to‘plarni yig‘ib kelib, 
sheriklariga berib turadilar. Agar podacha buzilsa yoki chiziq ezib olinsa, podacha 
hisoblanmaydi. Maydonga to‘pni ko‘p tushirgan komanda g‘olib hisoblanadi (4-rasm). 
4-rasm. “To‘pni otish va tushirish” o‘yini. 
“Kim zo‘r?” o‘yini. Uch o‘yinchi orqa chiziqdagi 5, 6 va 1 zonalarda joylashadilar. 
Ulardan har bir 10 tadan kuchli podachani qabul qiladi (5 rasm). To‘pni ochkolar 
quyidagicha beriladi: 2-qabul qilishda xatolik; 3-texnik xatosiz qabul qilish; 4-xatosiz 
qabul qilish, to‘p hujum zonasiga etkazib berildi; 5-zarba berish uchun darxol uzatildi. 
10 ta to‘pni o‘yinga kiritishdan keyin o‘yinchilar joyini almashadilar. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
76 
Xulosa 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Jamoa hujumini faqatgina to'g'ri hujum 
zarbalari bilan yakunlash kifoya qilmaydi. Shuning uchun hozirgi zamon voleybolida 
to'p yo'nalishini o'zgartirib bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatlidir. To'p 
yo'nalishini o'zgartirib bajariladigan hujum zarbalarining tuzilishi to'g'ri zarba berish 
texnikasiga o'xshashdir. To'p o'ng tomonga yo'naltirilganda, depsinishdan so'ng gavda 
o'ng tomonga burilib, bir oz chapga engashtiriladi, chap qo'l yelkasi to'rdan olib 
qochiladi. 
Mashg‘ulot yakunini chiqarishda texnikani o‘rgatish vazifalari, harakat sifatlarini 
tarbiyalash va shaxs sifatlarini tarbiyalash vazifalarini hal qilish qandayligiga alohida 
e’tibor berish zarur. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет