724
«Молодой учёный» . № 23 (313) . Июнь 2020 г.
Молодой ученый O’zbekiston
Молодой ученый O’zbekiston
PWA — bu veb texnologiyalari guruhidan ya’ni
JS+HTML+CSS-lardan foydalanadigan, nativ mobil ilovalar
uchun hos bo‘lgan qulayliklarga ega va veb saytdan foydalanish
oddiyligini yaratish imkonini beruvchi ilovalar guruhining
nomlanishi. Uni boshqacha qilib «o‘rnatiladigan veb ilova» yoki
«progressiv veb ilova» deb ham nomlashadi. Aslida u oddiygina
veb sahifa yoki veb sayt, lekin, foydalanuvchi nuqtai nazarida u
mobil ilova ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu ilova hozirgacha
taqdim etilgan barcha veb va mobil texnologiyalarning eng qulay
va eng yaxshi tomonlarining jamlanmasidan tashkil etilgan.
PWA asosan veb saytlarning konversiyasini va foydalanuvchilari
sonini oshirish, veb ilovalarni mobil qurilmalarda foydalanish
qulayligini yaratish uchun mo‘ljallangan.
Progressive Web Apps (PWA) ni Google 2015-yilda e’lon
qilgan edi. Mobil saytlarni yaratishning bu formati oʻzining
oddiyligi va unda boshqa texnologiyalarga qaraganda koʻpgina
kamchiliklar bartaraf etilganligi bilan e’tiborni oʻziga tezda
torta oldi. 2016-yilga kelib esa Google I/O konferensiyasida The
Washington Post nashri oʻz sayti uchun birinchilardan boʻlib
oʻzining progressiv veb ilovasini yaratganini ma’lum qildi va
uni qoʻllashda erishilgan yutuqlar koʻrsatildi. Ular haqiqatdan
ham xayratlanarli natijalarga erishgan edi.
Progressiv veb ilova biz koʻnikib ulgurgan «odatiy» boʻlgan
veb ilova yoki «odatiy» veb sayt emas. Bu innovasion texnologiya
sayt va ilovaning eng yaxshi jihatlarini oʻzida jamlagan ilovaning
oʻziga hos boʻlgan gibrid koʻrinishi boʻlib, oddiy ilovalarga
qaraganda oʻnlab ustunliklarga ega va hozirgi kunga kelib
judayam ommalashmoqda.
Mobil telefonlardan saytga tashrif buyuruvchilar uchun
tezlik katta ahamiyat kasb etadi. 2018 yil iyulidan boshlab,
Google mobil saytlarini yuklab olish tezligiga asoslangan
yangi ranjlash algoritm bilan tanishtirdi. Bu algoritmga koʻra
endilikda yuklanish tezligi yuqori boʻlgan saytlar qidiruv
natijalarida birinchilar sifatida taqdim etiladi. Shu kunga qadar
yuqori reytinglar uchun eng muhim mezonlar: sayt mazmuni,
SEO bo’yicha tuzilishining to’g’riligi va boshqalar ta’sir qilar edi.
Bundan kelib chiqadiki PWA uchun bir marta harajat qilib sayt
reytingini koʻtarish uchun SEO (search engine optimization —
qidiruvni optimallashtirish) harajatlaridan ham holos bo’lamiz
va saytning reytingi avtomat tarzda yuqorilanadi. Bunday holda,
saytda PWA mavjudligi uni maksimal tezroq yuklab olishga
imkon beradi (The Washington Post nashrida bu koʻrsatkich
100 barobargacha oshgan edi). PWA-ning xususiyatlari esa
saytni offlayn rejimda koʻrish va yoki yomon Internet aloqasi
boʻlganda ham foydalanish imkonini beradi.
PWA bilan, sayt avtomatik ravishda mijozning smartfoniga
bir marta bosish bilan oʻrnatiladi. PWA ning afzalliklari
AliExpress, OLX, Lancome kabi global savdo gigantlari
tomonidan yuqori baholandi. Dunyoning eng yirik va nufuzli
media-nashrlaridan biri boʻlgan, The Washington Post, o’z
biznesini rivojlantirish uchun PWA ni tanladi.
Foydalanuvchi smartfondan foydalangan holda veb saytga
berilgan havolani ochadi va veb sahifa toʻliq yuklangandan
soʻng foydalanuvchi PWA ilovasini mobil ilova kabi ishlatishi
mumkin boʻladi. Shu bilan birga yangi ilovani ishlatish odatiy
ilovalarga qaraganda anchagina qulayroq boʻladi. Sababi
yangi ilovani oʻrnatish uchun tegishli tizimga kirish va uning
oʻrnatilish jarayonini kutish shart emas.
Google kompaniyasi bu texnologiyani aktiv taqdim etishni
boshlashi bilan dunyodagi katta biznes yurutuvchi kompaniyalar
bu yangi texnologiyani oʻzlarida qoʻllagan holda raqiblariga
qaraganda anchagina ustunliklarga ega boʻlishdi.
AliExpress, OLX, Lancome, The Washington Post,
MakeMyTrip, Forbes kabi mashhur kompaniyalar oʻzlarida PWA
texnologiyasini qoʻllashgan va natijada yangi texnologiyaning
imkoniyatlariga ijobiy baho berishgan. Keyinchalik esa Google
progressiv veb ilovalarni oʻzlarida qoʻllagan kompaniyalarning
statistik tahlilini oʻtkazgan. Bu tahlil natijalari bilan tanishib
texnologiyani qoʻllagan kompaniyalarning judayam yaxshi
koʻrsatkichlarni qayd etganliklari koʻrish mumkin.
1-rasm.
Достарыңызбен бөлісу: |