Ч а с т ь I x главный редактор


“Young Scientist” . # 23 (313) . June 2020 Young Scientist O’zbekiston



Pdf көрінісі
бет83/103
Дата08.12.2022
өлшемі4.33 Mb.
#466862
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103
moluch 313 ch9 Z6mUoK3

723
“Young Scientist” . # 23 (313) . June 2020
Young Scientist O’zbekiston
Young Scientist O’zbekiston
М ОЛ ОД О Й У Ч Е Н Ы Й O’ Z B E K I S TON
Veb ilovalarning mobil qurilmalarda foydalanish effektivligini oshirish uchun PWA 
texnologiyasini qo’llash
Zaripov Fazilbek Maxsetovich, assistent;
Begjanova Ziybagul Tajetdinovna, assistent;
Geldibaev Begench Egendurdiyevich, magistrant
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali (O’zbekiston)
Maqolada dars jadvali veb-ilovasida progressive web application texnologiyasini qo’llash masalasiga bag’ishlanadi.
Kali so’zlar: pwa, web, web-app, php.
Применение технологий PWA в веб приложениях для повышения эффективности 
использования на мобильных устройствах
Зарипов Фазилбек Махсетович, ассистент;
Бегжанова Зийбагул Тажетдиновна, ассистент;
Гелдибаев Бегенч Егендурдиевич, студент магистратуры
Ташкентский университет информационных технологий, Нукусский филиал (Узбекистан)
В статье рассматривается использование технологий PWA в веб-приложении расписания уроков.
Ключевые слова: pwa, web, web-app, php.
D
asturchilar va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar 
orasida mobil operatsion tizimlar uchun ilovalar ishlab 
chiqishga bo‘lgan qiziqish va talab kundan kunga ortib 
bormoqda. Mobil ilovalarni yaratish imkonini beruvchi 
yondashuvlar va qurollarning esa turlari tobora ko‘paymoqda. 
Hozirgi vaqtda smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va shu kabi 
turli qurulmalarning judayam ommalashishi bilan internetda 
oʻzining veb saytiga ega boʻlgan deyarli barcha tashkilotlar 
va ommaviy saytlar egalari, foydalanuvchilar ularning 
resurslaridan foydalanishi qulay boʻlishi uchun android
iOS platformalariga moʻljallangan maxsus ilovalarni ishlab 
chiqishadi va shu bilan foydalanuvchilar uchun birqancha 
qulayliklarni yaratishadi.
Bugungi kundagi o’tkazilgan tahlillarga qaraganda mobil 
ilovalarga qaraganda web-ilovalarga talab kuchaymoqda. 
Buni statistik ma’lumotlarda ko’rishimiz mumkin. comScore 
saytining oʻtkazgan statistik tahlilining natijalariga koʻra 
foydalanuvchilarning 65,5 foizi bir oy davomida umuman 
hech qanaqa mobil ilovani yuklashmagan, ularning ozgina 
qismigina bir oy davomida 2 yoki 3 ta ilovani yuklab olishgan. 
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, mobil ilovalarga bo’lgan 
qiziqish web ilovalarga qaraganda juda past. Bundan tashqari 
tahlillar oʻtkazish bilan shugʻullanadigan Recode saytining 
ma’lumotlariga qaraganda foydalanuvchilar tomonidan 
ilovalarni deinstalyatsiya qilinishi oʻrnatilishiga qaraganda 
yildan yilga ortib bormoqda. Tasavvur qiling sizning saytingizdan 
foydalanuvchi oddiy ilova kabi foydalanishi mumkin. Ya’ni 
uni oʻzining xohlagan qurulmasiga oʻrnatishi, xabarlar olishi 
va hattoki undan internet bilan boʻgʻlanish boʻlmaganda 
ham foydalanishi mumkin. Mana shu imkoniyatlarni Google 
tomonidan taqdim etilgan yangi va zamonaviy texnologiyasi 
toʻliq yaratib beradi [3].
Bu texnologiya Progressive Web Apps (PWA) deb nomlangan 
boʻlib progressiv veb ilova deb aytish mumkin. Veb sayt yoki veb 
ilovani yaratish, qoʻllab-quvvatlash yoki mukammallashtirish 
ishlari bilan shugʻullanadigan har qanday dasturchi PWA dan 
foydalanishi mumkin. Sababi PWA dan foydalanish veb saytning 
sifatini yaxshilaydi, konversiyasini va foydalanuvchilari sonini 
oshirish imkonini beradi va eng asosiysi mobil platforma 
egalarining veb ilovalardan foydalanishi uchun qulayliklar 
yaratadi. Ushbu maqola aynan shu PWA texnologiyasini 
veb-ilovalarda qo’llanishga ba’gishlanadi. Maqolada ta’lim 
muassasalarida dars jadvali veb-ilovasida PWA texnologiyasini 
qo’llash yoritib beriladi.




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет