7
qilingan. Bu qoidalar bitta asosga jamlangan bo‗lib, bu biznes sohasidagi usul va
siyosatni baholashda ularning haqiqat va adolatlilik tushunchalariga mos kelishi
bilan belgilanganidir.Vaqt o‗tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor raxbar faoliyatining mazmuni uning
boshqarish san‘atini nechog‗lik egallagani, ya‘ni odamlarni jamoaga uyushtirish,
ishlarni rejalashtirish, nazorat qilish,axborotlar ayriboshlash, boshqarishni uquv
bilan tashkil etish kabi mezonlar bilan xam izohlanadi.[1.34b] Bunda tadbirkor
rahbar ongliligi, tadbirkorliligi, odamlarning moddiy va ma‘naviy extiyojlarining
qondirib borilishi, uning gurux, jamoa jamiyat oldida ma‘suliyat, burch tuyg‗usini
chuqur xis qilishi muhim ahamiyatga ega.Boshqarish san‘ati tadbirkor raxbarlardan
talab qilinadigan xislatlardan eng asosiysi bo‗lib, uning o‗z qo‗l ostidagi
xizmatchilar bilan juda yaxshi munosabat o‗rnatish, korxonada ishlab
chiqarishning eng samarali natijalarini beradigan muxtni yaratishidadir.
Yaponiyaning boshqarish uslubi ana shu tamoil asosiga qurilgan.
Yaponlarninig boshlang‗ich ijtimoiy sharoiti shundayki, ular ishchini ijtimoiy
ximoya qilish bilan birga ma‘naviy tarbiyalab borishadi,inson psixologiyasidan
to‗g‗ri foydalanishadi, ishchini ishga tayyorlash jarayonida xalqqa ma‘lum bo‗lgan
uslublarni qo‗llashadi, ya‘ni bajariladigan ishning nozik tomonlarini va
qat‘iylikning o‗rgatishadi. Maxsulot ishlab chiqarish bilan uning sifatini nazorat
qilish jarayoni xech qachon ajratilmaydi yoki bir-biriga qarama-qarshi qo‗yilmaydi.
Ularning fikricha, nazoratni kuchaytirish yoki nazoratchining xuquqini kuchaytirish
bilan yuqori sifatli mahsulot olib bo‗lmaydi. Vaxolanki, mahsulot sifatini tayyor
bo‗lgandan keyin emas, aksincha uni tayorlash jarayonida, xar bir bajarilgan ishdan
so‗ng nazorat qilish kerak. Nazoratchining asosiy vazifasi sifatsiz maxsulot ishlab
chiqarayotgan ishchini topib, uni jazolash emas, balki uning sababini izlashdan va
bartaraf qilishdan iborat bo‗lishi kerak. Mana shu uslubni yaponlar tug‗ri yo‗lga
qo‗yganligi sababli xar bir ishchi o‗z-o‗zini nazorat qilishga o‗rgangan va doimo
o‗z ustida izlanishlar olib boradi. Kompaniyalarda sifat guruxlari tashkil
qilingan.Bizda xam xar bir tadbirkor rahbar ish joylarida mana shunday uslubni
tashkil qila olishi kerak. Shundagina sifatsiz maxsulot sonini kamaytirib, yuqori
sifatli maxsulot olishga erishish mumkin. Shundagina kichik biznesda ishlab
chiqarishni kengaytirmasdan, ishchilar sonini o‗zgartirmasdan ko‗plab maxsulot
olishga erishish mumkin.
Tadbirkorning sheriklari bilan munosabatlari qanchalik to‗g‗ri tuzilganligi
biznesdagi muvaffaqiyatni belgilaydi.
Sherik deb, biror bir birgalikdagi
faoliyatning ishtirokchisiga aytiladi. Tadbirkorning sheriklari bilan aloqalarini
mustahkamlashda shaxslararo munosabatlar masuliyatli katta ahamiyatga ega:
umumiy g‗oyaga qiziqqan va ularni amalga oshirishga tayyor bo‗lgan sheriklar
bilan aloqa o‗rnatish; boshliq bilan tuzilgan kelishuv (kontrakt) shartlariga qattiq
rioya qilinishi; haq to‗lash shartlari; ijtimoiy imtiyozlar (berilgan bo‗lsa); korxona
boshqarilishidagi ishtiroki; yil natijalari bo‗yicha dividentlar to‗lash shartlari;
ishdan bo‗shagandan o‗z ulushini olish ta‘minlanadi.Tadbirkor rahbar
tashkilotchiligi - mehnat jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, ishlab chiqarish va
tarbiyaviy jarayonlarga t‘sir ko‗rsatish, gurux faoliyatini oliy maqsadlarga qarata
8
olish qobilyati kabi masalalarni qamrab oladi. [2,56b]Tadbirkor rahbar jamoani
moddiy va ma‘naviy ne‘matlar ishlab chiqarishiga rahnamolik qilar ekan, shuni
unutmaslik kerakki, odamlar bir-birlari bilan o‗zaro munosabatda, bir-birlariga xar
jixatdan muxtoj, shaxsiy extiyoj va maqsadlarga egadirlar. Shu bois xar qanday
tadbirkor-raxbar eng avvalo shaxslararo munosabatlarga insoniy qadriyatlarga
diqqat e‘tiborini qaratmog‗i lozim bo‘ladi.
Mijozlar bilan munosabatlar kichik biznesda mijozlar bilan munosabatga
muhim ahamiyat berish lozim. Kichik biznes mijoz sifatida, dallollik idorasi, birja,
tayyorlov tashkiloti qayta ishlovchi korxona, shuningdek mahsulotlarning doimiy
buyurtmasi yoki haridori bo‗lgan ayrim shaxslar gavdalanishi mumkin. Mijoz kim
bo‗lishidan kat‘iy nazar: tashkilotmi, korxonami, firmami yoki yakka shaxsmi -
avvalo tadbirkor oldida o‗z muammolari bilan murojaat qilayotgan inson ekanligini
esda to‗tishi lozimdir.Tadbirkorning vazifasi - mijozni o‗z qo‗liga olib uni ushlab
qolmoq. Har bir tadbirkor (yakka shaxs yoki korxona) shu maqsadda o‗z ishini
mijozga bag‗ishlamogi kerak. Bu maqsadga erishishda quyidagilarni ta‘minlash
zarur:
har doim o‗zini mijoz o‗rniga qo‗yishi;
qog‗ozbozlikka yo‗l qo‗ymaslik;
haridorlar bilan tovar sotilgandan so‗ng ham aloqani uzmaslik.
Bular tadbirkorlik psixologiyasining asosiy omili xisoblanadi.
Достарыңызбен бөлісу: