101
TURKISTONDA ILK NOSHIRLIKNING PAYDO BO‟LISHI VA
SHAKLLANISHI TARIXIDAN
M.Mambetbaev – 3-a kurs talaba, T.A.Kudyarova –t.f.n., docent
Ajiniyoz nomidagi NDPİ Tarix oqitish metodikası kafedrasi
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda birinchi marta bosma kitob nashr
etila boshladi. Bu g`oyat muxim tarixiy voqea edi. Lekin Orta Osiyoning markaziy
shaharlarida bosmaxonalarning tashkil etilishini chor Rossiyasining ulkaga
ko‘rsatgan marhamati sifatida qabul qilish kerak emas. Birinchidan, noshirlik jahon
mamlakatlarida keng tarqalib bo‘lgan edi. Ikkinchidan, Turkiston ulkasidagi
ijtimoiy-siyosiy vaziyat chor hukumatidan bu erda mustamlakachilikka qarshi
kurash avj olib ketishini bartaraf etish uchun muayyan jihatdan mahalliy ijtimoiy
talablarga yon berishni talab qilar, bu borada bosmaxona kabi ijtimoiy
dunyoqarashga ijobiy ta`sir ko‘rsatadigan, lekin mavjud mustamlakachilik
siyosatiga halaq bermaydigan siyosiy vositalardan foydalanishga majbur etardi.
Uchinchidan, bosmaxonalar Turkiston ulkasidagi kitobga bo‘lgan yuksak talabdan
kelib chiqib, iqtisodiy foyda olishni ko‘zlagan holda tashkil etilgan, bu o‘rinda
Turkistonga sexrli ulka sifatida qaragan rus burjuaziyasining nafsi ham yaxshigina
rol` uynagan edi.
Turkiston xalqlari, jumladan, o‘zbek xalq ogzaki va yozma ijodining tarixiy
tomirlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Orta
Osiyoda VII asrlarga kelib,
qog`oz
(650 yilda Samarkandda) ma`lum bo‘lgan. Endi terilarga emas, balki
kogozga yozilgan kitoblar paydo bo‘la boshlagan. Qo‘lyozma kitoblar keyinchalik
tosh-bosmada (litografiya) bosildi. Qo‘lyozma kitob san`ati barcha asrlarda keng
tarqalgan edi. Bosma usulda kitob tayyorlash XIX asrning ikkinchi yarmidan
boshlab rivojlandi. 1872 yilda nashr etilgan Shoximardon Ibroximovning
«Kalendar» kitobi ularning dastlabkisi edi.
Ma`lumki, o‘zbek matbuoti taraqqiyotining 47 yili Turkistonda chorizm
hukmronligi davrida, 74 yili esa shuro tuzumi sharoitida kechdi. Tadqiqotchilar
tomonidan matbuotimiz tarixini yorituvchi talaygina maqola, risola va kitoblar
yaratilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda xususiy bosmaxonalar paydo bo‘la
boshladi. 1877 yilda S.I.Laxtin tashkil etgan bosmaxona shularning dastlabkisidir.
Mazkur bosmaxona litografiya jihozlariga ega bo‘lib, mahalliy tilda kitoblar nashr
qilgan. Shuni alohida qayd kilish kerakki, Turkistonda, garchi bosmaxona kech
tashkil topgan bo‘lsada, lekin litografiya yo`li bilan kitob nashr qilish ancha
rivojlangan edi. Sabab shuki, litografiya texnikasi uncha murakkab bo‘lmay,
bosmaxona uskunalariga nisbatan birmuncha arzon edi. Orta Osiyoda birinchi
litografiya Xiva shaxrida 1874 yili vujudga keldi. Uning tashkilotchisi Otajon
Abdalov edi. U eronlik ustozi Ibroxim Sulton rahbarligida Xivada toshbosma
tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi. Shu paytdan boshlab u «Otajon bosmachi»
(matbaachi) degan nom oldi. Biroq, bu ish uzoqqa chuzilmadi. Xonlikdan moddiy
yordam bo‘lmagach, uning faoliyati to‘xtab qoldi.
Keyingi davrlarda tashkil etilgan litografiyalar maxalliy burjuaziya
vakillaridan iborat ayrim shaxslar qo‘lida edi. Temir sotuvchi Esonboy
102
Xusayinboev ham dastlabki o‘zbek nashriyotchilaridan biridir. Uning litografiyasi
Toshkentda 1883 yilda ishga tushirildi. Mazkur litografiya uchun asbob-uskunalar
Rossiyadan 50 dan ortiq tuyada keltirilgan. Kitob va ma`rifatni nihoyatda sevuvchi
o‘zbek nashriyotchisi kitoblarni o‘z ona tilida chiqara boshladi. 1888 yilning
oxirida Toshkentda S.A.Portsev tomonidan yana bir bosmaxona ishga tushirildi.
Umuman, 1868 yildan 1898 yilga qadar Turkistonda matbaa korxonalarining soni
15 ga etdi. Ulardan 6 tasi bosmaxona bo‘lib, qolganlari litografiya yoki
tipolitografiyaga ega bulgan bosmaxonalardir. Toshkentda 1898 yilda o‘zbek
ziyolisi Gulom Xasan Orifjonov tashkil etgan mukrvaxona, keyinchalik (1907 yil)
bu ustaxona toshbosma nashriyotga aylantirilgan. «Rulomiya» litografiyasi esa
1902 yilda ochildi. Namangan uezdi Turaqurgon kishlogida I.Ibrat tomonidan 1909
yilda ochilgan «Matbaai Isxokiya» litografiyasida asarlar nashr qilingan.
Shunday qilib, ilk noshirlikning paydo bo‘lishi va shakllanishi o‘zining
qiziqorli tarixiga ega.
Достарыңызбен бөлісу: