161
Ana shu jihatdan, bugungi kunda mamlakatimizda, siyosiy- huquqiy voqelikni
hisobga olgan holda, huquqiy ta‘lim va ma‘rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar
targ‗ibotini tubdan yaxshilash, aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan
hurmat bilan munosabatda bo‗lishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‗usining
yanada ortishini ta‘minlash g‗oyat dolzarb vazifalardan bo‗lib turibdi.
Ta‘kidlash lozimki, umumiy ta‘lim jamiyat rivojida zarur tayanch bo‗lsa,
huquqiy ta‘lim demokratik huquqiy davlatning poydevoridir.Chunki huquqiy ta‘lim
va huquqiy madaniyat har qanday demokratik mamlakatda xalqning erkin yashashi,
farovon turmushi, xohish-irodasi va ezgu maqsadlarini hech qanday to‗siqlarsiz
amalga oshirishda muhim kafolatdir.
Huquqiy ta‘lim-tarbiyaning asosiy vazifasi, qonunlarimizni, birinchi navbatda,
Konstitutsiyani chuqur o‗rgatish va hurmat ruhini shakllantirishdan iborat. O‗z
huquqlari va burchlarini yaxshi bilgan jamiyat a‘zolarigina ijtimoiy hayotning
barcha sohalarida ongli ravishda faoliyat yuritadi. Shu boisdan, uzluksiz ta‘lim
tizimida jamiyat, davlat va huquq masalalariga adolat, erkinlikka asoslangan holda
yondashib, huquqiy munosabatlar qanday tartibga solinishini o‗rganishga talab
tobora kuchaymoqda. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek:
―Gumanitar fanlarni ilg‗or marralarga
olib chiqish ham juda muhim
yo‗nalishlardandir‖.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan 2001-yil 4-yanvarda qabul qilingan
―O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiysini o‗rganishni tashkil etish to‗g‗risida‖gi
farmoyishi bu jarayonni yanada faollashtirishga xizmat qilmoqda.Ushbu hujjatga
asosan, ta‘limning barcha bosqichlarida Konstitutsiyani o‗qitish bo‗yicha o‗quv
mashg‗ulotlari joriy etildi.
Davlatimiz siyosatining asosiy yo‗nalishlaridan biri bo‗lgan huquqiy
madaniyatni oshirish, huquqiy tarbiyani yanada yaxshilash borasidagi ishlarning
rivoji 2011-yil 23-avgustdagi ―O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorda o‗z
aksini topdi. Ushbu qarorda aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda
qonuniylikni mustahkamlash kabi vazifalarga alohida e‘tibor qaratilib, shu
maqsadga yo‗naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy
targ‗ibot va ma‘rifat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi O‗zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligiga yuklatilganligi qayd etilgan. Shu bilan birga,
―Huquqiy targ‗ibot va ma‘rifat bo‗yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish
yuzasidan idoralararo kengash‖ ning tashkil etilishi esa, har bir fuqaroda o‗zining
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini nafaqat bilishi, ayni paytda ularni himoya
qila olish qobiliyatini shakllantirishda muhim asos bo‗ldi.
Mamlakatimizda Adliya organlari hamda muassasalari tomonidan jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida aholi va yoshlar bilan uchrashuv,
konferensiya, munozara, davra suhbatlari tashkil qilinmoqda.
O‗tgan davrlarning qiyosiy tahliliga ko‗ra, birgina 2007-yili ―Ijtimoiy fikr‖
jamoatchilik fikrini o‗rganish markazi tomonidan o‗tkazilgan sotsiologik
tadqiqotlar natijasiga ko‗ra, yoshlar huquqiy savodxonlikni oshirishda avvalo,
Konsitututsiyani yaxshilab o‗rganishni (54,5 foiz), Fuqarolik (34,2 foiz), Jinoyat
162
kodekslari (29,4 foiz) bilan tanishish muhimligini ta‘kidladilar. Shuningdek,
mazkur tadqiqot, ishtirokchilarining o‗zlari uchun huquq ustivorligi siyosat
darajasiga ko‗tarilgan mamlakatda huquqiy bilimlarni barqaror oshib borishi
naqadar muhimligini yaxshi anglashidan dalolat beradi.
Keyingi yillarga kelib, xalqimiz, ayniqsa yoshlarning huquqiy fanlarni
o‗rganish, davlat tomonidan qabul qilinayotgan qonun, qaror va dasturlarni ishlab
chiqish, muhokama qilish hamda bevosita o‗z taklif va mulohazalarini bildirish
borasidagi faolligi oshib bormoqda. Demak, bu jarayonlar fuqarolarda siyosiy
dahldorlik hissini uyg‗otib, uning yanada kengroq yoyilishiga ko‗maklashadi.
Ta‘kidlash lozimki, 2014-yilning 6-fevralida O‗zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilingan ―O‗zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarorida
ham yoshlarning siyosiy
madaniyati va huquqiy bilimlarini oshirishga alohida to‗xtalgan. Shu bilan birga,
2016-yil 14- sentabrda ―Yoshlarga oid davlat siyosati to‗g‗risida‖gi Qonunda ham
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash, qolaversa,
huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishga e‘tibor qaratilgan.
Huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni takomillashtirishda ta‘lim
bosqichi muhim ahamiyatga ega. O‗quvchi yoshlar va talabalar voyaga yetgan
muhitda asosan, tabiiy huquqqa duch keladi. Pozitiv huquq normalari bilan esa
maktabda tanishadi. Aytish joizki, maktab o‗quvchisida dastlab fuqarolik
majburiyati emas, ma‘naviy mas‘ullik kuzatladi. Talabalik muhitiga o‗tgandan
keyin, jamiyatning to‗la huquqli fuqarosiga aylanadi.Shunda uning zimmasida
nafaqat ma‘naviy mas‘uliyat, balki ushbu mas‘uliyatni
bajarish uchun yuridik
javobgarlik ham bo‗ladi. Huquqiy bilim ana shu jihatlarning uyg‗unligini vujudga
keltiradi.
Xulosa o‗rnida shuni aytish joizki, shiddat bilan o‗zgarib borayotgan zamon
va taraqqiyot rivojining har bir bosqichida, qolaversa, davlat va fuqarolar
o‗rtasidagi barqaror munosabatlarni yuzaga keltirishda qonun-qoidalarning o‗rni
beqiyos ahamiyatga ega. Sababi, har qanday faoliyat turining u yoki bu ko‗rinishida
qonun bilan hisoblashish, unga itoat etish hamda u orqali huquq va erkinliklarni
bilib olish, bevosita amaliyotda foydalanish imkonini yaratadi.Shunga ko‗ra,
huquqiy fanlar hamda huquqiy savodxonlik har birimizda, shu sohadagi
bilimlarimizni takomillashtirib, hayotga tatbiq etishimizda mustahkam poydevor
bo‗lib xizmat qiladi.
Достарыңызбен бөлісу: