Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты



Pdf көрінісі
бет84/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   164
1-секция

Фойдаланилган адабиѐтлар 
1. Ғаниев С. К., Каримов М. М., Ташев К. А. Ахборот хавфсизлиги. 
Ахборот-коммуникация тизимлар хавфсизлиги. Олий ўқув юрт талабалари 
учун мўлжалланган. "Алоқачи", 2008. 
2. Mark Stamp. Information security. Principles and Practice. Second edition. 
A John Wiley& Sons, Inc., publication. Printed in the United States of America. 
2011y. 584p.
3. Шангин В.Ф. «Информационная безопасность и защита информации», 
Учебное пособие. М.: 2014 г. 
HUQUQIY FANLAR VA HUQUQIY SAVODXONLIK 
 
Sh.S. Toshqulova, A.H. Abdullayev 
O„zMU tarix yo„nalishi III bosqich talabalari 
 
 
Ma‘lumki, huquqning ustuligi prinspi turli davrlarda u yoki bu ko‗rinishda, 
xususan, Qadimgi Yunon va Rim qonunlarida insonning tug‗ma huquqlari, 
―Avesto‖da adolatning ustunligi g‗oyasi sifatida namoyon bo‗lgan. Lekin bu 
prinsip keyingi asrlarda to‗laqonli rivojlandi. Bunda huquq va uning ustunligi, 
majburiyligi, ilk huquqiy bo‗g‗in sifatida alohida mavqega ega bo‗ldi. Shu bilan 
birgalikda, huquqiy fanlarning o‗tilishi, aholining huquqiy savodxonligi hamda 
siyosiy madaniyatini oshirishga oid masalalar alohida ahamiyat kasb eta boshladi. 


161 
Ana shu jihatdan, bugungi kunda mamlakatimizda, siyosiy- huquqiy voqelikni 
hisobga olgan holda, huquqiy ta‘lim va ma‘rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar 
targ‗ibotini tubdan yaxshilash, aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan 
hurmat bilan munosabatda bo‗lishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‗usining 
yanada ortishini ta‘minlash g‗oyat dolzarb vazifalardan bo‗lib turibdi. 
Ta‘kidlash lozimki, umumiy ta‘lim jamiyat rivojida zarur tayanch bo‗lsa, 
huquqiy ta‘lim demokratik huquqiy davlatning poydevoridir.Chunki huquqiy ta‘lim 
va huquqiy madaniyat har qanday demokratik mamlakatda xalqning erkin yashashi, 
farovon turmushi, xohish-irodasi va ezgu maqsadlarini hech qanday to‗siqlarsiz 
amalga oshirishda muhim kafolatdir. 
Huquqiy ta‘lim-tarbiyaning asosiy vazifasi, qonunlarimizni, birinchi navbatda, 
Konstitutsiyani chuqur o‗rgatish va hurmat ruhini shakllantirishdan iborat. O‗z 
huquqlari va burchlarini yaxshi bilgan jamiyat a‘zolarigina ijtimoiy hayotning 
barcha sohalarida ongli ravishda faoliyat yuritadi. Shu boisdan, uzluksiz ta‘lim 
tizimida jamiyat, davlat va huquq masalalariga adolat, erkinlikka asoslangan holda 
yondashib, huquqiy munosabatlar qanday tartibga solinishini o‗rganishga talab 
tobora kuchaymoqda. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek: 
―Gumanitar fanlarni ilg‗or marralarga olib chiqish ham juda muhim 
yo‗nalishlardandir‖. 
Birinchi Prezidentimiz tomonidan 2001-yil 4-yanvarda qabul qilingan 
―O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiysini o‗rganishni tashkil etish to‗g‗risida‖gi 
farmoyishi bu jarayonni yanada faollashtirishga xizmat qilmoqda.Ushbu hujjatga 
asosan, ta‘limning barcha bosqichlarida Konstitutsiyani o‗qitish bo‗yicha o‗quv 
mashg‗ulotlari joriy etildi. 
Davlatimiz siyosatining asosiy yo‗nalishlaridan biri bo‗lgan huquqiy 
madaniyatni oshirish, huquqiy tarbiyani yanada yaxshilash borasidagi ishlarning 
rivoji 2011-yil 23-avgustdagi ―O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorda o‗z 
aksini topdi. Ushbu qarorda aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda 
qonuniylikni mustahkamlash kabi vazifalarga alohida e‘tibor qaratilib, shu 
maqsadga yo‗naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy 
targ‗ibot va ma‘rifat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi O‗zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligiga yuklatilganligi qayd etilgan. Shu bilan birga, 
―Huquqiy targ‗ibot va ma‘rifat bo‗yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish 
yuzasidan idoralararo kengash‖ ning tashkil etilishi esa, har bir fuqaroda o‗zining 
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini nafaqat bilishi, ayni paytda ularni himoya 
qila olish qobiliyatini shakllantirishda muhim asos bo‗ldi. 
Mamlakatimizda Adliya organlari hamda muassasalari tomonidan jamiyatda 
huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida aholi va yoshlar bilan uchrashuv, 
konferensiya, munozara, davra suhbatlari tashkil qilinmoqda. 
O‗tgan davrlarning qiyosiy tahliliga ko‗ra, birgina 2007-yili ―Ijtimoiy fikr‖ 
jamoatchilik fikrini o‗rganish markazi tomonidan o‗tkazilgan sotsiologik 
tadqiqotlar natijasiga ko‗ra, yoshlar huquqiy savodxonlikni oshirishda avvalo, 
Konsitututsiyani yaxshilab o‗rganishni (54,5 foiz), Fuqarolik (34,2 foiz), Jinoyat 


162 
kodekslari (29,4 foiz) bilan tanishish muhimligini ta‘kidladilar. Shuningdek, 
mazkur tadqiqot, ishtirokchilarining o‗zlari uchun huquq ustivorligi siyosat 
darajasiga ko‗tarilgan mamlakatda huquqiy bilimlarni barqaror oshib borishi 
naqadar muhimligini yaxshi anglashidan dalolat beradi. 
Keyingi yillarga kelib, xalqimiz, ayniqsa yoshlarning huquqiy fanlarni 
o‗rganish, davlat tomonidan qabul qilinayotgan qonun, qaror va dasturlarni ishlab 
chiqish, muhokama qilish hamda bevosita o‗z taklif va mulohazalarini bildirish 
borasidagi faolligi oshib bormoqda. Demak, bu jarayonlar fuqarolarda siyosiy 
dahldorlik hissini uyg‗otib, uning yanada kengroq yoyilishiga ko‗maklashadi.
Ta‘kidlash lozimki, 2014-yilning 6-fevralida O‗zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilingan ―O‗zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan 
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarorida ham yoshlarning siyosiy 
madaniyati va huquqiy bilimlarini oshirishga alohida to‗xtalgan. Shu bilan birga, 
2016-yil 14- sentabrda ―Yoshlarga oid davlat siyosati to‗g‗risida‖gi Qonunda ham 
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash, qolaversa, 
huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishga e‘tibor qaratilgan. 
Huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni takomillashtirishda ta‘lim 
bosqichi muhim ahamiyatga ega. O‗quvchi yoshlar va talabalar voyaga yetgan 
muhitda asosan, tabiiy huquqqa duch keladi. Pozitiv huquq normalari bilan esa 
maktabda tanishadi. Aytish joizki, maktab o‗quvchisida dastlab fuqarolik 
majburiyati emas, ma‘naviy mas‘ullik kuzatladi. Talabalik muhitiga o‗tgandan 
keyin, jamiyatning to‗la huquqli fuqarosiga aylanadi.Shunda uning zimmasida 
nafaqat ma‘naviy mas‘uliyat, balki ushbu mas‘uliyatni bajarish uchun yuridik 
javobgarlik ham bo‗ladi. Huquqiy bilim ana shu jihatlarning uyg‗unligini vujudga 
keltiradi. 
Xulosa o‗rnida shuni aytish joizki, shiddat bilan o‗zgarib borayotgan zamon 
va taraqqiyot rivojining har bir bosqichida, qolaversa, davlat va fuqarolar 
o‗rtasidagi barqaror munosabatlarni yuzaga keltirishda qonun-qoidalarning o‗rni 
beqiyos ahamiyatga ega. Sababi, har qanday faoliyat turining u yoki bu ko‗rinishida 
qonun bilan hisoblashish, unga itoat etish hamda u orqali huquq va erkinliklarni 
bilib olish, bevosita amaliyotda foydalanish imkonini yaratadi.Shunga ko‗ra, 
huquqiy fanlar hamda huquqiy savodxonlik har birimizda, shu sohadagi 
bilimlarimizni takomillashtirib, hayotga tatbiq etishimizda mustahkam poydevor 
bo‗lib xizmat qiladi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет