PEDAGOGIK MAHORATNING VA UNING TARKIBIY QISMLARI
Nurbayeva Xabiba
Toshkent tibbiyot akademiyasi “Pedagogika,
psixologiya va tillar” kafedrasi o‘qituvchisi
Fayzullayeva Saidaxon
Toshkent tibbiyot akademiyasimagistratura talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘qituvchining pedagogik faoliyatida muhim
element hisoblanadigan pedagogik mahorat va uning tarkibiy qismlari, jumladan
pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika, pedagogik muloqot va takt haqida so‘z
yuritilgan.
Kalit so‘zlar: pedagogik mahorat, qobilyat, pedagogik muloqot, nutq, pedagogik
texnika, pedagogik takt.
Bugungi kunda avvalo, bo‘lajak o‘qituvchilaming saviyasini va bilimini uzluksiz
takomillashtirib borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta’lim
muassasalarida ushbu muammolaming yechimini topishda “Pedagogik mahorat” fanini
chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik mahorat nima? Uning
mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi
zamon pedagogikasi va psixologivasi “pedagogik mahorat” tushunchasiga turlicha izoh
beradi. Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya”da ta’rif quyidagicha izohlangan: “O‘z
kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur
biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish
uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”.
Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib o‘qituvchining pedagogik mahorati
tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak
ko‘rsatkichi.
2. O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi,
ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olish.
4. O‘quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilish.
Pedagogik mahorat – pedagogning pedagogik jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy
va sub’ektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish hamda boshqarish
qobiliyati va malakasiga egaligi.
Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli,
ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy
ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo
mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi
ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
305
xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini
nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi.
Pedagogik mahorat o‘qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik,
pedagogik texnika, ta’lim - tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro
hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda
xulq-atvori va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o‘rgatadi va o‘z kasbini
rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi.
Pedagogik mahorat o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib
boradi.
O‘qituvchi mahorati uning faoliyatida ko‘rinadi. O‘qituvchi avvalo pedagogik
jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu
ma’noda pedagogning umumlashgan malakalari va uning pedagogik texnikasi katta
ahamiyatga molik bo‘ladi. Biroq mahorat - bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada
Usta bo‘lishi mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin.
Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog‘idagina go‘zaldir.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy
komponentlardan iborat:
1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi.
2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish.
3. Pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish.
4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
PEDAGOGIK MAHORATNING TASHKIL ETUVCHI KOMPONENTLARI
O‘qituvchilik
kasbiga
sadoqat
O‘z fanining o‘qitish
metodikasini
mukammal bilishi
Pedagogik
qobiliyatlarini namoyish
eta olishi
Pedagogik texnikani o‘z
o‘rnida qo‘llay bilishi
Qobiliyat - shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘lib, muayyan faoliyat
yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini
ifodalovchi individual psixik sifatlar yig‘indisidir.
Psixolog olim Olga Matveeva ushbu jihatlarni psixologik texnologiya bilan
kuchaytirib modifikatsiyalaydi va o‘qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat
kasb etishini ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlami ko‘rsatib o‘tadi:
1. Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan dars va
darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi.
2. Voqealami oldindan ko‘ra olish qobiliyati. Ushbu qobiliyat turi har bir
o‘qituvchining sergakligida, o‘quvchilarning ruhiyatini, ichki dunyosini kо‘ra olishida
namoyon bo‘ladi. Shunda о‘qituvchi kim nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat
qila oladi.
3. Eshitish va his qilish qobiliyati. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan insonlar
musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, eshitgan narsasini xotirada saqlaydi.
4. Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat. O‘qituvchining o‘z xatti harakatlarini
muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilgan holda yo‘naltiradi, vaqtni
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
306
harakat sur’ati bilan his qiladi, o‘zi uchun maishiy) qulayliklarni yarata oladi, hayot
marhamatlaridan rohatlanishni biladi.
5. Mantiqiy qobiliyat. Falsafiy mulohazalar yuritishni, raqamlarni matematikani,
murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, sabab va oqibat natijalarini tushunish
malakasiga ega, voqelikda asosiylikni ikkinchi darajalisidan ajrata oladi;
6. Shaxsning ichki qobiliyati. O‘z-o‘zini mukammal bilishi, tushunishi va his qilish
qobiliyati, erkin shaxsda ichki qobiliyat mukamma rivojlanadi, irodasi mustahkam,
qat’iyatli, har qanday vaziyatda o‘z fikr mulohazasini erkin bayon eta oladi.
Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini
ta’minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi. Pedagogik qobiliyatning
quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:
1. O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi.
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
3. Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish.
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5. O‘z mehnatiga ijodiy yondashish.
6. Javobgarlikni his etish.
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
Pedagogik texnika - o‘qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun
kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir.
Pedagogik texnikaning muhim jihatlari - bu avvalo, o‘qituvchining mahoratini
belgilovchi kasbiy ko‘nikmalar hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so‘zlay olishi,
o‘z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg‘u
sini jilovlay olishi, o‘zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik
qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash rag‘batlantiruvchi yoki
istehzoli tabassum, so‘zning cheksiz qudrati orqali o‘quvchilar ongiga va tafakkuriga
ta’sir o‘tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir.
Pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘linadi:
Birinchi guruh o‘qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq
bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish malakalarida (refleksiya)
namoyon bo‘ladi. Ularga ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi,
(mimika, pantomimika), o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo‘ya
ta’sirlarga berilmaslik, mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlar (diqqat,
kuzatuvchanlik, xayol), nutq texnikasini bilishi va o‘z o‘rnida qo‘llay olish kabilar
kiradi.
Pedagogik texnikaning ikkinchi guruhi o‘qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir
ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining
texnologik tomonini qamrab oladi. Ularga o‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik,
konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari, ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan
talablarning bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq ijodiy faoliyatni
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
307
tashkil etish, o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab
boshqara olish kabilar kiradi.
Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi,
fe’l-atvori, salomatligi, anatomik-fiziologik xususiyatlariga bog‘liq.
O‘qituvchilarda individual shaxsiy pedagogik texnika malakalarini shakllantirish
muammolari, ayniqsa, psixolog olimlaming tadqiqot markazidan o‘rin olgan.
“Pedagogik texnika” malakalari:
1) O‘qituvchining shaxsiy hislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi, dilkashligi,
mehnatsevarligi.
2) Kasbiga xos bilimlari: ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik
va psixologik bilim asoslarini egallashi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga asosan
psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta’sir etishning samarali usullaridan
oqilona foydalana olishi, otaonalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat
mazmunini puxta bilishi.
3) Kasbiga xos hislatlari: milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy an’ana
va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuvchanligi, pedagogik qobiliyatga
egaligi, o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini anglay olishi, pedagogik takt, nutq madaniyati.
4) Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg‘ulotlarida zarur materiallarni
tanlay olishi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishi, ta’lim-tarbiya jarayonini
istiqbolli rejalashtirishi, o‘quvchilar jamoasini boshqara olishi.
5) Tashkilotchilik malakalari: o‘quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli
ziddiyatli vaziyatlarda ham o‘quvchilar jamoasini boshqarishi, amaliy muammolarni
hal etishda uddaburonligini namoyish eta olishi.
6) Kommunikativ malakalari: o‘quvchilarni o‘ziga jalb etishni bilishi, o‘quvchilar
va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik muloqotlarni tashkil qilishi,
o‘quvchilarning jamoada o‘zaro munosabatlarida bir xil muvozamtni tartibga solishi.
7) Gnostik malakalari: o‘quvchilarning asab psixik holati darajasini aniqlay olishi,
o‘z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz o‘qituvchilar
mahoratini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganib borishi, psixologik va pedagogik
adabiyotlardan to‘g‘ri foydalana bilishi, o‘quvchilar xulq-atvorini mukammal
o‘rganishi.
8) Ijodiy hislatlari: o‘z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi,
o‘quvchilarni tarbiyalashda o‘z dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyatli amalga
oshirishi, o‘quvchilar nazari bilan voqelikni tahlil qilish qobiliyati, o‘quvchilarga
pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra olishga intilishi.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir
malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot almashishida, ta’lim
va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida
namoyon bo‘ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
-
muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol
hisoblanadi;
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
308
-
muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash
uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;
-
o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot
sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim
rol o‘ynaydi;
-
pedagogikada muloqot - o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish asosida
o‘zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga
oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
-
muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va
shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim
ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o‘qituvchi bolaning his-tuyg’ularini uyg‘otadi,
o‘quvchilar bilan ongli muloqotni ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlami
tahliliy idrok etadi.
Pedagogik nazokat boshqacha qilib aytganda pedagogik takt о‘qituvchi axloqiy-
ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor tuyg‘usi, xulq va odob qoidalariga rioya
qilishi demakdir. Pedagogik nazokat o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro
munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning
bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining
yig‘indisidir.
Xulosa qilib aytganda pedagogik mahorat pedagogik faoliyatni samarali tashkil
etishning asosiy kaliti hisoblanadi. Har bir o‘qituvchi yuksak pedagogik mahoratga
erishish uchun eng avvalo o‘zida kasbiga muhabbat va sadoqat tushunchalarini
shakllantirishi, pedagogik mahorat komponentlari, jumladan, muloqot texnikasi,
pedadagogik qobiliyat, pedagogik texnika va taktni mukammal o‘rganib, ushbu
jihatlarni o‘zida mujassamlashtirishi lozim.
Достарыңызбен бөлісу: |