ПОЛИТИЧЕСКИЙ ПРОЦЕСС И ПОЛИТИЧЕСКОЕ УЧАСТИЕ
Абстрактный: В данной статье содержится информация о событиях,
ситуациях, причинно-следственных связях, составляющих политический процесс,
о том, что политический процесс является результатом деятельности всех
субъектов, участвующих в политике, и о том, что политический процесс
состоит из деятельность, направленная на систему политической власти.
Также в статье приведены сведения о роли политического участия в
политическом процессе, ряд определений и форм политического участия в
научной литературе.
Ключевые слова: Процесс, политическая позиция, политический интерес,
политическая система, ресурс, политическая деятельность, субъект, участие,
политическое решение.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
162
Siyosat turli shakllarda namoyon bo`ladi. Uning xilma-xil jihatlari mavjud.
Siyosiy nazariyada siyosatning shakli, mazmuni va munosabatlarini ya’ni
jarayonlarini ajratish qabul qilingan.
Siyosiy jarayon fanda siyosatni tushuntirish va o`rganishning turli xil
usullaridan tashqari uni yo`nalishlar va qismlarga bo`lib o`rganish imkoniyatiga
ham egadirlar, ulardan biri “siyosiy jarayon” tushunchasidir. “ Jarayon”
tushunchasi lug`aviy ma’nosi lotin tilidan “processus-prosess” ya’ni “oldinga
harakat” ma’nosini anglatib, siyosiy fanlarda “ qandaydir holat yoki hodisani
izchil qonunyatli tarzda o`zgartirish” deb tushuniladi.
Siyosatshunoslikda, umumiy holatda olinganda, bir siyosiy voqealikdan
boshqasiga ma’lum bir vaqt oralig`ida o`tish hodisasining ro`y berishi siyosiy
jarayon tushunchasi bilan izohlanadi.boshqacha aytganda siyosatning turli
subyektlarini ma’lum bir maqsadga yo`naltirilgan faoliyatlari natijasida, murakkab
ichki bog`lanish asosida ketma-ket ro`y beruvchi siyosiy voqealik va hodisalar
siyosiy jarayonni tashkil qiladi. Siyosiy jarayon siyosiy fanning markaziy va o`ziga
xos kategoriyalaridan biridir. Shuning uchun ham siyosiy jarayon jamiyat siyosiy
tizimining tarkibiy qismlarini takror ishlab chiqish hamda ishlab chiqish
jarayonidagi holat o`zgarishlarining dinamik o`lchovi hisoblanadi.
Siyosiy jarayonning muhim o`iga xos xususiyati shundaki,u yetakchilarning
nazariy tasavvurlari asosida yoki fanda ko`rsatilgan yo`l-yuriqlariga muvofiq
ravishda emas, balki mavjud voqealikni ifodalashga qaratilgan bo`lib, bu
karayonda hokimyat institutlari faoliyati, fuqarolar va guruhlar siyosiy
hulqiningturli turlari uyg`unlashuvi sodir bo`lib, ularning bir yig`indiga to`planish
hodisasi ro`y beradi. Siyosiy jarayon siyosatning mazmunini uning subyektlari
funksiyalarini ijrosining turli shakllari vositasida ochib beradi.
“Siyosiy jarayon” tushunchasini siyosiy munosabatlar va hodisalarning ichki
bog`liqlikka ega zanjiri, siyosat subyektlarining hokimyatga qaratilgan faoliyatining
o`zaro munosabatlar birligidir.
Siyosiy jarayonlar bevosita siyosiy ishtirok ko`lami asosida shakllanadi. Shu
jihatlar, siyosiy jarayonning mazmuni fuqarolarning siyosiy xohish-istaklarini
bildirishlarning ikkita shaklini o`z ichiga oladi:
Birinchidan, bu-siyosiy jarayon oddiy ishtirokchilarning turli-tuman
ko`rinishdagi siyosiy faoliyatida o`z manfaatlarini ifodalashlarning turli usullaridir:
Saylovlar, referendumlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar kabidagi ishtiroki misol
bo`la oladi.
Ikkinchidan,siysosiy jarayonda oddiy ishtirokchilarning turli- tuman
ko`rinishdagi siyosiy faoliyatda bevosita va bilvosita ishtirok etish usulida
namoyon bo`ladi.
Siyosiy yetakchilik va elita tomonidan qabul qilinadigan qarorlar va ularni
amalga oshirishda ishtirok etish bunga misol bo`la oladi.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
163
Umuman, siyosiy ishtirok- siyosiy jamiyatning har qanday mahalliy yoki
umummilliy darajalarida xususiy kishilarning davlat siyosatiga ta’sir etish, davlat
ishlarini boshqarish yoki siysoiy yetakchilarni saylash maqsadlaridagi xatti-
harakatlardir.Siyosiy ishtirok uyushtirilgan yoki uyushtirilmagan, tasodifiy yoki
muttasil, qonuniy yoki noqonuniy usullardan foydalanish shakllarida bo`lishi
mumkin. Shuningdek, siyosiy ishtirokning ilmiy adabiyotlarda bir qator ta’riflari
mavjud bo`lib, ular quyidagicha:
-siyosiy ishtirok ixtiyoriy faoliyat bo`lib, uning vositasida jamiyat a’zolari
hukmdorlarni saylashda va to`g`ridan to`g`ri yoki bilvosita davlat siyosatini
shakllantirishda ishtirok etish. U doimiy yoki vaqtinchalik, uyushgan yoki
uyushmagan bo`lishi, hokimyatning qonuniy yoki noqonuniy usullaridan
foydalanish mumkin.
- siyosiy ishtirok ijtimoiy-siyosiy jamoa a’zolarining ichki siyosiy
munosabatlar va hokimyat tarkibiga jalb etilganligidir.
Siyosiy ishtirokning muhim jihatlaridan biri bevosita siyosiy qarorlarning
qabul qilinishida ishtirok etish yoki unga ta’sir ko`rsatishdan iboratdir. Siyosiy
qaror bevosita siyosiy jarayonn denamokasini ham belgilab beradi.Aqsh
siyosatshunosi R.Makridis fikricha, qarorlar qabul qilsh- “siyosatning eng muhim
ijtimoiy funksiyasidir”. Siyosiy jarayonlarda ijtimoiy va ommaviy jamoat
tashkilotlari ham faol qatnashadilar. Jamiyat siyosiy hayotida bu tashkilotlar u
yoki bu darajada faollik ko`rsatadilar. Buning misoli O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ikkinchi bo`lim VIII bob “siyosiy huquqlar”da ko`riladi:
36-modda: “O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat
ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga
ega. Bunday ishtirok etish o`zini o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish va
davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat
organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
tartibi qonun bilan belgilanadi.”
39-modda. “ O`zbekiston Respublikasining fuqarolari kasaba uyushmalariga,
siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy
harakatlarda ishtirok etish huquiqga egadir.
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda,
shuningdek davlat hokimyat vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi
muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim
kamsitishi mumkin emas.”
Taniqli ingliz olimi E.Xeyvud fikricha, “ siyosiy jarayon” tushunchasi ijtimoiy
ya’ni davlat va hukumat siyosati “yaratiladigan” mexanizmiga ta’luqlidir. Uningcha,
siyosat ishlab chiqarishni jarayon sifatida ikki xil ma’noda tushunish mumkin:
Birinchidan, u tadbir yoki xatti-harakatning ketma-ket izchilligi haqida bo`lishi
mumkin. Ikkinchidan, jarayon ishlab chiqarish vositasi hamdir.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
164
Siyosiy jarayon quyidagi tarkibiy qismlaridan iborat:
• Siysoiy munosabatlar. Subyektlarning hokimyat doirasidagi siyosiy
manfaatlarini boshqarish va muvofiqlashtirish borasidagi aloqalar. Siyosiy
munosabatlarning amalga oshishi natijasida siyosiy jarayonning yangilanishi,
siysoiy g`oyalar, bilimlar, tajriba, qadriyatlar,axborotlar va h.k., shuningdek siyosiy
faoliyat shakllari va usullarini to`planishi va uzatilishi ro`y beradi.
• Siyosiy jarayon subyektlari. Siyosiy jarayon ishtirokchilari. Ular shaxslar,
qatlamlar, etnoslar, confessional va demografik guruhlar va siyosiy institutlar
kiradi. Ikkita muhim jihatni birlashtiradi: onglilik va faollik.
• Siyosiy xulq-atvor. Shaxs ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimyatni amalga
oshirishda, o’z siyosiy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish shakli. Siyosiy
ishtirok. Siyosat subyektlarining siyosiy munosabatlariga jalb qilinganligi.
Siyosiy jarayonning klassifikatsiyasiga to`xtaladigan bo`lsak,siyosatning tashqi,
xalqaro hamda ichki siyosat turlariga bo`linib,uning ko`rinishi; birinchidan, global,
mintaqaviy darajadagi siyosiy jarayon. Ikkinchidan, mamlakat doirasidagi siyosiy
jarayon.
Siyosiy jarayonlarning yana bir xususiyat shundaki, ularni yaxlit bir tizim
holida o`rganib bo`lmaydi. Binobarin, siyosiy jarayonlar o`z xarakteriga ko`ra ikki
guruhga bo`linadi:
1. Umumiy siyosiy jarayonlart.
2. Xususiy siyosiy jarayonlar.
Bunda umumiy siyosiy jarayonlar butun jamiyatni qamrab oladi va
jamiyatda mavjud siyosiy tizimning o’zgarishiga olib keladi. Shu o`rinda ta’kidlash
joizki, umumiy siyosiy jarayonlar xususiy siyosiy jarayonlar yig`indisi
emas.umumiy siyosiy jarayonlar quyidagi uch shaklda amalga oshiriladi:
- Evolutsion ( tadrijiy);
- Revolutsion (inqilobiy);
- Krizis ( inqiroz).
Xususiy siyosiy jarayonlar jamiyatda muommo va qarama-qarshiliklarning
paydo bo’lishi va ularning o`z yechimlarini talab qilishlari natijasida paydo
bo`ladi. Xususiy siyosiy jarayonlarning tarkibiy elementlari quyidagilardir;
- Sabab va uning paydo bo`lishi;
- Obyekt va subyekt;
- Maqsad.
Siyosiy jarayon hokimyatni harakatda o`rganadi. Shu sababli, siyosiy jarayon
mavjudligining uchta tartibi ajratiladi: turg`unlik, rivojlanish va inqiroz tartiblari.
1.Turg`unlik tartibida shakllanib bo`lgan siyosiy munosabatlar odatda
chegaralarda tutib turiladi. Bu tartibda siyosat subyektlari faoliyatida
konservatizm va an’analarga sodiqlik yetakchilikda bo`ladi.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
165
2. Rivojlanish tartibida jamiyat ichidagi va xalqaro munosabatlardagi
o`zgarishlarga muvofiq ravishda siyosiy tizimning boshqaruv va amal qilish
uslublari o’zgara boshlaydi.
3. Inqiroz tartibi- siyosiy yaxlitlikning yo`qolishi, markazdan qochma
kuchlarning ortib borishi, hokimyat qabul qilayotgan qarorlarning bajarilmasligi,
siyosiy hokimyat legitimligini yuqolib borilishini anglatadi.
Mazkur dinamika siyosiy jarayon bosqichlari sifatida ham e’tirof etiladi va
unga nisbatan tadqiqotchi D.Iston biroz boshqacha yondashgan. D.Iston fikriga
ko`ra, siyosiy jarayon natijasida jamiyatning institutsional tizimiyangi holatga
moslashib, o`zini-o`zi yana qayta tashkil qilib, o`zgarib boradi. Shu bois siyosiy
jarayon bir-biri bilan bog`liq bo`lgan to`rt bosqichdan iborat bo`lishi mumkin, deb
hisoblaydi:
Bular quyidagilar:
1. siyosiy tizimning shakllanishi.
2. mavjud siyosiy tizimning faoliyat yuritilishi.
3. siyosiy tizimning rivojlanishi.
4. siyosiy tizimning rivojlanishining pasayishi.
Siyosiy jarayomlar barqarorligining ajralib turuvchi beligisi - bu uning
fuqarolar o`z demokratik huquqi va erkinligini amalga oshirishning yuksak
darajada institutlashganligi. Taniqli olim A.Xadiniusning fikricha, siyosiy jarayon
barqarorligining eng ishonchli asosi kishilarning demokratik qadriyatga
berilganligi bo`lib, bu qadriyatlar “ko`pchilik fuqarolar va partiya tashkilotlarini
birlashtiruvchi umumiy mafkura” sifatida namoyon bo`lishi lozim. Bunday holatda
siyosiy ishtirok kishilar tomonidan xavfli va qattiqul muxoliflar bilan kurash
shakli deb qaralmaydi.
Siyosiy ishtirok tushunchasi demokratiya kontsepsiyalarida, siyosiy
modernizatsiya va siyosiy rivojlanish, siyosiy madaniyat, siyosiy partiyalar
doirasida asosiy tushunchalardan biri sifatida qo`llaniladi. Siyosiy ishtirok
subyektlariga individlar, ijtimoiy guruhlar va qatlamlar kiradi. Ko`lami jihatidan
siyosiy ishtirok mahalliy, mintaqaviy, umumdavlat va xalqaro siyosat darajasida
amalga oshiriladi. Siyosiy ishtirok shakllari ham turlicha bo’lib, ularga:
• Axborot qabul qilish va uzatish;
• Siyosat va davlat arboblari, hamda tashkilotlar bilan muloqot;
• Saylov va boshqa siyosiy kompaniyalarda ishtirok;
• Namoyishlarda , siyosiy ish tashlashlarda, ommaviy norozilik harakatlarida,
ozodlik urushlarida va inqiloblarda ishtirok;
• Boshqaruv va o`z- o`zini boshqaruvida ishtirok;
• Qonunlar yaratish, ularni himoya qilish va ularga amal qilishda ishtirok;
• Siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar faoliyatida ishtiroklar kiradi.
Siyosiy ishtirokning quyidagi asosiy turlarini sanab o`tish mumkin:
1. to`g`ridan to`g`ri (bevosita) va bilvosita siyosiy ishtirok;
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
166
2. umumiy va cheklangan siyosiy ishtirok;
3. ixtiyoriy va majburiy siyosiy ishtirok;
4. an’anaviy, faol va passiv siyosiy ishtirok;
5. legitim va nolegitim siyosiy ishtirok;
6. qonuniy va noqonuniy siyosiy ishtirok.
Ta’kidlash joizki, siyosatga bo`lgan qiziqishning so`nishiga sabab bo`lgan
omillardan biri fuqarolarning hokimyatga ishonchsizlik bilan qarashidir.siyosiy
hayotda ishtirok etishidan ixtiyoriy ravishda voz kechgan kishilarning bir necha
guruhlari mavjud.
Loqayd odamlar o`zlarinig xususiy muommolarini, o`z kasblarida yuqori
pog`onaga ko`tarish talablari bilan butunliy band bo`lib qolganliklari, yengil hayot
kechirishga va submadaniyatga bo`lgan rag`batlari tufayli siyosat bilan
qiziqmaydigan fuqarolar. Ularning ayrimlari siytosatni tushunib bo`lmaydigan,
zerikarli ma’nosiz bir narsa deb hisoblaydi.
Siyosatdan chetlashgan kishilar- siyosat ulardan voz kechgan deb
hisoblovchilar. Ular, biz ovoz berish bermasligimizdan qat’I nazar, siyosiy qarorlar
ozchilik tomonidan chiqariladilar deb hisoblaydilar.
Anolik kishilar- o`z imkoniyatlariga, maqsadlarining ro`yobga chiqarilishiga
ishonchini, qandaydir ijtimoiy guruhga mansubligini yo`qotgan, ijtimoiy ildizlardan
uzilib qolgan kishilar.
Xulosa qilib aytganda, siyosiy jarayon har qanday bosqichi aniq siyosatni
shakllantirishi, muhim g`oyalarni aniq formulaga o`tkazish tushuniladi. Siyosiy
jarayonda ishtirok etish konvensional va nokonvensional ahloqiy hatti
harakatlarga bog`liq bo`lib inson o`zini hayotda ifodalash vositasida qarashidir.
Siyosiy jarayonning o`ziga xosligini O’zbekiston misolida ko’radiganda quyidagicha
yondashamiz:
1.O`zbekiston fuqarolik jamiyati yetarlicha rivojlanmaganligi sababli siyosat
va siyosiy munosabatlar iqtisodiy, ijtimoiy, shaxsiy munosabatlardan mustaqil
ravishda mavjud. Natijada siyosiy jamiyat hayotining hamma sohalariga kirib
boradi. Iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy rivojlanishga doir hech bir masala hokimyat
aralashuvisiz hal qilinmaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati rivojlantirish
O`zbekistondagi demokratik islohatlarning eng muhim qirrasi bo`lib qolyapdi.
2. O`zbekistondagi siyosiy jarayonlar asosan vertical tarzda, ya’ni yuqoridan
quyiga qarab tashkil etiladi. U hokimyat va jamiyat o`rtasidagi muloqot, kelishuv
asosiga quriladi. Jamiyat o`z talablarini hokimyatga vakillik organlari, manfaat
guruhlari tomonidan yetkaziladi.
3. O`zbekistonning asosiy jarayonlari davlatning faol siyosat olib borishi
bilan harakterlanadi. Bu - bizning davlatchilik an’analaimiz bilan belgilanadi. O`rta
Osiyoda “hokimyat jamiyat” munosabatlarida doimo davlat asosiy rol o`ynagan.
4. O`zbekistondagi siyosiy jarayon ishtirokchilarining ko`pchiligi asosan
davlat institutlari tashkil qiladi. Bu yana fuqarolik jamiyatining u qadar
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
167
rivojlanmaganligi bilan bog`liq. Ayni vaqtda siyosiy jarayonlar ishtirokchilar sonini
ortishiga qaratilgan harakatlar kuchaymoqd .
O`zbekistondagi siyosiy jarayonlar siyosiy tizim muvozanatini ta’minlash
uslublariga ko`ra ko`proq, xarizmatik va ideokratik turlarga xos. Shunga ko`ra
jamiyatni birlashtirish uchun milliy g`oyaga kuchli ehtiyoj seziladi va ayni vaqtda,
siyosiy yetakchining roli katta bo`ladi.
Достарыңызбен бөлісу: |