1.3. Bank risklarini boshqarish va uning nazariy asoslari
Bank faoliyatini risksiz tasavvur qilish mumkin emas. Albatta risk har
qanday biznesda ham bo‘ladi. Lekin faoliyat xususiyatidan kelib chiqiladigan
bo‘lsa, bank biznesi uchun risk albatta va darhol yuz beradigan jarayon
hasoblanadi. Shu tufayli, bu yerda gap bank faoliyatida riskdan umuman qochish
to‘g‘risida emas, balki uni oldindan ko‘ra bilish va minimal darajaga tushirish
haqida boradi. Riskni boshqarish aksariyat hollarda bankning o‘z mablag‘larining
bir qismini yo‘qotish “xavfi”, daromad ololmay qolish yoki moliyaviy
operatsiyalarni amalga oshirish natijasida qo‘shimcha xarajatlarga yo‘l qo‘yib
bo‘lsada jarayonni ijobiy natija bilan yakunlashni maqsad qilib qo‘yadi.
Bank faoliyati jamg‘arma egalariga foizlar to‘lash, boshqa moliya-kredit
institutlaridan xarid qilingan kredit resurslariga to‘lovlar, bank xizmatchilari ish
haqqisi uchun mablag‘lar ajratish va boshqa operatsion xarajatlarga bevosita
bog‘liqdir. Bu yerda risk jamg‘armalarga bo‘lgan foizlarning, kredit resurslari
qiymatining, ish haqi to‘lovlarining oshishi muhim bo‘lib qolganda paydo bo‘ladi.
Risklarni aniqlab uni boshqara olmaslik natijasida yuzaga keluvchi to‘liq
daromad ololmaslik yoki kutilgandan ko‘ra ko‘proq xarajat qilib yuborishlik riski
bo‘lg‘usi operatsiyalarning, hisobotlarning yetarli tahlil qilinmaganligi, vaziyatni
to‘g‘ri baholanmaganligi yoki ko‘zda tutilmagan holatning paydo bo‘lishi
natijasida yuz beradi. Hozirgi vaqtda ixtisoslashgan, tarmoq va universal
banklarning mavjudligi banklar uchun bank riski ko‘lamlarini har xillashtiradi.
Ixtisoslashgan banklarning bir soha, bir tarmoqni kreditlashga moslashuvi ular
faoliyatida risklarning yuqori bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu holat bank riskini
boshqarishning asosiy usullarini jumladan, hukumat kafolatini olish, garov
huquqini joriy qilish va boshqalarni talab qiladi.
25
Bank riskini boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xomcho‘t
qilish, risk tufayli yuzaga keladigan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yoki ularning
ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Bank riskini boshqarish tizimi ikki asosiy kichik tizim: boshqarish ob’yekti va
boshqarish sub’yektidan iborat bo‘ladi.
Riskni boshqarish tizimida boshqarish ob’yekti-bu bank faoliyatidagi risk,
bank bilan mijoz o‘rtasidagi yoki kreditor bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy
munosabatlar, bankning mablag‘larini jalb qilish va ularni joylashtirish bilan
bog‘liq operatsiyalarda yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, risklarni boshqarish
tizimining sub’yekti bu riskda o‘z ta’sirini o‘tkaza oluvchi guruh, tadbirkor, bank,
risk bo‘yicha menejerlar hisoblanadi
22
.
Bank riskini boshqarish banklar faoliyatini chuqur bilish, ular bajaradigan
operatsiyalarining samaradorligini aniqlay olish bankning kredit, investitsiya,
valyuta siyosati va boshqa faoliyat turlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga
erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli tarmoqlar
faoliyatining xususiyatlarini o‘z ichiga oladi.
Bank
faoliyatidagi
tavakkalchiliklarni
boshqarish
quyidagi
asosiy
maqsadlarda tashkil etiladi:
bank omonatchilari va kreditorlari, aksiyadorlari manfaatlarini himoya
qilish;
bank tavakkalchiliklarini kamaytirish, bartaraf etish va oldini olish;
bank faoliyatining yetarli darajadagi barqarorligini ta’minlash.
Bank riskini boshqarishda bank boshqaruvchisining asosiy vazifasi bank
faoliyatini olib borishda yuzaga keladigan daromad bilan unda yuzaga keluvchi
risklar o‘rtasidagi optimal variantini topishdan iborat.
Tijorat banklarida riskni boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda
korxonalardagi foydalanilmagan rezervlarni baholash va bank xizmatining asosiy
yo‘nalishini aniqlab olish uchun o‘rtacha tarmoq riskining hajmini hisobga olish
22
Р.Г.Одьхова Банковское дело: управление в современноми банке 2009
26
zarur. Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan kreditlash jarayonini olib borishda
tarmoq risklari deyarli inobatga olinmaydi.
Tarmoq riski kredit riski bilan bog‘liq bo‘lib, unga bevosita ta’sir qiladi.
Shunga asoslangan bank tarmoq siyosatini tuzishda nafaqat mijozlar, balki sohalar
to‘g‘risida keng axborotlarga ega bo‘lishi, tarmoq riskini baholashda quyidagilarni
hisobga olishi kerak:
aniq davr mobaynida ushbu tarmoqning hamda qo‘shimcha sohalarning
faoliyati;
ularning mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan barqarorligi;
turli xil firmalarning bir yoki boshqa sohadagi faoliyatlari natijalariga
sezilarli mos kelmasliklarning mavjudligi va boshqalar.
Tarmoq riskini baholovchi ko‘rsatkichlaridan biri biror iqtisodiy faoliyat
natijalariga nisbatan soha faoliyati natijasining o‘zgarishidir. Bu xil risk xalqaro
amaliyotda «beta» harfi bilan belgilanadi. Beta ko‘rsatkichi birga teng bo‘lsa, bu
bozor iqtisodiyoti uchun me’yor hisoblanadi. Ko‘rsatkich birdan kam bo‘lsa u
nisbatan barqaror soha bo‘ladi va katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Beta ko‘rsatkichi
birdan katta bo‘lganda tarmoqda katta o‘zgarishlar mavjudligi kuzatiladi. Shu
sababli «beta» ko‘rsatkichi qancha yuqori bo‘lsa, tarmoq riski shunchalik kuchli
bo‘ladi. «Beta» ko‘rsatkichini hisoblash uchun keng axborotlar kerak. Odatda
tarmoq riskini tahlil qilishda ushbu ko‘rsatkichni hisoblash sohaning kelajakdagi
ishi bilan bog‘liq holati maxsus agentliklar tomonidan amalga oshirilgan regressiv
tahlil bilan solishtiriladi.
Xalqaro amaliyotda tarmoq riski uchun axborotlar ushbu axborotlaga ega
bo‘lgan tashkilotlardan olinadi. Birok ko‘rib o‘tilgan analitik yondashuv bo‘lmasa,
unda muqobil sifatida:
sohaning hayotiy sikli bosqichi;
sohada ichki raqobat muhiti kabi maxsus omillar ko‘rib chiqiladi.
Sanoatni olib qaraydigan bo‘lsak, unda hayotiylik sikli bir nechta bosqichga
bo‘linadi. Kelajak va hozirgi rejada xususiyatiga ega bo‘lgan risklarning o‘rnini
aniqlash muhimdir.
27
Raqobatning ichki muhiti biror bir tarmoqqa qarashli firmaning barqarorligi
haqidagi axborotning qo‘shimcha manbai hisoblanadi. Raqobatning soha ish
muhitini baholashda baho va nobahoviy raqobatning darajasi, tarmoqqa kirishning
yengilligi yoki murakkabligi, baho bo‘yicha raqobatdosh o‘rin bosuvchilarning
yetishmasligi yoki borligi, sotib oluvchining bozor qobiliyati, siyosiy va ijtimoiy
muhit kabi axborotlar qo‘llaniladi.
Bank mijozlarining tarkibiy tuzilishi bank riski va uning darajasini hisoblash
usulini aniqlab berishi mumkin. Kichik qarzdorning faoliyati yirik qarzdornikiga
nisbatan bozor iqtisodiyotining kutilmagan vaziyatlariga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
Shu bilan bir vaqtda, bir mijozga yoki biri bilan aloqador qarzdorlar guruhiga
berilgan yirik kreditlar ko‘pincha banklarning inqiroziga sabab bo‘ladi. Bank riski
darajasini boshqarishda bank o‘tkazaladigan operatsiyalarning kafolatlanganligi,
sug‘urtalanganligi va boshqa tartibga solish usullaridan foydalanganligiga qarab
to‘la, o‘rtacha va past risklar yuzaga kelishini hisobga olish lozim. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida risklarni vaqt bo‘yicha taqsimlash muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi. Banklarning asosiy operatsiyalari o‘tgan va hozirgi risklarga , boshqalari
esa kelgusi risklarga tortilgan bo‘ladi. Hozirgi risklarga kafolat berish bo‘yicha
operatsiyalar, hujjatlashtirilgan akkreditiv operatsiyalari, regress huquqi bilan
aktivlarni sotish va boshqalar kiradi. Lekin kafolatning o‘zini ma’lum muddatdan
so‘ng to‘lab berish, bank krediti hisobidan akkreditivni amalga oshirish ehtimolligi
shu operatsiyalarni kelgusi riskga tortadi. Bank riskini boshqarish jarayonida
e’tiborga molik soha risklarning hisobga olish xususiyatidan kelib chiqqan holda
balans operatsiyalari bo‘yicha va balansdan tashqari operatsiyalar bo‘yicha
risklarga bo‘linishidir.
Bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda risklarning
quyidagi asosiy turlariga e’tiborni jalb qilish lozim:
Depozitlarni shakllantirish riski;
Yangi faoliyat turi riski;
Lizing kelishuvi riski;
Qarzdorning o‘z moliyaviy majburiyatlari yuzasidan bajarmagan faoliyat
28
bilan bog‘liq kredit riski;
Bozor foiz stavkalarining tebranish ehtimoli bilan bog‘liq foiz risklari;
Qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish ehtimoli bilan bog‘liq bozor riski;
Valyuta kurslari tebranishi bilan bog‘liq valyuta risklari. Bank bunday
riskka chet el valyutasida turli xildagi operatsiyalarni o‘tkazish va valyuta
oldi-sotdisi, valyutaviy kreditlar berish natijasida duch keladi.
Bank risklarini boshqarish strategiyasi bankning barcha imkoniyatlaridan
to‘la foydalanish, bankni rivojlantirish istiqbollarini belgilab beradi va bank
risklarining oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon
yaratadi. Risklarni boshqarish strategiyasining maqsadi va vazifalari ko‘p darajada
bank ishlaydigan tashqi iqtisodiy muhitga bog‘liq. Oxirgi yillarda bank faoliyatiga
ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi iqtisodiy muhit sifatda inflyatsiyaning mavjudligi,
banklar va ularning shu’balarining sifatli faoliyat ko‘rsatishlari, banklar
faoliyatining Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtirilib borilishi, banklar yangi
xizmatlarining yuzaga kelishi, banklar o‘rtasidagi raqobatning yuzaga kelishi va
yirik banklar tomonidan mayda kredit muassasalarining qamrab olinishi, xo‘jalik
sub’yektlari faoliyatining o‘zgarishi, bozor munosabatlariga moslashuvi natijasida
aylanma kapitallarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi natijasida bankning kredit
resurslariga bo‘lgan talabi ortib borishi tufayli faqat bank risklarini o‘z vaqtida
sezish va boshqarish yo‘li bilan bank faoliyatining ijobiyligiga erishish mumkin.
Bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank
faoliyatini chuqur bilish, bank bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini
aniqlay bilish, bankning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari
bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va
ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni
bilish lozim.
Bank risklarini boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilari
bo’yicha aniq guruhlarga bo‘lish bilan bog‘liq. Risklarning ilmiy asoslangan tasnifi
ularni har birining umumiy tizimdagi o‘rnini belgilash, ularni boshqarishning
samarali usullarini qo‘llash imkonini beradi. Quyidagi jadvalda bank risklarini
29
boshqarish jarayonining vazifalarini belgilovchi to‘rtta asosiy bosqichi
ko‘rsatilgan:
3-jadval
Достарыңызбен бөлісу: |