Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: piknometr, shish silindr, alymin silindr (xalqa) chizg’ich (lineyka), analitik va texnik tarozilar, qumli hammom, elektr plitaka, hisoblagich (kalkulyator), tuproq namumalari, distillangan suv.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Н.Раупова, Б.Камилов, Г.Содиқова, Н. Кучкарова “Тупроқшунослик” Тошкент ТошДАУ 2012. 5-32 бет
Ниёзалиев И.Н., Раджабов Б.Б. ва бошқалар. «Агрохимиядан амалий машғулотлар» . -Т.: «Меҳнат», 1989. 6-119 бет дарслик
Методы агрохимических исследований почв и растений. -Т.: СоюзНИХИ, 1997.
J. Benton Jones, Jr Laboratory guide for condukting soil tests and plant analysis. CRC Press Boca Raton London, New York Washington, D.C.2001
D.Picking and P.Veneman. Plant and soilsciences Soils Laboratory manual. University of Massachusetts Amherst, 2008.
Tuzuvchilar: O’qituvchilar: Ortiqov T.Q., Xayitov M.A. Mashrabov M.I.
Laborant: L.Sonamyan
2 – Mashg’ulot. Tuproqning hajmiy va solishtirma massasini aniqlash va ular asosida g’ovakligini hisoblash. (4 soat) Mashg’ulot maqsadi. Tuproqning hajmi va solishtirma massasini aniqlash va ular asosida g’ovakligini hisoblashni o’rganishdan iborat.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: piknometr, shish silindr, alymin silindr (xalqa) chizg’ich (lineyka), analitik va texnik tarozilar, qumli hammom, elektr plitaka, hisoblagich (kalkulyator), tuproq namumalari, distillangan suv.
Adabiyotlar – 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari Tuproq qattiq qismi (fazasi) ning zichligi deb, quruq holatdagi qattiq qismi massasining shunga teng xajmdagi suvning massasiga nisbatiga aytiladi. Bu ko‘rsatkich son jihatidan tuproqdagi 1 sm3 qattiq moddalarning gramm massasiga teng. Qattiq qismining zichligi tuproqning mexanik, minerologik tarkibiga, organik moddalar miqdoriga bog‘liq bo‘lib ko‘pgina tuproqlarda 2,4 dan 2,8 g/sm3 gacha o‘zgarib turadi.
Tuproqda chirindi qancha ko‘p bo‘lsa, qattiq qismining zichligi shuncha kam bo‘ladi. Masalan, tarkibida 5-10 % chirindi bo‘lgan qora tuproqlar qattiq qismining zichligi 2,4-2,5 g/sm3 ga teng; yuqori qatlamida 1-2 % chirindi bo‘lgan bo‘z tuproqlar qattiq qismining zichligi esa taxminan 2,7 g/sm3 ni tashkil etadi.
Tuproqning g‘ovakli (kovakli) gini hisoblab aniqlash uchun qattiq qismining zichligini bilish zarur. Bundan tashqari, mazkur ko‘rsatkich tuproqning tarkibiga kiruvchi minerallarning petrografik tarkibi haqida ma’lum tasavvur beradi va tuproqning mineral hamda organik qismlari orasidagi nisbatini ko‘rsatadi. Tuproq qattiq qismining zichligi piknometrik usulda aniqlanadi. Bunda o‘lchash ishlari analitik tarozida olib boriladi.