Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


-rasm. Tuproqlarning mexanik tarkibini dalada ho‘llab loy qilib aniqlash usuli



бет23/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90
Laboratoriya mashg\'

8-rasm. Tuproqlarning mexanik tarkibini dalada ho‘llab loy qilib aniqlash usuli.
Og‘ir qumoq tuproqlarning agregatlari kub yoki prizma shaklida va qattiq bog‘langan bo‘ladi. Ularni barmoqlar bilan maydalash qiyin yoki umuman mumkin emas, nam holatda juda plastik bo‘ladi. Tuproqning loyli namunasini dumaloqlash, ingichka chilvirga aylantirish, chilvirni halqa qilib bukish mumkin. Bunda halqa yorilmaydi. Yon tomondan bosib siqqandagina halqa yoriladi.
Soz tuproq quruq holatda juda birikkan bo‘ladi. Soz tuproqlar agregatlari mexanik ta’sirlarga juda chidamligi bilan ajralib turadi. Shudgordagi soz tuproq palaxsalarini maydalash qiyin. Tuproq chang hosil qilishga moyil, quriganda esa hamma tomoni yorilib ketadi. Pichoq yoki belkurak bilan kesilgan joyi yaltiraydi. Bunday tuproqlarning loyli namunasi juda plastik bo‘lib, uni ingichka chilvirga aylantirish, chilvirni esa halqa va «sakkiz» ga o‘xshash ko‘rinishida bukish mumkin. Bunday halqani hatto yon tomondan qisganda ham u yorilmaydi.
Pipetka usulida aniqlash
Tuproqning mexanik tarkibini laboratoriyada tahlil qilishning keng tarqalgan usuli pipetka usulidir (9-rasm). Mazkur usulning mohiyati zarralarning suyuqlikda tushish tezliklari bilan ular o‘rtasidagi bog‘liqliqga asoslangan, ya’ni zarralarning tushish tezligi ularning diametriga to‘g‘ri mutanosibdir.
Agar silindrga solingan tuproq suspenziyasi (bo‘tanasi) aralashtirilib, so‘ngra tindirilsa suv ustunidagi tuproq zarrachalari o‘lchamlariga muvofiq ravishda taqsimlanadi: maydaroq zarrachalar loyqalangan holatda uzoq vaqt saqlanadi, yiriklari esa idish tubiga cho‘kadi. Har xil o‘lchamli zarralarning tushish tezligi Stoks formulasi yordamida hisoblab topiladi.
Har xil diametrli mexanik elementlarning tushish tezligini hisoblab aniqlangach, ma’lum vaqt oralatib va suv ustunining muayan chuqurligidan sinalg‘ich namunalar olish yo‘li bilan mexanik elementlar miqdorini aniqlash mumkin.

Hisoblashda pipetkaning hajmi va silindrdagi suvning umumiy hajmi e’tiborga olinadi. Mexanik tahlil uchun ishlatiladigan moslama asbob 9-rasmda berilgan. Tuproqni mexanik tarkibini tahlilga tayyorlash


O‘zbekistonning karbonatli tuproqlarini tahlilga tayyorlash uchun tuproqni natriy pirofosfat eritmasi aralashtirilib ezg‘ilash usuli qo‘llaniladi (Dolgov va Lichmanova modifikasiyasi).
Tahlilga tayyorlashning mohiyati o‘zaro yopishgan mexanik elementlardan tuzilgan tuproq agregatlarini parchalab buzishdan iborat. Ko‘pgina tuproqlarda yopishtiruvchi moddalar vazifasini singdirilgan kalsiy o‘tagani sababli tuproq singdiruvchi kompleksidan kalsiyni siqib chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan turli kimiyoviy reaktivlar yordamida tuproqqa ishlov beriladi. Reaktiv sifatida ko‘pincha xlorid kislota ishlatiladi. Ammo karbonatlar miqdori 20-30 % ga yetadigan bo‘z tuproqlardagi karbonatlar parchalanib ketmasligi uchun, tuproqni mexanik tahlilga tayyorlashda dispergator sifatida natriy pirofosfat (Na4P2O7) ning 4 % li eritmasidan foydalaniladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет