Ishni bajarish tartibi. 1. Ko‘zlarining o‘lchamlari 1 mm bo‘lgan elakdan o‘tkazilgan quruq tuproqdan texnik tarozida 20 g tortib olinadi va 10-15 sm diametrli chinni kosachaga solinadi.
2. Stakanchaga natriy pirofosfatning 4 % li eritmasidan 20 ml o‘lchab solinadi.
3. Olingan ma’lum miqdordagi tuproq namunasiga natriy pirofosfatning 4 % li eritmasidan xamirsimon loy hosil qilguncha tomchilab aralashtiriladi va ehtiyotlik bilan kuch ishlatmasdan rezina uchlikli dasta yordamida 10 minut davomida ezg‘ilanadi.
9-rasm. Mexanik tarkibni tahlil qilish asbobi va pipetka bilan
ishlayotganda jo‘mrakchaning vaziyatlari sxemasi.
Tahlil ikki qismdan: 1) tuproqni tahlilga tayyorlash; 2) tuproqni mexanik elementlarga ajratish va har bir fraksiyaning og‘irlik miqdorini aniqlashdan iborat.
4. Tuproqli kosachaga pirofosfat natriy eritmasining qolgan qismi quyiladi, distillangan suv qo‘shiladi va aralashma suspenziya (bo‘tana) ga aylanguncha qorishtiriladi.
5. 1 litr sig‘imli silindrga 10-20 sm diametrli voronka qo‘yilib, voronkaga esa ko‘zlarining o‘lchami 0,25 mm li elak (to‘r) o‘rnatiladi.
6. Tahlil qilish uchun kosachadagi suspenziya ana shu elak orqali silindrga suzib o‘tkaziladi. Elakka solingan tuproqning hammasi silindrga o‘tgunga qadar unga oz-ozdan suv quyib yuvib turiladi. Elak ustidagi > 0,25 mm qum loy zarralaridan yaxshilab yuvib tozalanadi.
7. Stakancha olinib, massasi analitik tarozida aniqlanadi va elakdagi qum yuvg‘ich yordamida dastlab kattaroq hajmdagi chinni kosachaga, so‘ngra esa tortilgan stakanchaga o‘tkaziladi.
8. Ana shu nam qum solingan stakancha quritish shkafida yoki plitada suvi batamom bug‘lanib ketguniga qadar quritiladi, sovitiladi va analitik tarozida tortilib qumning massasi aniqlanadi.
9. Silindrdagi suspenziyaning hajmi 1 litrga qadarli yetkaziladi va u pipetka usulida tahlil qilinadi. Hisoblashda oxirgi fraksiyaning massasi (<0,001 mm) suspenziyadagi peptizator miqdoriga mos keluvchi tuzatma ayirib tashlanadi (pipetkaning hajmi 25 ml bo‘lganda natriy pirofosfatning 4 % li eritmasidan 20 ml qo‘shilganda bu tuzatma 0,02 g ni tashkil etadi).
10. Hajmi 25 ml li pipetkani ketma-ket tegishli chuqurlikka qadarli botirib to‘rtta sinalg‘ich namuna olinadi. 4 - jadvalda har xil o‘lchamli zarralar uchun N.A.Kachinskiy usuli bilan namunalarni olish muddatlari hamda pipetkani suspenziyaga botirish chuqurligi keltirilgan (qattiq qismining zichligi 2,6 g/sm3 bo‘lgan tuproqlar uchun). Suspenziya namunalarni olishdan oldin massasi analitik tarozida aniqlangan va belgilangan 4 ta stakanga hozirlanib stakanchalarning raqami va massasi yozib qoyiladi.
11. Pipetka bilan namunalar olishdan avval silindr tubida yopishgan zarralar qolmagunga qadar suspenziya aralashtirgich yordamida chayqatiladi. Keyin silindr stol ustiga qo‘yiladi va jadvalga muvofiq tinishga ketadigan vaqt sekundomer bo‘yicha qayd qilib qo‘yiladi.
12. Tinish muddati tugashiga 10 sek qolganda pipetka silindrning kerakli chuqurligiga qadar botiriladi va suspenziya so‘rib olinadi. Pipetka tegishli belgiga qadar to‘lgach, so‘rish to‘xtatiladi, pipetkani moslama shtativi bo‘ylab ko‘tariladi va shlanglardagi havo yo‘lini ochib suspenziya belgilab qo‘yilgan tegishli stakanga quyiladi.
4-jadval
Достарыңызбен бөлісу: |