Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Tuproqning mexanik tarkibi



бет22/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Tuproqning mexanik tarkibi deyilganda undagi har xil o‘lchamli zarralarning nisbiy yoki foiz miqdori tushuniladi. Tuproqning mexanik elementlari bilan tuproq urvoqlari yoki struktura agregatlarini bir-biridan farq qila bilish kerak. Struktura agregatlari odatda turli moddalar vositasida o‘zaro yopishgan mexanik elementlardan iborat. Shu sababli tuproqni mexanik tarkibini aniqlashga tayyorlayotgan agregatlarini alohida mexanik elementlarga qadar parchalash uchun unga tegishlicha usulda ishlov beriladi.
3-jadvall
Tuproqlar mexanik elementlarining yirikligiga ko‘ra klassifikasiyasi

Mexanik elementlarning nomi

Mexanik elementlarning o‘lchamlari, mm

Tosh

>3

Shag‘al

3-1

Qum:
Yirik
O‘rtacha
Mayda

1-0,5
0,5-0,25


0,25-0,05

Chang:
Yirik
O‘rtacha
Mayda

0,05-0,01


0,01-0,005
0,005-0,001

Loyqa:
Dag‘al
Mayin

0,001-0,0005


0,0005-0,0001

Kolloidlar

<0,0001

Quruq va loyli xalqacha yasash usulida aniqlash
Tuproqlar mexanik tarkibi quruq va loyli xalqa yasash usulini qarab chiqamiz.
Qum quruq holatda sochiluvchan bo‘ladi, agregatlar hosil qilmaydi. Loy qilingan tuproq namunasini dumaloqlab bo‘lmaydi (8-rasm).
Qumloq tuproq quruq holatda barmoqlar bilan bosilganda osongina parchalanadigan palaxsacha va kesaklar hosil qiladi. Loy qilingan qumloq tuproq namunasini dumaloqlash mumkin, ammo ip qilib yechib bo‘lmaydi.
Yengil qumoq tuproqlar quruq holatida dumaloq shakldagi kesaklar hosil qiladi, barmoq bilan kuchsiz ezganda ham bu kesaklar maydalanib ketadi. Loy namunasini dumaloqash, yo‘g‘onligi taxminan 3 mm li chilvirga aylantirish mumkin. Chilvirni halqa qilib bukmoqchi bo‘lsak, u qismlarga bo‘linib ketadi.
O‘rtacha qumoq tuproqlar quruq holatda burchaklari, qirralari va tomonlari yaqqol ifodalangan agregatlarni hosil qiladi. Agregatlarni barmoqlar bilan katta kuch ishlatib bo‘lish mumkin. Tuproqning loy qilingan namunasini dumaloqlash, ip qilib chilvirga aylantirish, bu chilvirni halqa qilib bukish mumkin. Bunda halqaning tashqi tomoni yoriladi.



Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет