Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги



бет29/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Mashg’lotning maqsadi.Tuproqning sho’rlanishiga sabab bo’luvchi suvda oson eriydigan (NaCl, NaSO4, NaHCO3, Na2CO3, Na2SO4, CaCl2, MgSO4, MgCl2) tuzlarini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: Konussimon kolbachalar 500 ml. 100 ml; 250 ml. li – 10 ta, shisha idish, voronka, kimyoviy stakan (har xil hajmli), chinni piyolacha, qalin va oddiy filtr qog‘oz, probirkalar (10 - ta) pipetka (har xil), termostat, suvli bug‘latkich, eksikator, analitik tarozi, elektr plitka, soat oynasi, probirka, shisha tayoqcha va kulsizlantirilgan filtr, lakmus qog‘oz. 10% li H2SO4, 0,01 normalli H2SO4, 10% li HCl, 10% li BaCl2 (issiq eritma), 10% li NH4OH, 10% li NaOH, 10% li K2CrO4, 5% li (yoki 0,01 normalli AgNO3), Xlorid – ammiak buferi, qora xromagen va mureksid indikatorlari, 0,05 normalli trilon B eritmasi, ammoniy oksalatning to‘yingan eritmasi, sirka kislota, nitrat kislota, spirt, benzidin xlorid eritmasi, fenolftalein, metiloranj, magniy tuzi eritmasi va xlorid kislotaning 1:1 eritmasi.
Adabiyotlar – 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari.
Sho‘rlangan tuproqlarni laboratoriya sharoitida tekshirishning asosiy usullaridan biri suvli so‘rim tahlilidir. Suvli so‘rimga doir ma’lumotlardan odatda turli tuproqlardagi suvda eriydigan moddalar miqdori va tarkibiga qiyosiy ta’rif berish hamda tuproqning sho‘rlanish darajasini aniqlash uchun foydalaniladi.
Suvda eriydigan tuzlardan tuproqlarda eng ko‘p uchraydiganlari kalsiy, magniy, natriy va kaliy sulfatlar, xloridlar va bikarbonatlardir
Suvli so‘rim usuli tuproqni suv bilan aralashtirib qisqa muddatli ishlov berish va so‘ngra bu suyuqlikni filtrlashdan iborat.
Suzib o‘tkazilgan suyuqlik – so‘rim esa navbatdagi tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
Tuproqqa suv bilan ishlov berilganda suvda eriydigan birikmalar so‘rimga o‘tadi. Suvli so‘rim tarkibidan odatda quruq qoldiq, umumiy ishqoriylik, normal karbonatlar va bikarbonatlar ta’siridagi ishqoriylik, Cl', SO''4, Ca'', Mg'', K', Na' suvda eriydigan chirindini miqdorini aniqlash qabul qilingan. Ayrim hollarda nitratlar, nitritlar ba’zi oksidlar va boshqa birikmalar ham aniqlanadi.
Tuproqdagi suvda eriydigan moddalarning miqdori va tarkibini aniqlashda suvli so‘rimning qisqartirilgan yoki to‘liq tahlili qo‘llaniladi.
Odatda o‘quvchi talabalarga ajratilgan vaqt cheklanganligi uchun suvli so‘rimning qisqartirilgan tahlili, ya’ni quruq qoldiqni, umumiy ishqoriylikni, xlor-ionni aniqlash, shuningdek SO4 va Ca ionlarni sifat tomondan aniqlash tavsiya etiladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет