Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги



бет30/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Suvli so‘rim tayyorlash


1. Ko‘zlarining o‘lchami 1mm bo‘lgan elakdan o‘tkazilgan, havoda quritilgan tuproqdan texnik tarozida 50 g (20 g) tortib olinadi. Olingan namuna 500 ml (250 ml) sig‘imli konussimon kolbaga solinadi va uning ustiga tuproqqa nisbatan besh marta ko‘p 250 ml (100 ml) miqdorda distillangan suv quyiladi.
2. Kolbadagi tuproq va suv 5 minut davomida aralashtirilib turiladi, so‘ngra bu aralashma buklangan burma qalin (zich) filtr qog‘ozidan o‘tkazilib, kolbadagi barcha tuproq filtr ustida qoldiriladi. Filtrlash uchun 12-15 sm diametrli voronka ishlatiladi. Filtrlangan suyuqlikning dastlabki loyqa bo‘lib tushgan qismi yana qayta filtrdan o‘tkaziladi. Filtrlash vaqtida so‘rimning filtrlanish tezligi, ranggi va tiniqligi yozib boriladi.
3. Filtrlash tugagach so‘rim bug‘lanmasligi va ifloslanmasligi uchun boshqa bir kolbaga solinadi va tiqin bilan berkitiladi (10-rasm).
Quruq qoldiq so‘rimga o‘tgan, suvda eriydigan barcha moddalarning umumiy miqdoridir. Uni aniqlash uchun elektr plitada yoki suvli hammomda ma’lum hajmdagi so‘rim bug‘latib yuboriladi va qolgan quruq qoldiqga ko‘ra tuproqdagi suvda eriydigan moddalarning foiz miqdori hisoblab topiladi.
Ishni bajarish tartibi.1. Pipetka yordamida so‘rimdan 50 ml o‘lchab olinadi va oldindan tarozida tortib tayyorlab qo‘yilgan chinni kosacha yoki tigelga solinadi.
2. Kosacha ichidagi so‘rim suvli hammom yoki elektr plitada bug‘lantiriladi va termostatda 1050C temperaturada uning massasi o‘zgarmaydigan doimiy bo‘lguncha quritiladi.
3. Quruq qoldiqli kosacha eksikatorda sovitiladi va analitik tarozida tortilib, massasi aniqlanadi.
4. Quruq moddaning foiz miqdori ushbu formula yordamida hisoblab topiladi:
,
bu yerda: a-quruq qoldiqning massasi, g; V–suvli so‘rim tayyorlash uchun olingan so‘rimning umumiy miqdori, ml; 100-foizga hisoblash koeffisiyenti; b-bug‘latib yuborish uchun olingan so‘rimning hajmi, ml; c-so‘rim tayyorlash uchun olingan tuproq massasi, g.



Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет