Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги



бет34/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Sulfat-ionini aniqlash
Sulfat-ioni bariy xlorid eritmasi bilan bariy sulfat (BaSO4) ko‘rinishida cho‘ktiriladi. Bariy sulfatning massasi asosida esa SO4 ning miqdori hisoblab topiladi.
1. Pipetka yordamida 50 ml suvli so‘rim olinib 200 ml sig‘imli stakanga o‘tkaziladi.
2. Keyin bu eritma unga tushirilgan ko‘k lakmus qog‘ozi qizargunga qadar 10 % li xlorid kislota qo‘shilib nordonlashtiriladi. Kislota keragidan ortiq quyilmasligi lozim, chunki bariy sulfatning eruvchanligini oshiradi.
3. 10 ml bariy xlorid olinib 100 ml hajmdagi distillangan suv bilan aralashtiriladi va qaynaguncha qizdiriladi.
4. Ayni paytda tahlilga olingan eritma ham qaynatiladi va shundan so‘ng u bariy xlorid eritmasiga quyiladi.
5. Suyuqlik muntazam ravishda shisha tayoqcha bilan aralashtirgan holda yana 3-5 minut qaynatiladi. Bunda bariy sulfat cho‘kmasi idish tubiga tushadi.
6. Bariy sulfat to‘la-to‘kis cho‘kishi uchun, cho‘kindili stakan 4 soat davomida qorong‘i joyda saqalanadi.
7. Cho‘kindili suyuqlik kulsiz qalin filtr qog‘ozi orqali suzib o‘tkaziladi.
8. Filtrdagi cho‘kmani kislota bilan nordonlashtirilgan suv bilan undagi bariy yo‘qolguncha yuviladi (10 % li sulfat kislota bilan tekshirib boriladi).
9. Yuvib tozalangan cho‘kma filtr qog‘ozi bilan birga oldindan qizdirib va tarozida tortilib qo‘yilgan tigelga solinadi.
10. Tigeldagi filtr quritiladi va mufel pechida yoki gorelkaning kuchsiz alangasida kulga aylanguncha kuydiriladi, keyin cho‘kindi o‘rtasida alangada qizdiriladi.
11. Tigel cho‘kindi bilan birga eksikatorda sovitilgach, analitik tarozida tortiladi.
12. SO4 ning foiz miqdori quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
,
bu yerda: a-BaSO4 cho‘kindisining miqdori, g; 0,4114-BaSO4 ni SO4 ga hisoblash uchun koeffisiyent. Qolgan belgilarning ma’nosi oldingi formulalarda berilgan.
SO4 ning foiz miqdorini mg.ekv ga hisoblash uchun, olingan qiymat 1000 ga ko‘paytiriladi va SO4ning 48,03 ga teng ekv massasiga bo‘linadi yoki
SO''4 mg-ekv=


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет