Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Sulfat ionini hajmiy usulda aniqlash



бет35/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Sulfat ionini hajmiy usulda aniqlash
Tuproq tarkibidagi sulfat kislota asosan magniy sulfat (MgSO4), natriy sulfat (Na2SO4) (glauber tuzi) va kalsiy sulfat (CaSO4) (gips) tuzlari holida bo‘ladi. Magniy sulfat va natriy sulfat suvda oson eriydi; ular o‘simlik uchun zararlidir. Kalsiy sulfat esa suvda sekin eriydi.
Sulfat kislotaning miqdori, hajmiy yoki og‘irlik usuli bilan aniqlanadi. Bulardan hajmiy usul juda oson va qulay. Bu usul so‘rimdagi sulfat kislotani benzidin xlorid eritmasi bilan cho‘ktirishga asoslangan.
Ishni bajarish tartibi. Kimyoviy stakanga (sulfat kislotaning ko‘p–ozligiga ko‘ra) 10-20 ml so‘rim olinib, ustiga 5-10 ml benzidin xlorid eritmasi quyiladi. Hosil bo‘lgan oq cho‘kma stakan tagiga cho‘kkandan keyin bezidin xloriddan yana quyib ko‘riladi. Bu ish to yangidan qo‘shilgan benzidin xlorid ta’sirida cho‘kma hosil bo‘lmaguncha takrorlanadi. 30-40 minut o‘tgandan keyin stakandagi tiniq eritma ustiga yana 1-2 tomchi benzidin xlorid eritmasi tomizib ko‘rish bilan sulfat kislotaning to‘liq cho‘kkanligi aniqlanib, cho‘kma kichik filtr qog‘oz yordamida suzib olinadi.
Voronkadagi filtrda to‘plangan cho‘kma distillangan sovuq suv bilan yuviladi (voronkadan tushayotgan suv tiniq bo‘lishi kerak). Yuvish voronkadan tushayotgan oxirgi tomchi ko‘k lakmus qog‘ozini qizartirmaydigan bo‘lguncha davom ettiriladi. Yuvilgan cho‘kma filtr bilan birga kichik kimyoviy stakanga solinadi. Ustiga 40-50 ml distillangan suv quyiladi; so‘ngra u qizdirib eritiladi.
Stakandagi eritmaga 2-3 tomchi fenolftalein tomizib shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi (chayqatiladi) va eritma och pushti rangga kirguncha o‘yuvchi natriy (NaOH) ning 1/20 n eritmasi bilan titrlanadi. So‘ngra hosil bo‘lgan eritma qaynatiladi, bunda rangi o‘chsa, titrlash o‘zgarmas och pushti rang paydo bo‘lguncha davom ettiriladi.
Tahlil natijasi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
,
bunda, X-sulfat kislotaning foiz miqdori, %; a-titrlashga ketgan 1/20 n o‘yuvchi natriy ml; N-1 ml o‘yuvchi natriyning 1/20 n eritmasi cho‘ktirgan sulfat kislota miqdori, g; (0,0024); E-so‘rimning umumiy hajmi, ml; K-gigroskopiklik koeffisient; M-tahlil uchun olingan so‘rim hajmi, ml; H-tuproq massasi, g.
Masalan: a-10 ml, N-0,0024 g, E-250 ml, K-1,02, M-20 ml,H-50 g, bo‘lsa, tuproq tarkibida 0,612 % sulfat kislota bo‘ladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет