22-rasm. Tarozi turlari
23-rasm. Eksikator.
O’simlik tarkibida «xom kul» miqdorini aniqlash.
O’simlik tarkibidagi quruq modda organik va mineral birikmalardan iborat bo’ladi.
Mineral birikmalar o’simlik organik qismi yondirilganda kul holdagi qoldiq sifatida qoladi.
Kul aniqlanayotganda undan tashqari kum, yaxshi tozalanmagan tuproq, ko’mir qoldiqlari bo’lishi sababli bunday kul «xom kul» deyiladi.
Xom kul miqdori o’simlik quruq moddasiga nisbatan o’rtacha 5-15 % ni tashkil qiladi.
7-jadval
O’simlik organlarida kulning miqdori,
(quruq moddaga nisbatan % hisobida.)
Poyasida | Urug’ida |
o’simlik turi
|
xom kul, %
|
o’simlik turi
|
xom kul, %
|
Yo’ng’ichka
|
5,38
|
Kungaboqar
|
1,83-4,93
|
Timofeyevka
|
6,07
|
Paxta
|
3,28-4,53
|
Javdar
|
4,0-6,1
|
Xantal
|
3,62
|
So’li
|
5,8
|
Kanop
|
2,5-6,81
|
No’xat
|
2,63
|
Yo’ng’ichqa
|
3,81
|
Soya
|
2,84-5,5
|
Ot loviyasi
|
3,80
|
Zig’ir
|
3,92-8,69
|
Arpa
|
2,55
|
Kul miqdori o’simlikda kam miqdorda bo’lsada unga muhim oziq elementlari, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir, oltingugurt kabi qator elementlar kiradi.
Kul tarkibi va miqdori o’simlik turi, uning organi, rivojlanish fazasi, tuproq-iqlim sharoitiga hamda mineral oziqlanish, agrotexnik jarayonlarga bog’liq. Shu tufayli uning tarkibidagi elementlar miqdorini hamda sifatini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
O’simlikda kulning elementlar miqdorini aniqlash uchun ho’l usulda kul hosil qilinadi. Agar uning % miqdori aniqlanishi lozim bo’lsa quruq usulda kul hosil qilish bilan cheklaniladi.
Quruq usulda kul hosil qilish mufel pechida yuqori haroratda kul hosil qilib uning massasini o’lchashga asoslangan. Bu usul oddiy, qo’llanishga oson bo’lganligi sababli barcha agrokimyoviy laboratoriyalarga tavsiya etiladi.
Достарыңызбен бөлісу: |