Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Suvda eriydigan o’g’itlarni aniqlash



бет81/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90
Laboratoriya mashg\'

    Бұл бет үшін навигация:
  • (NaNO
Suvda eriydigan o’g’itlarni aniqlash.
Tekshirilayotgan o’g’it namunasidan uchta probirkaga olib, ularni har qaysisiga alohida-alohida BaCl2, AgNO3 va NaON ta’sir ettirilganda hyech qanday o’zgarish bo’lmasdan, faqat ishqor ta’sir ettirilganda probirkada ammiak hidini bersa, bu o’g’it ammiakli selitra (NH4NO3) bo’ladi.
Bu o’g’it namunasi uchta reaktivda o’zgarish bermasa kaliy yoki natriyli selitra (KNO3) bo’ladi. Agar ko’mir cho’g’ida binafsha rang bo’lsa, kaliyli selitra (KNO3) bo’ladi. Agar ko’mir cho’g’ida sariq alanga bersa natriyli selitra (NaNO3) bo’ladi.
Ko’mir cho’g’ida o’g’it donalari bo’linib, sachramasdan ammiak hidini berishi mumkin yoki probirkadagi eritmaga ishqor (NaOH) ta’sir ettirilganda ammiak hidi hosil bo’lsa, ammiakli o’g’it bo’ladi.
AgNO3 qo’shilgan probirkada oq cho’kma, BaCl2 qo’shilgan probirkada esa loyqa hosil bo’lsa, bu o’g’it ammoniy xlorid bo’ladi.
AgNO3 qo’shilgan probirkada loyqa hosil bo’lib, BaCl2 qo’shilgan probirkada sutsimon oq cho’kma hosil bo’lsa, ammoniy sulfat o’g’it bo’ladi.
AgNO3 qo’shilgan probirkada sariq cho’kma hamda BaCl2 qo’shilgan probirkada oq cho’kma hosil bo’lsa ammofos (NH4H2PO4) va diammofos (NH4)2HPO4 o’g’itlari bo’ladi. Bu o’g’it suvda sekin eriydigan bo’lgani uchun uni suvda tekshirilayotganda ko’proq chayqatish kerak bo’ladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет