Ma’lum hajm tuproq oralig‘idagi bo‘shliqlarning umumiy hajmiga kovaklik deb ataladi. Kovaklik tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi va tuzilishiga bog‘liq. Tabiiy sharoitda tuproq kovakliklari turli nisbatlarda suv va havo bilan to‘lgan bo‘ladi.
Tuproqning kovakligi: umumiy, kapillyar va nokapillyar turlarga ajratiladi. Umumiy kovaklik tuproqdagi jami g‘ovak bo‘shliqlarning umumiy hajmidan iborat. Kapillyar kovaklik odatda tuproqning gilli zarralari tufayli hosil bo‘ladigan juda ingichka (kapillyar) bo‘shliqlar yigindisidan iborat. Nokapillyar kovaklik deganda struktura agregatlari yoki yirik qumli zarralar oraligidagi bo‘shliqlar yig‘indisi tushuniladi. Me’yorida namlangan tuproqlarda kapillyar kovaklar odatda suv bilan, nokapillyar kovaklar esa havo bilan to‘lgan bo‘ladi.
Kapillyar kovaklik bilan nokapillyar kovaklik orasidagi eng maqbul nisbat taxminan 1:1 deb hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi sharoitida eng maqbul kovaklikka odatda tuproqqa yaxshi ishlov berish (haydash, kultivasiyalash, boronalash singari) yo‘li bilan erishiladi.
Umumiy kovaklik quydagi formula bilan hisoblanadi.
,
bu yerda: -umumiy kovaklik, %; d-tuproq zichligi (hajmiy massa), g/sm3; D-qattiq qismining zichligi, g/sm3; 100–foizda hisoblash uchun.
Tuproqning kovakligi yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda kapillyar kovakligi ham kattaroq bo‘lishi va shuningdek aerasiya nokapillyar kovakligi esa barcha hajmning kamida 15-20 % ni tashkil etishi agronomiya nuqtai nazaridan muhimdir. Agar tuproqning namligi eng kam nam sig‘imiga mos bo‘lgan sharoitda aerasiya kovakligining hajmi barcha hajmning 15-20 % idan kam bo‘lsa, u holda aerasiyasini yaxshilash uchun agronomik yoki meliorativ chora-tadbirlar ko‘rilishi zarur. Qumoq va soz tuproqlar haydalma qatlamining umumiy kovakligini baholash uchun quyidagi shkala ishlab chiqarilgan (1-jadval).
1-jadval
Tuproq umumiy kovakligini baholash (N.A.Kachinskiy bo‘yicha)
Umumiy kovaklik, %
|
Tuproq kovakligining sifat bahosi
|
> 70
55-65
50-55
<50
40-25
|
Haddan tashqari kovakli
A’lo
Qoniqarli
Qoniqarsiz
Juda past
|
50>
Достарыңызбен бөлісу: |